Gazli himoya. Moyli tarnsformatorlar uchun maxsus himoya – gazli himoya qo‘llaniladi.
Magnit o‘tkazgichning qizishi, cho‘lg‘amlararo qisqa tutshuvlar natijasida elektr yoy hosil bo‘ladi, yoyning ta’sirida moy va izolyasiya materiallari parchalanib, gaz hosil bo‘ladi. Shu gazlarga ta’siran javob beradigan himoya gazli himoya deyiladi.Gaz engil bo‘lgani uchun transformatorning yuqori tomoniga harakat qiladi.Shikastlanishga bog‘liq holda gazlar ko‘payib katta bosim hosil qiladi.Bosim ostida gaz bilan birga yog‘ harakatga kelib transformatorning tashqarisidagi kengaytirgich tomonga siljiydi.Maxsus gazli relelar transformatorning qoplamasi bilan kengaytirgich orasidagi trubaga o‘rnatiladi. Reledan o‘tgan gaz va yog‘ning miqdoriga qarab rele signal beradi yoki transformatorni o‘chirishga komanda beradi.Elektr yoyi fazalararo q.t. larda paydo bo‘lishini e’tiborga olganda, gazli himoyani universal himoya desa bo‘ladi.
Nonormal holatlar qo‘yidagilar iborat:
1) Transformatordan tashqarida bo‘ladigan qisqa tutshuv. Bu toklar Chulg‘amlarning izolyasiyasiga ta’sir qiladi, ulardan himoya qilish uchun MTH qo‘llaniladi.
2) O‘ta yuklanish, himoya signal berish uchun xizmat qiladi.
O‘ta yuklanish toklarning ruxsat etilgan qiymatlari jadvalda keltirilgan:
1. – jadval
Iyuk/Inom
1.3
1.75
2
trux(min)
120
20
10
Xizmat ko‘rsatuvchi personali yo‘q podstansiyalarda himoya tarnsformatorni o‘chirishi kerak yoki yuklamani kamaytirishga ishlashi kerak.