Genetika predmeti usullari genetikaning rivojlanish davrilar


Xromosomalar morfologiyasi va strukturasi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/4
tarix10.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#125060
1   2   3   4
genetika predmeti usullari genetikaning rivojlanish davrilar

Xromosomalar morfologiyasi va strukturasi. Xromosomalar hamma vaqt yoritgich mikroskopda ko’rinavermaydi. Ular hujayra bo’linayotgan davrda ko’zga tashlanadi. Xromosomalar umumiy tashqi tuzilishini metafaza va anafazaning boshlang’ich davrida yaxshi kuzatish mumkin. Xromosomalar tashqi ko’rinishi, hajmi bilan o’zaro farqlanadilar. Ularning uzunligi 0,2 – 50 mkm, diametri 0,2 – 5 mkm oralig’ila bo’ladi. Xromosomalarning shakli asosan sentromeri joylashishiga ko’ra belgilanadi. Sentromeraning asosiy vazifasi hujayra bo’linayotganda uning joyini o’zgartirishdan iborat. Sentromera har bir xromosomaning ma’lum yerida joylashgan bo’ladi.

Hujayraning meyoz bo’linishi. Jinsiy hujayralarda meyoz bo’linish amalga oshadi. Meyoz yadroning ikkita ketma-ket bo’linishidan iborat. Birinchi - reduksion bo’linishda xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (tenglashtiruvchi) bo’linishda gaploid xromosomali hujayralar hosil bo’ladi.
Birinchi reduksion bo’linishga taalluqli bosqichlar rim raqami I bilan, ikkinchi ekvatsion bo’linish bosqichlari II bilan belgilanadi. Reduksion bo’linishga yadroning profaza I dan telofaza I gacha bo’lgan o’zgarishlar, ekvatsion bo’linish esa profaza II dan telofaza II gacha davom etadi. Meyoz bo’linish ketma-ket fazalardan iborat bo’lib, buning natijasida xromosomalar ma’lum o’zgarishga uchraydi.

Profaza I ketma-ket keluvchi leptonema, zigonema, paxinema, diplonema, diakinez bosqichlaridan iborat. Leptonema bosqichida interfazadagi yadro to’rsimon ingichka iplarga – xromonemalarga aylanadi. Bu xromonema iplari diploiddir. Ular interfaza bosqichidayoq qo’shaloqlangan bo’lib, bu elektron mikroskop yordamida tasdiqlangan. Zigonema bosqichida gomologik xromosoma iplari bir-biriga tortiladi. Ular uchki qismidan boshlab uzinasiga birlashib ketadi. Gomologik xromosomalarning uzunasiga birlashishi kon’yugatsiya yoki sinapsis deyiladi.
Chex tabiatshunosi G.Mendeldan oldin ham tadqiqotchilar turli o’simlik va hayvonlarning bir-biridan belgilari bo’yicha farq qiluvchi formalarini chatishtirgan bo’lsalarda, biroq irsiyat qonunlarini ochishga muvaffaq bo’lmadilar. Irsiyat qonunlari birinchi marotaba G.Mendel tomonidan kashf qilindi.

No’xat o’simligining duragaylarida gul rangining irsiylanishi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin