Geografiya



Yüklə 35,06 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü35,06 Kb.
#11233

Geografiya 5-sinf

Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi



Mavzu:

III chorak, 22 - dars

Ko`l va muzliklar


Maqsad va vazifalar

O‘quvchilarga daryolar va ularning qismlari tarkibi, turlari, to‘yinishi, rejimi haqida bilim berish; tog‘ va tekislik daryolarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish; ularga tabiiy geograflk xaritalardan daryolarni topishni o‘rgatish va sayyoramizdagi yirik daryolarni nomlarini aytib xaritadan topa olishni, daryolarga reja asosida ta’rif yozish ko‘nikmasini shakllantirish.

O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.




O‘quv materiali mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mohiyatini tushinib yetishlari bunda daryolarning hosil bo‘lishi, daryo sistemasi, vodiysi va uning elementlari. Ularning to‘yinishi manbai va mansabi. Ostona va sharsharalarning paydo bo‘lishi, daryo havzasi chegaralari. Daryolaning oqim yo‘nalishi va relьefning bog‘liqlik qonuniyatlari. Daryolarning xalq xo‘jalikdagi ahamiyati va ularni suvini muhofaza qilish.


O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash.

Metod: “Aqliy hujum”, og‘zaki bayon, “Blis so‘rov” elementi, savol- javob, grafik test.

Vosita: Darslik, mavzu bo‘yicha slaydlar, globus, mavzuga oid jadvallar, daryolar aks etgan rangli rasmlar, 5-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xarita, tarqatma materiallar, Dunyoning yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy xaritasi.

Usul: slayd, grafik test.

Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.

Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.


Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi: Mavzu asosida to‘laqonli ma’lumot berib, o‘quvchilar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotda qo‘llanilgan turli metodlar, mustaqil ish bo‘yicha tarqatma materiallar asosida mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini oshiradi.

O‘quvchi: Mavzu bo‘yicha yangi bilimlar egallanadi. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay oladi. Daryoga reja asosida tavsif yoza oladi.


Kelgusi rejalar

O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.

O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.



Mavzu: Ko`l va muzliklar.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad:

O`quvchilarga gidrosfera haqidagi bilimlarni berishda davom etib, ularga ko`llarning turlari, xususiyatlari, kelib chiqishi to`g`risidagi bilimlarni shakllantirish va muzliklar, ularning hosil bo`lishi haqidatasavvur hosil qilish. Xaritadan ko`l va muzliklarni topa olish ko`nikmalarini shakllantirish. Yangi mavzuni to`liq o`zlashtirishga erishish.



Tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarga ekologik tarbiya berish, insoniyatning sidrosferaga salbiy ta’siri va buning oqibatlarini ochib berish, Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.



Dars turi:

Ta’lim beruvchi, interfaol.



Dars o`tish metodi:

Aqliy hujum, aralash, interfaol.



Dars jihozi:

Globus, yarim sharlar tabiiy kartasi, 5-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektrodoskasi, jadvallar, ko`llar va muzliklar rasmlari, tarqatma materiallar, globus maketlari, vatman, markerlar.



Texnik jixozlar:

Kompyuter, multimedia, slaydlar, magnitofon.



Dars rejasi:

I. Tashkiliy qism.

1.O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)

2.Guruhlarga bo`linish. (2 daqiqa)



II. O`tgan mavzuni so`rab baholash.

3.Biz bilgan bilimlar. “Kim chaqqon” o`yini. ( 5 daqiqa)



III. Yangi mavzu bayoni.

4. Slaydlar orqali yangi mavzuni tushuntirish. ( 8 daqiqa)

5. “Ko`llar va muzliklar” videofilmini ko`rish. (5 daqiqa)

6. “Xatosini toping” ( 8 daqiqa)

7. “E’tiborni jamlash” o`yini. ( 4 daqiqa)

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

8. “Aplikatsiya” usuli. (7 daqiqa)



V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.

9. G`olib guruhni aniqlash va baholash. ( 2 daqiqa)

10. Uyga vazifa. ( 2 daqiqa)

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Guruhlash:

O`quvchilar emblemalar orqali to`rt guruhga bo`linadilar:

Ko`l”, “Daryo”, “Qor” va “Aysberg” guruhlari.

1). Salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo haqidagi ma’lumotlarni eshitish.

2). Dunyo tabiiy xabarlarini navbatchi o`quvchilardan eshitish.


  1. Asosiy qism.

Darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtirish:

O`qituvchi:

- Aziz o`quvchilar, siz oldingi darslarda gidrosfera qobig`i haqida so`z yuritayotgan edingiz. Bugun ham mana shu qobiqning ko`l va muzliklari haqida gaplashamiz.

Buning uchun esa fanimiz bo`yicha olgan bilimlarimizni esga olamiz.

Baholash mezoni:

Har bir to`g`ri javob uchun globuslar tasviri berib boriladi. Kimning globusi eng ko`p bo`ladi.

Har bir shartni birinchi bo`lib bajargan guruhga ham alohida rag`bat - doira ichida “globuschalar” berib boriladi.
Uy vazifa bo`yicha ishlash:

Har bir guruhga 4 tadan topshiriq beriladi:

1) Qobiqlar nomini yozing.

2) Gidrosfera deganda nimani tushunasiz?

3) Gidrosferaga nimalar kiradi?

4) Daryolarga misollar yozing.

Guruhlar javobi tinglanadi.

O`qituvchi guruhlar fikrlarini umumlashtirib, to`ldiradi.



III. Yangi mavzu bayoni.

Slaydlar orqali yangi mavzu bo`yicha yangi ma’lumotlar beriladi va o`quchilar daftariga yozdirib qo`yiladi.

Ekran orqali ko`l va muzliklar haqida film ko`rsatiladi.

Guruhlarda ishlash:

Guruhlarga darslik asosida topshiriq beriladi. “Xatosini toping” o`yini.



Matnlar:

I - guruh: Ko`l guruhiga:

Tabiiy chuqurlikda to`planib qolgan suvga ko`l deyiladi. Ko`llarda suv daryolardagidek o`zanda oqadi. Yer yuzidagi eng katta ko`l – Kaspiy ko`lidir. Oqmas ko`llar suvi chuchuk bo`ladi. Ko`l suvlaridan foydalanib bo`lmaydi.



II - guruh: Daryo guruhiga:

O`zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo boshlanadigan joy uning mansabi deyiladi. Qo`shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara irmoqlar deyiladi.



III - guruh: Qor guruhiga:

Qor yig`adigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig`i deyiladi. Qor chizig`i ekvatorial o`lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng katta orol – Grenlandiyada muzliklar yo`q.



IV - guruh: Aysberg guruhiga:

Quruqlikda qor to`planib, hosil bo`lgan ko`p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar hech qachon siljimaydi. Aysberglar juda kichkina bo`ladi.



Ko`l guruhining to`g`ri javobi:

Tabiiy chuqurlikda to`planib qolgan suvga ko`l deyiladi. Ko`llarda suv daryolardagidek o`zanda oqadi. Yer yuzidagi eng katta ko`l – Kaspiy ko`lidir. Oqmas ko`llar suvi chuchuk bo`ladi. Ko`l suvlaridan foydalanib bo`lmaydi.



  1. oqmaydi;

  2. foydalanib bo`ladi.

Daryo guruhining to`g`ri javobi:

O`zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo boshlanadigan joy uning mansabi deyiladi. Qo`shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara irmoqlar deyiladi.

1) manbai;

2)suvayirg`ich.



Qor guruhining to`g`ri javobi:

Qor yig`adigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig`i deyiladi. Qor chizig`i ekvatorial o`lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng katta orol – Grenlandiyada muzliklar yo`q.



  1. qutbiy;

  2. muzliklar bilan qoplangan

Aysberg guruhi to`g`ri javobi:

Quruqlikda qor to`planib, hosil bo`lgan ko`p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar hech qachon siljimaydi. Aysberglar juda kichkina bo`ladi.



  1. siljiydi;

  2. ba’zilari juda katta bo`ladi.

Guruhlar javoblari tinglanib, globuschalar beriladi.

Har bir guruhga “E’tiborni jamlash” o`yini beriladi”.



E’tiborni jamlash” o`yini

Arabiston

Okean

Baykal

Daryo

Atlantika

Dengiz

Amazonka

Ko`l

To`g`ri javob:

E’tiborni jamlash” o`yini

Arabiston

Okean

Baykal

Daryo

Atlantika

Dengiz

Amazonka

Ko`l

Guruhlar o`z javoblarini xarita orqali ko`rsatib, izohlaydilar.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O`qituvchilarga “Aplikatsiya” usuli yordamida gidrosferaga doir so`zlar beriladi. Har bir guruh o`ziga berilgan topshiriq asosida vazifani bajaradilar.



So`zlar:

Suvayirg`ich, mansab, oqar, sho`r, oqim, chuqurlik, harorat, maydoni, chuchuk, Nil, Hind, Baykal, tektonik.



Daryo atamasiga:

Suvayirg`ich, mansab, chuqurlik, harorat, chuchuk, Nil.



Okean atamasiga:

Sho`r, oqim, chuqurlik, harorat, maydoni, Hind.



Ko`l atamasiga:

Oqar, sho`r, chuqurlik, harorat, maydoni, chuchuk, Baykal, tektonik.



Guruhlar taqdimotidan so`ng, o`qituvchi ular fikrlarini umumlashtirib darsga yakun yasaydi, guruhlar to`plagan globuschalar sanab, ballar hisoblanadi, g`olib guruh aniqlanadi hamda faol o`quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa:

Mavzuni o`qib, savollarga javob yozish, atlasdan foydalanib yozuvsiz xaritaga 10 ta ko`l nomini yozib kelish, xohlagan bitta ko`lga ta’rif yozish.
Yüklə 35,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin