Qon tomirlarida sirkulyatsiya qiluvchi to`qima bo`lib, u plazma (55-60%) va shaklli elementlardan (40-45) tashkil topgan. Qon tarkibini suv 90-93%, oqsillar6.6-6.5 %, 1.5-3.5 % boshqa organik moddalar va tuzlar tashkil etadi. Qon oqsillariga-albumin, globulin va fibrinogen kiradi. Qon plazmasi pH-7.36. Shaklli elementlarga:
Eritrotsitlar
Leykotsitlar
Trombotsitlar kiradi.
Gemogramma
1 litr qondagi qon shaklli elementlarinig miqdoriy ko`rsatkichlari
Leykositar formula
Eritrotsitlarning foizlardagi ko`rsatkichlari.
Gemositopoez
Qonning shaklli elementlarini xosil bo`lishi. Embrional va postembrional gemositopoezga bo`linadi.
Embrional gemositopoez
Avvalo sariqlik qopchasida keyinchalik esa jigarda, suyak ko`migida, so`ngra timus, taloq va limfa tugunlarida kechadi.
Jigarda-5 xaftadan boshlab ekstavazikulyar tarzda eritrotsitlar, granulotsitlar va megakarotsitlar xosil bo`ladi.
Taloqda qon yaratilishi-ekstravazikulyar tipda qonning barcha xujayralari xosil bo`ladi. 5-oydan boshlab faqat limfotsitlar xosil bo`ladi.
Taloqda qon yaratilishi-ekstravazikulyar tipda qonning barcha xujayralari xosil bo`ladi. 5-oydan boshlab faqat limfotsitlar xosil bo`ladi.
Limfatugunlarida qon yaratilishi-7-8 xaftalarda o`zak xujayralar suyak ko`migidan kelib T-vaB-limfotsitlarga mos zonalarda takomillashadi.
Suyak ko`migida qon yaratilishi-3-oyyi oxiridan boshlab birinchi bo`lib eritrotsitlar so`ngra barcha leykotsitlar ekstravazikulyar tarzda xosil bo`ladi.
Postembrional gemopoez
Eritropoez-O`X-YaO`X-KXK-E-proeritroblast-eritroblast-retikulotsit va eritrotsit
Granulositopoez-OAX-YaOX-KXK-Gr-mieloblast-promielotsit-mielotsit-metamielotsit-tayoqcha yadroli granulotsit va segment yadroli granulotsit. Va yana:neytrofil, eozinofil va bazofillar ham xosil bo`ladi.