Gazlama qoidalari bilan ishlash,,bezak’’namunasi tayyorlash Reja


Qiz bolalar sochiga mato qoldiqlaridan gul tayyorlash



Yüklə 28,04 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü28,04 Kb.
#140220
1   2   3   4
Gazlama qoidalari bilan ishlash ,,bezak’’namunasi tayyorlash

2.Qiz bolalar sochiga mato qoldiqlaridan gul tayyorlash.
Qizlarning qo`li shunchalik gulki ular yo`qdan bor yaratishga ham ustadirlar. Sunday ekan keraksiz bo`lib qolgan futbolka yoki koftalardan qizlar o`zlari uchun kerakli buyum tayyorlashlari mumkin. Hozir sizlar bilan birgalikda keraksiz buyumlardan biz uchun kerakli bo`lgan qiz bolalar sochini yig`ib turuvchi gulli lenta tayyorlash jarayoni bilan tanishib chiqamiz.
Kerakli mahsulotlar.
Mato bo`laklari,ip, igna, qaychi, tikuv mashinasi,rezinka.
Mato 2,5 – 3 sm kenglikda kesib olinadi.
Qotirma aylana shaklida kesib olinadi.
Kesib olingan mato bo`laklarini tikuv mashinasi yordamida to`g`ri tikib chiqiladi va pirpirak shakliga keltirib olinadi.
Tayyorlab olingan aylana shakliga pirpirak lentasimon bo`lakchalarni to`g`nog`ich yordamida biriktirib olinadi.
Tikuv mashinasi yordamida ularni bir biriga biriktirib tikiladi
So`ng ustidan ikkinchi pirpirakni qo`yib tikamiz
Bu jarayon bir necha bor takrorlanadi.
Ketma- ketlik jarayoni rasmda ko`rsatilgan. So`ng o`rta qismiga tugun holida bog`langan aylana shaklidagi matoni qo`yib tikib chiqiladi.
Tayyor bo`lgan gulga rezinkani biriktirib tikamiz. Qiz bolalar uchun mo`ljallangan gul ham tayyor.
4.Quroqchilikda ham gazlama qoldiqlaridan maqsadli foydalansa bòladi.
Inson hayotini quroqdan qilingan to’shamaga o’xshatsak mubolag’a
bo’lmaydi, chunki baxtli, yorug’ kunlar, payti kelsa, yomon, qora kunlar bilan
ixtiyorsiz almashadi. Shuning uchun, quroq namunalarida iloji boricha qora rangli gazlamalar kamroq tanlanadi.
Bugungi kungacha chevarlarimiz tomonidan quroqning juda ko’p turlari
yaratilgan. O’zbekistonda har bir viloyatning o`ziga xos quroq tikish usullari
mavjud. Jumladan, “Qatlama quroq”, “Ko`z”, “Oq kush”, “Turna”, “Tegirmon”,
“Tirnoq”, “Quduq” kabi tikish usullaridan foydalaniladilar va ular o`ziga xos
ramziylilikka ega.
Hozir ham yurtimizning deyarli har bir xonadonida quroq san’ati
yordamida tayyorlangan buyumlar mavjuddir. Ayniqsa, kelinlarning kelinlik
seplarida albatta bunday buyumlar bo’lishi urf hisoblanadi. Bu ramziy ma’noda
yosh kelin-kuyovlar turmushi to’kin - sochin bo’lib, farzandlari-yu avlodlari ko’p bo’lsin degan ma’noni anglatadi.
Quroqlarning barchasi shakli, bezaklariga ko’ra o’ziga hos bo’lgan ma’no,
mazmunga ega bo’lsada, aslida ular barchasining tub negizida xalqimizga xos bo’lgan yagona ezgu- maqsad yotadi, u ham bo’lsa momolarimiz ta’biri bilan aytganda, “yurtimiz insonlari ulashib, qurashib, farzandlari esa bir- birini quvlashib yursin”. Demak, quroq yordamida yaratilgan amaliy san’at namunalari shunchaki buyum emas, balki xalqimiz ezgu maqsad va tilaklarining ramziy belgisi ham bo’lib xizmat qiladi..
Hozirda quroq tikish san`atini umumbashariy desak, mubolag’a bo`lmaydi.
Chunki, ushbu san’at turi yordamida yaratilgan buyumlar ko’plab millatlar maishiy hayotining ajralmas qismi hisoblanadi va bu san`at turi quroq ijodkorining iqtidorini namoyon etadi. Bu san`at turi orqali barcha xalqlar madaniyatida umumiy jihat mavjud ekanligini ko`rish va tahlil qilish mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari bilan bir qatorda Yevropa mamlakatlari hamda Rossiya federatsiyasi aholisi bu borada yetakchilik qiladi.
Shuningdek, quroq tikish san`atini o`rganish o`zbek xalq hunarmandchiligi maktablarining o`ziga xosligi, hududlar an`analari va kasanachi ustalar didini yaxshi bilishga, uni alohida badiiy jarayon sifatida zamonaviy xalq amaliy san`ati taraqqiyotida tutgan o`rni va rivojlanishiga qo`shgan hissasini aniqlashga xizmat qiladi.
O’zbek xalq amaliy san’at tarixidan quroq tikish san’ati xalqimizning
nafaqat estetik did sohibi, balki isrofgarchilikka yo’l qo’ymaydigan, tejamkor va san’atga oshno qalb egasi ekanligidan ham dalolat beradi. Shuni a’lohida ta’kidlab o’tish joizki, xalqimiz yaratgan har bir quroq san’ati asari namunalaridagi belgilar,bezaklar va ramzlar so’zlaydi. Chunki, san’at namunalarining hech bir qismi shunchaki emas, ulardagi har bir detal va ko’rinish xalq turmush tarzi, orzu umidlari va an’analarini o’zida aks ettiradi.

Quroq tikish san’ati orqali buyumlar tayyorlash quyidagi ijobiy


hususiyatlarni o’zida mujassam etadi:
- gazlama tejalishiga olib keladi.
- ko’p miqdorda chiqindi chiqishining oldini oladi.
- xom ashyo masalasi juda arzon.
- yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi.
- bu san’at turi inson psixologiyasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
- milliy an’analarimiz davomiyligi ta’minlanadi.
Gazlama bilan ishlaydigan har qanday ustada qolgan qoldiqlarni
tashlamasdan, kerakli narsa uchun foydalanish ishtiyoqi tug’ilishi tabiiy.
Bu bir tomondan, ayollarga xos tejamkorlik, sarishtalilikdan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, ayollarning yaratuvchanlik qobiliyatini namoyon etadi.
Quroqlarning chiroyli chiqishi unda tanlangan gazlama qiyqimlarining
tolaviy tarkibi, qiyqimlarning, ranglar uyg’unligi, mutanosibligi, iplarni to’g’ri
tanlanishi, ishlov berish sifati hamda chevarning ijodkorlik qobiliyatiga bog’liq.
Xozirgi vaktda badiiy loyixalash soxasida ishlayetgan olim, rassom, muxandis, texnolog va boshka mutaxassislar orasida bu atamalar va ularning moxiyatini aniklashda karama-karshi fikrlar mavjud.
Dizayner faoliyatida turli xil yunalishlar mavjud bulib, ulardan kuprok kuyidagilari keng tarkalgan: asbobsozlik, mashinasozlik, transport vositalari, yengil sanoat maxsuloti, asboblar sanoati, chiziklar bilan rasm solish va xokazo.
Sanoat ishlab chikarish maxsuloti va texnik tizimlarni badiiy loyixalash jarayeni yuksak darajada murakkabdir.
Uslubiy jixatdan bu jarayen kupincha me’moriy loyixalashtirishga teng keladi, ba’zan esa undan xam murakkabrokdir.
Sanoat san’ati atamasi bilan bir katorda ingliz atamasi dizayn (inglizcha desing niyat, muljal, loyixa) keng tarkalgan, u rassom loyixalovchining dizaynning ijodiyetini, mexnatning usullari va natijalarini ishlab chikarishga tatbik kilish shart-sharoitlarini uz ichiga oladi.
Dizaynning maksadi-jamoat manfaatlari, ishlatish kulayligi, guzallik talablariga javob beradigan maxsulotning yangi turlari va xillarini yaratishdir.
Yukoridagilardan shu narsa ma’lum buldiki,sanoat san’ati va dizayn atamalari ma’lum darajada xar xil ma’noga ega bulib, ularning ikkalasi xam tula xukuklidir.
Texnikaviy estetika uzining uslubiy asosiga ega,yangi jamiyat estetikasining umumiy tamoyillariga tayanadi, shuningdek, texnika, ruxshunoslik, fizikaviy, tozalik va boshka fanlarning yutuklaridan xam foydalanadi.
Badiiy loyixalash atamasi muakmmal emasligiga karamasdan, kabul kilindi va xamma unga kunikib ketdi. Ammo tabiat konuniyatlaridan kelib chikadigan tamoyillar va mavjudot konuniyatlar borki,ular texnik va badiiy ijodning eng xilma-xil soxalari uchun,shu jumladan dizayn uchun xam ma’lum darajada bir xildir.
Endi badiiy loyixalashda shu tamoyillarni kurib chikamiz. Moskva Oliy Badiiy Ukuv yurti olimlari sanoat ishlab chikarishi buyumlarini loyixalashning uch asosiy tamoyilini ishlab chikganlar.
1.Manfaatdorlik ishga oidlik loyixalashtirish-texnolog, iktisodiy masalalar majmui, bir vaktda xal etish.
2.Atrof-muxit va anik shart-sharoitlarni xisobga olish.
3.Shakl va mazmun birligi (jonlilik).
Birinchi tamoyilga tegishli boshka masalalarni uziga tobe kilib olgan xal kiluvchi masala manfaat va ishga oidlik masalasi bulib xisoblanadi. Xakikatan xam turmush ashelari, asboblar, ishlab chikarish uskunalirining ishga yarokliligi axamiyati isbotni talab kilmaydi.
Me’morchilik,amaliy san’at va dizayn sang’atning boshka turlariga karaganda moddiy ishlab chikarishga yakinrok turadi. Ular insonga va uning kundalik turmushiga zarur bulgan kupgina buyumlarni nafakat foydali sifatlarga ega bulgan, balki badiiy kiymatga ega bulgan inson xis-tuygulariga ta’sir etadigan maxsulotlarga aylantiradi.
Shakl va mazmun birligi (obrazlilik).
Badiiy loyixalashda tamoyil badiiy-estetik, goya nuktai nazaridan eng murakkab va mas’uliyatli bulib xisoblanadi. Ma’lumki, asrlar davomida turli bino va inshootlarning shakli ularning mazmuniga mos ravishda uz ifodasini topgan. Tarixiy jarayenda me’morchilik turlari ilm, texnika, san’at,kishilar turmushi ijtimoiy sharoitlarining ilgor tarakkiyeti bilan birga uzgarib kelgan.Manfaatdorlik san’atda bu shakl va kurinishlar, ayniksa, yangi buyumlar va loyixalar, jamiyat ishlab chikarish kuchlari rivojlanishida yangi iktisodiy, maishiy shart-sharoitlar paydo bulgan vaktda yuzaga keladi.
Dizaynda turli xil bino va buyumlar kurinishi asosiy tamoyillar, shu jumldan, shakl va mazmun birligi tamoyilini xisobga olingan xolda ijodiy jarayenda shakllanadi.
Texnik loyixalar yasash soxasidagi yangi estetik yulning burilishi va yunalishilarini fakat dizayner seza oladi. Muljallanayetgan tanlash, yangi buyumning ma’kul deb topilishi, xaridorning afzal topishi deb xisoblanadi. Uni oldindan paykash uchun aloxida maxorat talab kilinadi.
Buyumning shakli, rangi, fazoviy tuzilishi buladi va biz yukorida aytib utganimizdek, u tasviriy san’atning rang-tasvir, xaykaltaroshlik, me’morchilikning ba’zi bir shakliy sifatlariga ega buladi. Bu buyum estetik kiymatning yaratuvchisidir.
Ishlarning tayyergarlik boskichini ikki tarkibiy kismga bulib chiksa buladi: loyixalashtirishga oid dastlabki topshirikni urganib chikish va loyixa mavzusi bilan batafsi tanishib chikish. Bu urganish kuyidagilarni kuzda tutadi: belgilangan shartlar asosida maksad va vazifalarni aniklash: bulajak maxsulot (yeki muxit) ulchamlarini, ularning asosiy tavsilotlarini uzlashtirish, muxim xizmatga oidlik alokalarini ochib tashlash, maxsus adabiyetlarni kurib chikish, urganish, loyixa tarkibi bilan tanishish,nazorat ishining muddatlari,loyixani topshirishning eng oxirgi vaktini aniklash. Ish, xarakat (ishlab turish) taxlili birinchi darajali axamiyatga ega, buyum kanday xarakat kilayapti yeki xarakat kilishi kerakligini uning xususiyatlarini, ulardan foydalanish tajribasini va kaysi amaliy vazifalarni xal kilish kerakligini kursatish kerak.
Analog (uxshash, uxshashlik) yeki prototipni (timsol) badiiy-loyixalovchi nuktai nzaridan taxlil etish aloxida axamiyatga ega: agar shu taxlil amalga oshirilsa, loyixalashtirish xam timsol asosida olib briladi. Bu yerda xunarmandchilik ishlab chikarilishi davridagidek, buyumning uzi axborotning asosiy manbaidir.
Bu shaklning kuz bilan kilingan taxlili, loyixaning ishga oidlik taxlili, foydalanilayetgan matolarning kabul kilingan ishlov berish usullari, iktisodiy kursatkichlari taxlili, shuningdek undan foydalanish masalalarining xam taxlilidir.
Ishga oidlik taxlili bir tomonlama, allakachon mavjud bulgan tajribaga, maxsulotning iste’molchilar tomonidan baxolanishiga tayanadi, ammo bu taxlilda asosiy narsa loyixalashtiruvchi zarur paytda mutaxassislarni uzi topib maxsulotni chukur tekshirishi bulib xisoblanadi.
Ishga oidlik taxlili odatda bitta emas, balki buyumdagi bir necha anik xizmatlarni uz ichiga oladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali, kupincha, bir-biriga karama-karshi va loyixalashtiruvchini murosa yulini topishga majbur etuvchi bulishi mumkin. Bunday karama-karshilik oshxonaga oid idish-tovoklarni loyixalashtirganda uchrab turadi.

Yüklə 28,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin