Gemodinamikaning yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə7/13
tarix18.06.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#117043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
GEMODINAMIKANING YOSHGA

Birinchi tartibdagi tulkinlar eng kup bo’iib, yurak qisqarishlariga bog’liq. Xar bir sistola vaqtida bir kadar Qon arteriyalarga chikib, ularning elastik chuzilishini oshiradi. Qorinchalar sistolasi vaqtida aorta va o’pka arteriyasiga keladigan Qon miqdori ketadigan miqdoridan ortik bo’ladi, shuning uchun ulardagi bosim ko’tariladi. Diastola vaqtida qorinchalardan arterial sistemaga Qon chiqishi tuxtaydi va fakat yirik arteriyalardan Qon okib ketaboshlaydi; devorlarining chuzilishi kamayadi va Qon bosimi pasayadi. Bosim uzgarishlari aorta va o’pka arteriyasidan ularning barcha tarmoklariga tarkalib, asta-sekin sunadi. Sistola natijasida arteriyalardagi bosimning kutarilishi maksimal, yoki sistolik bosimni xarakterlaydi. Diastola vaqtida bosimning pasayishi esa minimal, yoki diastolik bosimni xarakterlaydi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim orasidagi fark, ya`ni bosimning uzgarishlar amplitudasi pul’s bosimi yoki pul’s ayirmasi deb ataladi. Bir xil sharoitda pul’s bosimi xar bir sistolada yurakdan otilib chiqadigan Qon miqdoriga proportsional bo’iib, sistolik xajm miqdorini bir kadar ta`riflab beradi.
Pul’s bosimi yurakka yakin arteriyalarda eng yukori. Yurakdan uzoklashgan sayin pul’s bosimi pasayib boradi, ya`ni sistolik va diastolik bosimlar orasidagi fark sekin-asta kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda Qon bosimining pul’s tulkinlari yuk: ularda bosim doimiy bo’iib, sistola va diastola vaqtida uzgarmaydi.Maksimal (sistolik), minimal (diastolik) bosim va pul’s bosimidan tashkari, o’rtacha bosim deb ataluvchi bosimni xam aniklashadi. O’rtacha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim orasidagi miqdor bo’iib, Qon bosimining pul’s tulkinlari bo’lmaganda tabiiy sharoitda uzgaruvchi Qon bosimi beradigan gemodinamik effektni bera oladi. Buning ma`nosi shuki, o’rtacha bosim Qonning uzluksiz xarakat energiyasini ifodalaydi.
O’rtacha bosimni kuyidagi formula orqali ulchash mumkin.
Purt = Pd + (Purt – Rd)/2 – markaziy arteriyalar uchun.
Purt = Pd + (Purt – Rd)/3 – periferik tomirlar uchun.
Bosimning diastolada pasayish vaqti sistolada kutarilish vaqtiga karaganda ortikrok bulgani uchun o’rtacha bosim miqdori maksimal (sistolik) bosimga karaganda minimal (diastolik) bosimga yakinrok.Bir arteriyada o’rtacha bosim xamma vaqt uzgarib turadigan sistolik va diastolik bosimdan kura doimiy miqdordir.
Qon bosimining egri chizigida pul’s tulkinlaridan tashkari nafas xarakatlariga mos keluvchi ikkinchi tartibdagi tulkinlar xam kuzatiladi; shuning uchun ularni nafas tulkinlari deyishadi: nafas olinganda Qon bosimi pasayadi, nafas chikarilganda esa Qon bosimi ko’tariladi.Qon bosimining egri chizigida ba`zan uchinchi tartibdagi tulkinlar kuzatiladi. Ular Qon bosimining yanada sekin kutarilishi va pasayishidan iborat bo’iib, xar biri bir nechta nafas tulkinini uz ichiga oladi. Uchinchi tartibdagi tulkinlar tomirlarni xarakatga keltiruvchi markaz tonusining vaqti-vaqti bilan ortishi va kamayishidan kelib chiqadi. Miya kislorod bilan etarli ta`minlanmaganda, masalan, atmosfera bosimi pasayganda, Qon yukotilganda va ba`zi zaxarlardan zaxarlanishda uchinchi tartibdagi tulkinlar ko’proq kuzatiladi.O`rta yoshli kishida maksimal (sistolik) bosim bevosita ulchanganda: aortada 110-125 mm sim.ust., oyok-kulning yirik arteriyalarida 105-120 mm. Yirik arteriyalarda Qon bosimi aytarlik pasaymasligi yukoridagi rakamlardan kurinib turipti. Mayda arteriyalarda, ayniksa arteriolalarda Qon bosimi ayniksa keskin darajada pasayadi. Ulardagi bosim juda pasayib, arteriolalarning kapillyarlarga utadigan joyida 25-30 mm ga teng keladi.
Klinik praktikada Qonning arterial bosimi odatda elka arteriyasida ulchanadi. 15 yoshgacha kishilarning maksimal Qon bosimi elka arteriyasida Korotkov usuli bilan ulchanganda 105-120 mm ni tashqil etadi. 50 yoshdan keyin aksari ko’tariladi. 60 yoshda maksimal bosim o’rta xisob bilan 135-140 mm ni tashqil etadi. YAngi tugilgan bolalarda maksimal Qon bosimi 40 mm, lekin bir necha kundan sung u 70 mm ga, bir oylik bulganda 80 mm ga etadi.Qonning minimal bosimi o’rta yoshdagi soglom odamning elka arteriyasida o’rta xisob bilan 60-80 mm. Pul’s bosimi yoki pul’s farki 35-50 mm ni tashqil etadi.Qon bosimi miqdoriga bir kancha faktorlar ta`sir etadi. Masalan, emotsional ko`zg’alish, gazablanish, kurkish Qon bosimini (ayniksa sistolik bosimni) ancha oshirib yuboradi. Yurakning zur berib ishlashi, shuningdek tomirlarning torayishi Qon bosimining kutarilishiga sabab bo’ladi. Bu uzgarishlar refleks yuli bilan va qisman Qonga utayotgan adrenalin ta`sirida ruy beradi.
Jismoniy ish vaqtida asosan yurak faoliyatining kuchayishi xisobiga Qon bosimi keskin darajada ko’tariladi. Sistolik bosim 180-200 mm ga etishi mumkin. Bunda ko’pincha diastolik bosim xam ko’tariladi (100-110 mm gacha); pul’s bosimi ortadi, bu esa sistola xajmining ko’payganligini ko’rsatadi.Odamning yurak-tomir sistemasida funktsional kamchilik bo’lsa, jadal jismoniy ish vaqtida sistolik bosim ozgina ko’tariladi, diastolik bosim esa ko’proq ko’tariladi; bunda pul’s bosimi kamayadi. Arterial bosimga ta`sir qiladigan omillar odamning jinsi, yoshi, Qon tomir uzunligi, tsirkulyatsiyalanadigan Qon miqdori, yurakning qisqarish kuchi, Qon tomirlardagi qarshilik, qon tomirlar tonusi, elastikligi, Qonning yopishkokligi, emotsional va jismoniy xolat, muxit xarorati, iklimga, meteofaktorlarga, undan tashkari mavsumiy va sutkalik uzgarishlari mumkin.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin