Masshtab turlarini ayting? Sonli, so’zli, chiziqli va ko’ndalang masshtab
Topografik kartalarni o’qilishini osonlashtirisn maqsadida tanlash va umumlashtirish jarayoni nima deb ataladi? Generalizasiya
1:10000 masshtabini aniqligi qancha? Aniqligi 1,00m.
1:25000 masshtabini aniqligi qancha? Aniqligi 2,50m.
1:50000 masshtabini aniqligi qancha? Aniqligi 5,00m.
1:100000 masshtabini aniqligi qancha? Aniqligi 10,00m.
1:5000 masshtabli planlar planlarning qaysi turiga kiradi? Yirik masshtabli.
Masshtabi 1:5000 va undan yirik bulsa bu? Topografik plan.
Masshtab nima? Masshtab – yer yuzidagi masofalar gorizontal proyeksiyalarining kichraytirilish darajasidir
Sonli masshtab deb nimaga aytiladi? Agar masshtab raqamlar bilan kasr tarzida ifodalansa sonli masshtab deyiladi
So’zli masshtab deb nimaga aytiladi? Agar sonli masshtab so’zlar bilan ifodalansa so’zli masshtab deyiladi
Chiziqli masshtab deb nimaga aytiladi? Chiziqli masshtab deb nimaga aytiladi?
Ko’ndalang masshtabdan qachon foyda-laniladi? Aniqlik katta talab etilganda ko’ndalang masshtabdan foydalaniladi
Sonli mashtab birligini ayting? Sm
Masshtab aniqligi deb nimaga aytiladi? Plandagi 0,1mm oraliqga joyida to’g’ri keladigan uzunlikga aytiladi.
Topografik kartalarning nomenklaturasini tushuntiring? Topografik kartalarning varaqlarga bo’lish va ularni belgilash, ya’ni ularga nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi
Topografik karta nomenklaturasidagi K-42 yozuvi nimani bildiradi? 1:1000000 masshtabli kartaning K-qatorini, 42-ustunini
Topografik shartli belgilar necha guruhga bo’linadi? Masshtabli (konturli), masshtabsiz va tushuntiruvchi shartli belgilar
Relyef deb nimaga aytiladi? Biror joydagi notekisliklar, ya’ni past-balandliklar yig’indisiga shu joyning relyefi deyiladi