Genetika predmeti usullari genetikaning rivojlanish davrilar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/4
tarix10.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#125060
  1   2   3   4
genetika predmeti usullari genetikaning rivojlanish davrilar


GENETIKA PREDMETI USULLARI GENETIKANING RIVOJLANISH DAVRILAR
REJA

  1. Genetika fanining predmeti, mazmuni, rivojlanish tarixi

  2. Jinssiz ko’payishning sitologik va biokimyoviy asoslari

  3. Mendel qonunlari mono-di va poliduragay irsiylanish.

  4. Jins genetikasi. Belgilarni jins bilan birikkan holda irsiylanishi

  5. Belgilami birikkan holda irsiylanishi va krossingover

Genetika yunoncha «geneticos» so’zidan olingan bo’lib, tug’ilish, kelib chiqish degan ma’noni ifodalaydi. Genetika tirik organizmlarning irsiyati va o’zgaruvchanligi to’g’risidagi biologiyaning alohida shaxobchasidir. Irsiyat barcha hayotiy hodisalarning asosini tashkil etib, tirik organizmlarning o’xshash belgi-xossalarini avloddan-avlodga o’tishini va rivojlanishini ma’lum tashqi muhit sharoitida ta’minlab beruvchi xossadir. O’zgaruvchanlik esa tirik organizmlarning ota-ona belgilaridan farq qiluvchi yangi belgilarni namoyon qilish xossasidir.


Hozirgi zamon genetikasi tadqiqot ob’ektiga ko’ra kompleks fan bo’lib, uning bir qancha shaxobchalari bor. Umumiy genetika, mikroorganizmlar genetikasi, odam genetikasi, hayvonlar genetikasi, o’simliklar genetikasi, molekulyar genetika, immunogenetika, sitogenetika, tibbiyot genetikasi, populyatsion genetika, pedagogik genetika ana shunday shaxobchalardir.
Genetikaning rivojlanish bosqichlari. asosan uch bosqichga bo’lish mumkin.
Birinchi bosqich G.Mendel kashfiyotlari bilan aloqador.
Ikkinchi bosqich irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish bilan bog’liq
Uchinchi bosqich genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, matematika va kibernetika fanlari metodlarini tadbiq etish bilan tavsiflanadi
Hujayraning bo’linishi. Hujayra bo’linishi natijasida bir hujayradan ikki hujayra hosil bo’ladi. Hujayra bo’linishi organizmlar ko’payishining markaziy qismini tashkil etadi. Hujayra bir necha usullar orqali bo’linadi. Ularning eng ko’p uchraydigani mitoz bo’linishdir. Mitoz bo’linish somatik hujayralarga xos bo’lib, ikki asosiy bosqich: yadroning bo’linishi (kariokinez) va sitoplazmaning bo’linishi (sitokinez)dan iborat. Mitoz uzluksiz jarayon bo’lib, natijada hosil bo’lgan ikkala qiz hujayra o’rtasida irsiy axborotning barobar taqsimlanishi amalga oshadi. Bundan avval esa xromosomalarning ikkilanishini ko’rish mumkin.
Mitotik sikl 5 bosqichdan tashkil topgan. Bular: interfaza, profaza, metafaza, anafaza va telofaza. Ikki bo’linish o’rtasida hujayra yadrosi interfaza bosqichida bo’ladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin