Geografiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti


Mineral xom-ashyo zahiralaridan foydalanishdagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish



Yüklə 74 Kb.
səhifə4/5
tarix05.04.2023
ölçüsü74 Kb.
#124835
1   2   3   4   5
2 5251413262498540218

Mineral xom-ashyo zahiralaridan foydalanishdagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish

Ochiq usulda qazib olinadigan ma’dan konlari atrof-muhitni ko‘proq ifloslaydi. Qazilma boylikning yuzini ochishda ko‘pincha portlashlar qilinib, yuzadagi tog‘ jinslari ma’lum qalinlikda yumshatiladi. Portlash natijasida jinslar turli tomonga sochilishi va ular qo‘porib tashlanishi tufayli havoga ko‘p miqdorda chang ko‘tariladi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ruda ochiq konlarda bir yo‘la o‘rtacha zichlikdagi gruntlar portlatilganda osmonga 100-200 t. gacha chang ko‘tarilishi qayd etilgan. Gruntlarni transportga ortish va tekislash ishlarida ham 10 t. gacha chang havoga chiqishi mumkin.
Yuk tashuvchi bir avtomashinadan bir sutkada 10 kg. chang havoga chiqadi. Chang, shuningdek, ag‘darma yuk avtomashinalari, ag‘darma yarim vagonlar va konveyrlarda tog‘ jinslarini tashishda, ularni maydalovchi qurilmalarda maydalanishi, buldozerlar harakatida ham katta hajmda chiqadi. Qurilish materiallari konlarida tosh kesish mashinalari ishlaganda havoning chang bilan 98 to‘yinishi 1m3 da 1500 mg. ga yetadi.
Yirik yuk mashinalari, masalan, KrAZ-256 avtomashina sekundiga 202,2 mg. uglerod oksidi, 175,9 mg azot oksidi, 138,6 mg. akrolein, BelAZ-548 avtomashinasi esa sekundiga 1156 mg. uglerod oksidi, 130,0 mg. azot oksidi va 6,0 mg. akrolein chiqaradi. Bu hol ochiq konlar havosini zaharlash bilan birga inson organizmining turli kasalliklarga chidamligini kamaytiradi. Yer qa’rida yashirinib yotgan ma’danlarni qidirib topish va aniqlash ancha mushkul. Buning uchun geologik seyomka, qidiruv, tekshirish ishlari amalga oshirilib, bu ishda avtomashinalar, burg‘ulash qurilmalari, traktorlar va boshqa texnika jihozlari ishtirok etadi. Yo‘l yo‘qligi tufayli texnika yaylovda o‘ziga ma’qul bo‘lgan joydan yo‘l solib, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakat qiladi.
Buning oqibatida g‘ildirak ostidagi o‘t-o‘lan eziladi, sinadi, oxiri yo‘qoladi, vujudga kelgan iz shamol ta’siriga berilib, turli chuqurlik va botiqlar hosil bo‘ladi. Xullas, hisob-kitoblarga qaraganda, har 1 km masofada 4 gacha maydondagi yaylov yo‘qoladi, 0,3-0,4 ga maydonda to‘zima qumliklar vujudga keladi. Burg‘ulash qurilmasini traktorlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda esa o‘simlik olami katta maydonda zarar ko‘radi. Agar burg‘ulash qurilmasi 15 km masofaga ko‘chirilsa, u holda kamida 100 ga maydondagi yaylov nobud bo‘ladi, yangi barxanlar tarkib topadi.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo’lsak, umuman olganda inson paydo bo‘libdiki, doimiy ravishda tabiat bilan uyg‘un holda munosabatga kirishib kelmoqda. Biroq hozirgi kunga kelib, yer yuzida insoniyatning asrlar osha ko‘payib kelayotganligi tabiatga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Shu jihatdan bugungi kunda kelajak avlodni tarbiyalashda ekologik ta’lim-tarbiyani kuchaytirish, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali tabiatga keltirilayotgan zararning oldini olish, ekologigik muammolar keskinlashuvini bartaraf etishning samarali yechimlarini topish o‘z yechimini kutayotgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida ijtimoiy mazmunga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos ijtimoiy ekotizim hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, bioijtimoiy mohiyatga ega.
Yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish borasidagi bilimlarni o‘zlashtirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish borasidagi kabi nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qiladi.


Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin