Gemodinamika, ya`ni tomirlar sistemasida Qon xarakati haqidagi ta`limotning muxim Qonunlari gidrodinamika, ya`ni suyukliklar xarakati haqidagi ta`limot Qonunlari bilan bir xil.Gidrodinamika Qonunlariga kura, naylarda suyuklikning okishi ikki kuchga: suyuklikning xarakatini yuzaga keltiruvchi bosim, ya`ni nayning boshi va oxiridagi bosimlar farki va okayotgan suyuklikning yopishkokligi, nay devorlariga ishkalanishi xamda uyurma xarakatlari tufayli xosil bulgan qarshilikka bog’liq. Bu kuchlarning birinchisi – bosimlar farki – suyuklikning xarakatiga yordam beradi, ikkinchisi – gidravlik qarshilik – suyuklik xarakatiga tuskinlik qiladi. Bosimlar farkining qarshilikka nisbati vaqt birligida naylardan okayotgan suyuklik xajmini, ya`ni suyuklik okimining xajm tezligini belgilab beradi. Bu bog’liqlik kuyidagi oddiy tenglama bilan ifodalanadi:
Q = P1 – P2 / R bu erda Q – suyuklik xajmi; R1-R2 – suyuklik okayotgan nayning boshi va oxiridagi bosimlar farki; R- okimga qarshilik.
Keltirilgan tenglama gemodinamikani tushunish uchun bir kancha muxim xisoblar qilishga imqon beradi. Masalan, Qon aylanishining katta yoki kichik doirasidagi tomirlarda Qon okishiga umumiy periferik qarshilikni xisoblab chikarish mumkin R = P1 – P2 / Q tenglamasiga asoslanib, periferik qarshilikni xisoblab chikarish uchun Qon aylanish doiralaridan xar birining boshi va oxiridagi bosim miqdorini va yurak qorinchalaridan tomirlar sistemasiga chikib, bo’lmalarga kaytib kelgan Qon xajmini bilish lozim. Qonning bu miqdori minutlik xajmiga teng, chunki normal fiziologik sharoitda yurakka kancha Qon kelsa, undan ushancha Qon otilib chiqadi. Aorta bilan kavak venadagi yoki o’pka arteriyasi bilan o’pka venasidagi bosimlar miqdorini bevosita simob ustunining millimetrlari bilan ulchash mumkin. Yurak arterial sistemaga Qonni uzluksiz ravishda emas, balki ritmik ravishda chikarishini va arteriyalardagi bosim miqdori sistola chukkisida va diastola oxirida turlicha bo’lishini bu xisoblarda e`tiborga olish lozim. SHuning uchun xisoblashda o’rtacha bosim miqdorlaridan foydalaniladi. Qon yurakdan uzluksiz okib chikkan takdirda Qonning xarakat energiyasini shu bosim ifodalaydi. Xisoblarda periferik qarshilik absolyut fizik miqdor – dina.sek/sm5 bilan ifodalanadi. Simob ustunining millimetrlari bilan ulchangan bosim miqdorini dinalarga aylantirish uchun bosim kursatkichi simobning solishtirma ogirligi – 13,6 ga va ogirlik kuchining tezlanishi – 980 ga kupaytiriladi. Tomirlardan okib utayotgan Qon xajmi ml/sek bilan ifodalanadi.
N.N.Savitskiy ma`lumotlariga kura, normal odamda Qon aylanish katta doirasidagi tomirlarning umumiy periferik karshiligi 2500-1400 dina sek/sm5 ni tashqil qiladi. Qon aylanish kichik doirasidagi tomirlarning periferik karshiligi taxminan 10 baravar kam. Suvning yopishkokligi 1 deb kabul kilingan, Qonning yopishkokligi suvnikiga karaganda 5 baravar ortik. Suyuklik yopishkokligi kancha ortik, shu suyuklik okayotgan nay kancha uzun va radiusi kancha kichik bo’lsa, u suyuklikning okishiga ushancha kup qarshilik ko’rsatadi. Bu miqdorlar orasidagi boglanish Puazeyl’ tenglamasi bilan ifodalanadi: