“Geodeziya” so’zining ma’nosini ayting? Yer bo’lish
“Geodeziya” fani qanday maxsus fanlarga bo’linadi? 11 ta
“Muhandislik geodeziyasi” fani nima bilan shug’ullanadi? Turli xil muhandislik qidiruv ishlarida, bino va inshootlar qurish hamda ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil etish va bajarish bilan shug’ullanadi
“Radiogeodeziya” fani nima bilan shug’ullanadi? Yer yuzidagi nuqtalarning koordinatalarini aniqlash, radiogeodezik asboblar bilan masofalarni o’lchash bilan shug’ullanadi
“Planegeodeziya” fani nima bilan shug’ullanadi? Quyosh sistemasidagi planetalarni shakli va kattaligi hamda ularni yuzasining kartasini tuzish bilan shug’ullanadi
“Selenogeodeziya” fani nima bilan shug’ullanadi? Oyni shakli va kattaligi hamda oy yuzasining kartasini tuzish bilan shug’ullanadi
“Marksheyderiya” fani nima bilan shug’ullanadi? Shaxta, tunnel, metro va yer osti inshootlarini qurishda, yer bag’rida o’lchash bilan shug’ullanadi
“Kartografiya” fani nima bilan shug’ullanadi? Yer yuzasini geografik kartalarini tuzish, o’rganish va ulardan foydalanish bilan shug’ullanadi
“Topografiya” fani nima bilan shug’ullanadi? Geodeziyaning topografik plan olish nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanadi
“Fototopografiya” fani nima bilan shug’ullanadi? Joyni yerda olingan suratlariga asoslanib topografik karta va planlar tuzish ishi bilan shug’ullanadi
“Aerofototopografiya” fani nima bilan shug’ullanadi? Joyni samolyotdan olingan suratlariga asoslanib topografik karta va planlar tuzish ishi bilan shug’ullanadi
“Geodeziya” fanining asosiy vazifasini ayting? Yerning shakli va kattaligini hamda gravitasion maydonini aniqlash