Geodeziya dastlab qaysi mamlakatlarda rivojlangan? Misr, Arabiston, Xitoy, Hindiston va O’rta Osiyoda
Yer shari meridiani yoyi uzunligi necha km.ga teng? 111,8 km
1680 yilda yer ellipsoid shaklida ekanligini aytgan olim kim? Nyuton
Geodeziya fanining ahamiyatini ayting? Xalq ho’jaligini barcha sohalarida katta ahamiyatga ega
Absolyut balandlik nima? Nuqtaning dengiz sathiga nisbatan balandligi absolyut balandlik deyiladi
Nisbiy balandlik nima? Absolyut balandliklar o’rtasidagi farq nisbiy balandlik deyiladi
Yer sirtining yuzasi necha kilometr kvadratdan iborat? 510 mil.km. kv.
Nishablik nima? Nisbiy balandlikni nuqtalar orasidagi masofaga nisbatiga aytiladi
Nuqtaning otmetkasi deb nimaga aytiladi? Nuqta absolyut balandligini raqam bilan ifodalangan miqdoriga nuqtaning otmetkasi deyiladi
Agar A nuqtaning absolyut balandligi 154metr, V nuqtaniki 142metr bo’lsa nisbiy balandlik necha metrga teng bo’ladi? 12 metrga teng
Yer shari yuzasini necha foizini suv tashkil qiladi? 71%
Yer shari katta yarim o’qi qiymatini ayting? 6378245 m
Yer shari kichik yarim o’qi qiymatini ayting? 6356863 m
Yer ellipsoidi qutblarining siqiqligi qiymatini ayting? 1:298,3
Geodeziyada qo’llaniladigan koordinatalar sistemalarini ayting? Fazoviy to’g’ri burchakli, Gauss-Kryuger to’g’ri burchakli, o’g’ri burchakli yassi va Qutbiy koordinata sistemalari
Gauss-Kryugerning to’g’ri burchakli koordinata sistemasidan qachon foydalaniladi? Katta territoriyalarni planini tasvirlashda
Sharqiy yarim shardagi har bir zona o’q meridianining geografik uzunligi qaysi formuladan aniqlanadi?