GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI Ma’ruzachi: PhD, dotsent Ochilov Shuhratulla Atoyevich email: o.shuhrat@mail.ru phone: 97 464 27 87 GEODEZIYADA QO‘LLANILADIGAN KOORDINATA SISTEMALARI. ORIYENTIRLASH (YO`NALTIRISH). JOYDA CHIZIQ YO`NALISHINI ANIQLASH. HAQIQIY VA MAGNIT AZIMUTI. DIREKSION BURCHAK VA RUMB TUSHUNCHASI. GEODEZIK O`LCHASHLAR, ULARNING ANIQLIGI VA XATOLIKLARI
REJА
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES 2 GEODEZIYADA QO‘LLANILADIGAN KOORDINATA SISTEMALARI;
ORIYENTIRLASH (YO`NALTIRISH);
JOYDA CHIZIQ YO`NALISHINI ANIQLASH;
HAQIQIY VA MAGNIT AZIMUTI;
DIREKSION BURCHAK VA RUMB TUSHUNCHASI;
GEODEZIK O`LCHASHLAR, ULARNING ANIQLIGI VA XATOLIKLARI.
3 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Biror nuqtani boshlang`ich deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan joylashgan o`rnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, to`g`ri burchakli koordinata va qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi.
Geografik koordinata sistemasida Yer yuzidagi nuqtaning o`rni, uning geografik kengligi va uzunligi (uzoqligi) bilan aniqlanadi.
Geografik koordinatalar deb– nuqtalarning yer ellipsoididagi joylashuv o’rnini ekvator va bosh meridianga nisbatan belgilaydigan birlikka aytiladi.
Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga bo`linadi.
KOORDINATA SISTEMALARI 4 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Geografik kenglik – yer yuzasidagi ma'lum nuqtadan yer markazi tomon tushirilgan tik chiziq bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo’lgan burchak.
Burchak kengligi yeryuzidagi u yoki bu nuqtani ekvatordan qanchaga shimolda yoki janubda joylashuvini korsatadi. Agarda nuqta shimoliy yarim sharda bo’lsa – shimoliy, janubiy yarim sharda bo’lsa janubiy deb aytiladi.
Ekvatorda joylashgan nuqtalarni kengligi 0 ga, qutbda joylashganlarniki esa 90 ga teng.