“география дарсларида инновацион ва педагогик технологиялардан фойдаланиш”



Yüklə 93,8 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü93,8 Kb.
#11243

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGIclip20081107

TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

QIBRAY TUMANI XALQ TA`LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH VA TASHKIL

ETISH BO`LIMI

Qibray tumani 17 -umumta`lim

maktabi geografiya fani o`qituvchisi

Usmonova Dilafruz Hamidullayevnaning

mavzusidagi ma’ruzasi

Qibray tumani 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining tabiiy fanlar uslub birlashmasining 2015-yildagi ____________kunidagi ___- sonli yig`ilishining qarori bilan tasdiqlandi.

Qibray tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining 2015 yil __________dagi metodik kengashning №____ sonli yig`ilish qarori bilan tasdiqlangan.


17-umumiy o`rta ta`lim maktabining

Geografiya fani o’qituvchisi

Usmonova Dilafruz tomonidan tayyorlangan ushbu uslubiy qo’llanma geografiya fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.

Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish”



.

Reja:
1.Innovatsion va pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha.



2.Darslarni loyihalashtirish.

3.“Blits-o’yin” texnologiyasi.

4.“Bumerang” texnologiyasi.

5. “6x6x6” metodi.

Hozirgi kunda taxlim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, extibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha anxanaviy taxlimda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilganligidir. Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Taxlim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi.

SHuning uchun umumiy o’rta taxlim maktablarida o’quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini taxminlashda zamonaviy o’qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir.

“Innovatsiya” so’zi inglizcha “inn’vati’n” so’zidan olingan bo’lib, yangilik kiritish, yangilik degan maxnolarni anglatadi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash demakdir. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:



  • o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

  • o’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini taxminlanishi;

  • o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;

  • hamisha pedagog va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq. O’qitish jarayonida qo’yilgan maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir taxlim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ularning har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa chiqara olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsagina samara berishi mumkin. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, yaxni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda maxlum bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va o’quvchining hakorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, yaxni texnologiyaga bog’liq.

O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikda maqsaddan natijaga erishish uchun qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompgyuter bilan ishlash lozimdir, balkim filgm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bularning qay birini tanlash o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq.

SHu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirib olish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o’qitishning texnik vositalarini, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishni hisobga olsagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.

O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchi tomonidan bo’lajak darsning texnologik kartasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik kartasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Bunday texnologik kartani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psihologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar va usullarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik kartasiga bog’liq.

Darsning texnologik kartasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik karta qanday tuzilgn bo’lmasin, unda jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik kartada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.

Quyida geografiya fanidan 6-sinflarda «Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar» mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik kartasini misol tariqasida keltirilmoqda.



http://fikr.uz/uploads/images/cimg1150.jpg
http://fikr.uz/uploads/images/c/4/6/1/620/fd43440135.jpg

Mavzu:

Geografik xaritalar va ularning turlari.

Atlaslar, globuslar

Maqsad,

vazifalar

O’quvchilarning geografik xaritalar, ularning turlari hamda atlaslar va globuslar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar tomonidan yakka holda va guruh bo’lib o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash



O’quv jarayonining mazmuni

Geografik xaritalar bilim manbai.

Geografik xaritalarning tasnifi.

Geografik atlaslar taxrifi, tasnifi va xususiyatlari.

Geografik globus.



O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: og’zaki bayon qilish, suhbat–munozara. “Aqliy hujum” metodi.

Forma: amaliy dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash.

Vosita: globus, xaritalar va tarqatma materiallar: matnlar, rasmlar.

Usul: tayyor yozma materiallar, xaritalar va chizmalar asosida.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.



Kutiladigan

natijalar

O’qituvchi

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar faolligini oshiradi, ularning tasavvurini kengaytiradi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir vaqtning o’zida ko’pchilik o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi.



O’quvchi

Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p maxlumotlarga ega bo’ladi, tasavvuri kengayadi.




Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Qo’shimcha materiallar yig’ish. Qo’shimcha adabiyotlar o’qish. Pedagogik mahoratni oshirish.



O’quvchi

Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganish. O’z fikrini ravon bayon qila olish. SHu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topish, ularni o’rganish. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.



O’qituvchi tomonidan har bir mavzu, har bir dars bo’yicha tuzilgan shu kabi texnologik karta unga o’z fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishga (bir chorak, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishilgan natijasigacha ko’ra olishga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik kartani o’quvchining imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida taxlimning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o’qitish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.



http://fikr.uz/uploads/images/6/8/1/c/99/23ce31c693.jpg

«BLITS - O’YIN» TEXNOLOGIYaSI
Texnologiya haqida qisqacha maxlumot
Ushbu texnologiya o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, maxlumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o’quvchilar o’zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o’tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to’liq sharot yaratib beradi.

Maqsad: Ushbu texnologiya o’quvchilarga tarqatilgan qog’ozlarda ko’rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so’ngra o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish yoki fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo’la olishga yordam beradi.


O’tkazilish texnologiyasi
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:

1 – bosqichda:

- o’qituvchi ushbu dars bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida o’quvchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, o’quvchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;

- o’qituvchi hamma o’quvchilarga alohida–alohida tarqatma material beradi va o’quvchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganib chiqishlarini so’raydi;

- o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, yaxni tarqatma materialda berilgan maxlum bir sondagi (misol uchun 13 ta) harakatning ketma-ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozdagi alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;

- qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.

2 – bosqichda:

- o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir o’quvchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi;

- har bir o’quvchi tarqatma materialdagi “Yakka baho” bo’limiga shu yerda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, yaxni berilgan 13 harakatdan uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun o’qituvchi tinlovchilarga 5 daqiqa vaqt beradi.

3 – bosqichda:

- o’qituvchi o’quvchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi (3 kishilik guruhlar o’quvchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin);

- kichik guruhlarda o’quvchilarning har biri o’z qog’ozidagi “Yakka baho” bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir-birlariga taxsir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqim qarorga kelib, ularga tarqatilgan qog’ozdagi “Guruh bahosi” bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.

- o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir o’quvchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.



4 – bosqichda:

- barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, yaxni o’quvchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan “To’g’ri javob” bo’limini topishni va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi.



5 – bosqichda:

- O’qituvchi “To’g’ri javob” bo’limida berilgan raqamlar bilan “Yakka baho” bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha) solishtirishni va agar bu raqamlar mos kelsa, “Yakka xato” bo’limiga “+” belgisini qo’yishni, mos kelmasa “-” belgisini qo’yishni so’raydi. “Yakka xato” bo’limidagi “+” belgilari sonini yuqoridan pastga qarab sanab chiqib, umumiy sonini yozib qo’yish kerakligini uqtiradi.



6 – bosqichda:

- Xuddi shu tartibda “To’g’ri javob” va “Guruh bahosi”dagi raqamlarni solishtirib chiqilib, “Guruh xatosi” bo’limi “Yakka xato” bo’limi kaba to’ldiriladi. So’ngra yuqoridan pastga qarab “+” belgilari soni sanab chiqiladi va umumiy son yozib qo’yiladi.



7 – bosqichda:

- O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.

«Yakka xato» bo’limi va «Guruh xatosi» bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:

o’quvchilarning (guruhning) javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «To’g’ri javob» ning 1-25 % iga to’g’ri kelgan bo’lsa, demak, “1” ball, 26-50 % iga to’g’ri kelsa “2” ball, 51-75 % iga kelgan bo’lsa «3» ball, 76-99 % iga to’g’ri kelgan bo’lsa «4» ball, 100% to’g’ri kelgan bo’lsa «5» ball deb baholash mumkin.


8 – bosqichda:

- Misol tariqasida «Janubiy Amerika davlatlarini ularning maydon kattaliklari bo’yicha tartiblang » mavzusidagi blits – o’yining chizmasini keltirishimiz mumkin. (har bir o’qituvchi o’tayotgan yoki o’tgan mavzusi asosida blits-o’yin shaklidan foydalanib, o’yin mazmunini ishlab chiqishi mumkin);



- O’qituvchi darsini yakunlaydi. Guruhlarning baxzilariga, ularning faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi. Unda o’qituvchi ularni nimalarga o’rgatganini, ularning shu dars orqali nimalarni bilib olishganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi.

Tarqatma materiallarning namunaviy nusxasi
BLITS – O’YIN
« Janubiy Amerika davlatlarini ularning maydon kattaliklari bo’yicha tartiblang»


Guruh

bahosi

Guruh xatosi

To’g’ri javob

Yakka

xato

Yakka

baho

Harakatlar mazmuni







2







Argentina







5







Boliviya







1







Braziliya







6







Venesuela







10







Gayana







13







Gviana







4







Kolumbiya







8







Paragvay







3







Peru







12







Surinam







11







Urugvay







7







CHili







9







Ekvador

«BUMERANG» TEXNOLOGIYaSI.

http://fikr.uz/uploads/images/00/18/17/2015/04/24/7f8f5b.jpg
Texnologiya haqida qisqacha maxlumot
Ushbu texnologiya o’quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan.

Mazkur texnologiya bir dars davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmunli xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir dars davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi.

«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy va mantiqiy fikrlashni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; dunyoqarashni kengaytiradi, xotirani charxlaydi; g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Taxlim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:



  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • muomala qilish madaniyati;

  • xushfexllik;

  • ko’nikuvchanlik;

  • o’zgalar fikriga hurmat;

  • faollik;

  • rahbarlik sifatlarini shakllantirish;

  • ishga ijodiy yondoshish;

  • o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;

  • o’zini xolis baholash.

Asosiy tushunchalar quyidagilar:

Ochiq savollar – bu savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.

Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha» yoki «yo’q» tipidagi to’g’ri, ochiq javoblarni berishni ko’zda tutadi.

Ko’ndalang so’roq bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bunda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Maqsad: Dars davomida o’quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka holda va guruh bo’lib o’zlashtirib olinishi hamda o’zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallar, undagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganini nazorat qilish. Dars davomida o’quvchilar tomonidan ballarni egallashga imkoniyat yaratish.
O’tkazish texnologiyasi
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:

1 – bosqichda:

- Dars to’g’ridan-to’g’ri o’quvchilarni 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’lishdan boshlanadi;

- O’qituvchi har bir guruhga va uning bir axzosiga mustaqil o’rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi (tarqatma materialda) o’qituvchi tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo’yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va o’quvchilar soniga bog’liq. Agar 4 ta kichik guruh bo’lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo’linib har bir guruhga beriladi;

- faoliyat samarali bo’lishi uchun har bir guruhga berilgan matnlardan har bir o’quvchiga beriladi. SHunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga ega, har bir o’quvchi esa o’z guruhiga tushungan matnga ega bo’ladi.

2 – bosqichda:

- Guruhlarga berilgan matnni guruh axzolari yakka tartibda alohida o’rganishlari, matnni eslab qolishlari, keyin esa kerak bo’lsa boshqalarga yoki o’qituvchiga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o’zlashtirib olishlari kerakligini o’qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta kichikligiga qarab 5-7 daqiqa vaqt beradi. O’zi esa guruh va o’quvchilarni ish faoliyatini kuzatadi.

3 – bosqichda:

- o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’yilgan raqamlar yozilgan kichik qog’ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh axzolaridan ushbu qog’ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so’raydi (qog’ozlar soni guruhdagi o’quvchilar soniga bog’liq, masalan, guruhda 5 kishi bo’lsa, qog’ozdagi raqamlar 1, 2, 3, 4, 5 etib tayyorlanadi, agar 4 ta bo’lsa 1 dan 4 gacha va h.k). guruhlardagi barcha o’quvchilar raqamlar yozilgan qog’ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo’lsa, shuncha guruh axzolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog’ozlar tayyorlanadi.

- o’qituvchi raqamlar bo’yicha o’quvchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so’raydi. Masalan, hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruhni, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar to’rtinchi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so’raydi. Guruh axzolari yangi guruhga o’tishlarida o’zlari bilan o’rgangan matnlarini oladilar.

4 – bosqichda:

- raqamlar bo’yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillari o’z-o’zidan to’planib qoladi, yaxni 4 ta guruhda 4 xil matn o’rganilgan bo’lsa, bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to’planadi, umumiy mavzu bo’yicha 4 o’quvchi va 4 xil matn to’planadi.

5 – bosqichda:

- yangi tuzilgan guruhning har bir axzosi endi o’ziga 2 ta vazifa, yaxni o’qituvchi va o’quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko’rsatadi:

1. O’qituvchi(o’rgatuvchi) sifatida o’zi avval o’rgangan materiallarni gapirib beradi, tushuntiradi, o’zi mustaqil o’rgangan materiallarning asosiy joylariga barchaning diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh axzolarining tushunish va o’zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.

2. O’quvchi sifatida guruh axzolari navbatma-navbat so’zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarni eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi.

- o’qituvchi esa ularga o’z matnlarini faqat so’zlab berishlari kerakligini uqtiradi va bunga 10 daqiqa vaqt beradi (matn hajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt ajratiladi). Bu bosqichda dars boshlanishida tarqatilgan barcha material o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan hisoblanadi.

6 – bosqichda:

- guruhdagilar bir-birlariga o’z matnlarini gapirib berib, barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, o’qituvchi o’rganilgan material guruh axzolari tomonidan qanchalik o’zlashtirib olinganligini tekshirib ko’rish uchun har bir guruh axzosi bir-birlariga o’z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. SHunday qilib, guruh ichida ichki nazorat savol-javob orqali o’tkaziladi. Bu esa guruhdagi o’quvchilarni bir-birlariga so’zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o’zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.

7 – bosqichda:

- o’qituvchi barcha o’quvchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini so’raydi, yaxni yana hamma dars boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.

8 – bosqichda:

- o’qituvchi sinfdagi o’quvchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida to’liq maxlumotga ega bo’lganliklarini hisobga olgan holda sinfdagi har bir o’quvchidan xohlagan materialni so’rashi mumkinligini aytadi.

9 – bosqichda:

- o’quvchilarga tarqatilgan barcha materialni ular tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi darajasini aniqlash maqsadida o’qituvchi o’zi yoki maxsus (opponent) guruh tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarni reyting ballari orqali baholashni tushuntiriladi, masalan, savollarga berilgan javoblar agar to’liq javob bo’lsa – 5 ball, qo’shimcha qilinsa – 4 ball, o’tirgan joyda luqma tashlansa – 3 ball, javob berilmasa 0 ball qo’yilishi belgilanadi.

- Guruh axzolarining javoblarini yuqorida ko’rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo’yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o’ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin («hisobchi» ham davrada bo’layotgan savol-javoblar muloqotida ishtirok etadi).

10 – bosqichda:


  • Ushbu bosqichda o’qituvchi tarqatma materiallar asosida tuzilgan (5-6 ta) savollar bilan o’quvchilarga murojaat qiladi (savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli bo’lgani maxqul, shuningdek, o’qituvchi sinfdagi barcha o’quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi).

  • Belgilangan savollarga javob berish tugagach, o’qituvchi doskaga guruhlar tomonidan to’plangan ballarni yozadi va darsning keyingi bosqichiga o’tadi.

11 – bosqichda:

- O’qituvchi har bir guruhni o’z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini va guruhlarga savol tuzishlari uchun 2-3 daqiqa vaqt ajratadi.

12 – bosqichda:


  • Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi «hisobchilar» esa guruh axzolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to’g’ri bo’lsa, savol bergan guruh javobni to’ldirmaydi.

13 – bosqichda:

O’qituvchi guruh axzolari to’plagan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va to’plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini aniqlaydi. To’plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini guruh axzolariga teppa-teng bo’ladi (yuqorida kelishilganiday).



IZOH: agar to’plangan ballarni guruh axzolariga teppa-teng bo’lishda o’quvchilar tomonidan norozilik bo’lsa, yaxni baxzi guruh axzolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib, umumiy jamoaviy faoliyatda passiv bo’lgan bo’lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan, qiziqmagan bo’lishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh axzolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to’g’ri hisoblanadi, yoki o’qituvchi o’z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o’quvchilarning javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.

Umuman olganda, agar o’quvchi faollik ko’rsatmagan, yoki savol-javoblarda ishtirok etmagan bo’lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani, eslab qolib o’zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu o’quvchini keyinchalik shu shakldagi darsda faolroq bo’lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uning yechimini har bir o’qituvchi sharoitga, faoliyatga qarab o’zi hal etishi yoki guruh, jamoa hukmiga havola etishi mumkin.

Baxzida guruhning «hisobchilari» ballarni qo’yishda noaniqlik yoki qo’shib yozishi mumkin, natijada, baxzi guruhlarning umumiy to’plagan ballari boshqa guruhnikidan juda farq qilishi mumkin. O’quvchilarning haqqoniy baholanishlari ular tanlagan «hisobchi»larga bog’liq ekanligini o’qituvchi eslatib o’tadi. Agar umumiy to’plangan ballarni guruh axzolariga taqsimlanganda shu dars uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo’lsa, u holda shu dars uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi darslarga o’tkazish mumkin.
14 – bosqichda:

- Har bir o’quvchiga ballar qo’yilgach (har bir o’quvchi baholangach) o’qituvchi darsga yakun yasaydi. O’quvchilarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o’z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi:

- bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?

- nimalarni o’rgandingiz?

- nimalar sizlar uchun yangilik bo’ldi?

- yana nimalarni bilishni istar edingiz?

15 – bosqichda:

- O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglab, ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi.

6x6x6” METODI
Metod haqida qisqacha maxlumot
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar taxlim oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali maxlum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir axzosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammo(masala)ni muhokama qiladilar. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh axzolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo(masala)ning yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

Eng muhimi dars ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt davomida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham maxruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metod qo’llanilayotgan darslarda guruhlar bir yoki bir necha muammo(masala)ni muhokama qilishlari mumkin.

“6x6x6” metodidan taxlim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish malakasiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin.

Maqsad: guruhlarning har bir axzosini faollik, o’z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrlarini tinglay olish, o’rtaga tashlangan bir necha fikrni umumlashtira olish va o’z fikrini himoya qila olishga o’rgatish.

O’tkazish texnologiyasi


Ushbu texnologiya 20 minut davomida bir necha bosqichda o’tkaziladi:
1– bosqichda:

- o’qituvchi dars boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.

2– bosqichda:

- o’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda quyidagicha yo’l tutish mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan obxekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, delgfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. O’quvchilarga kema, to’lqin, baliq, delgfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlab olgan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.

3 – bosqichda:

- o’quvchilar joylashib olganlaridan keyin o’qituvchi dars mavzusini exlon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Munozara uchun maxlum vaqt belgilanadi. Munozara tashkil etiladi.

4 – bosqichda:

- o’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh axzolariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to’g’ri hal qilinganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.

5 – bosqichda:

- munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bitta vakil bo’lishi inobatga olinadi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng aniq belgilangan vaqt ichida guruh axzolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar.



SHu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar(echimlar)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR


  1. I.A.Karimov «Barkamol avlod Uzbekiston tarakkiyotining poydevori». Toshkent 1997 yil.

  2. I.A.Karimov «Barkamol avlod orzusi» Toshkent 1999 yil.

  3. I.A.Karimov «Inson baxt uchun yaratiladi». Toshkent 1999 yil.

  4. A.K.Munavvarov «Pedagogika» Toshkent 1996 yil.

  5. O.Mavlonova va boshkalar «Pedagogika» Toshkent 2001 yil.

  6. www.ziyonet.uz

Yüklə 93,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin