15 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES GEOGRAFIK KOORDINATA Katta hudud uchun to`g`ri burchakli koordinatalarning zonal sistemasidan foydalaniladi. Bunda Yer shari Grinvich meridianidan boshlab 6 gradusli 60 meridional zonalarga bo`linadi. Har bir zona o`rtasidan o`tgan meridian shu zonaning o`qiy meridiani bo`ladi.
Zonalar raqami Grinvich meridianidan boshlab g`arbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH hududiga bu zonalarning 29 tasi (4 dan 32) to`g`ri keladi. Yer sharini tekislikda yaxlit tasvirlab bo`lmaganligidan har bir meridional zona alohida-alohida silindr ichiga joylashtirilib, har bir zonaning o`qiy meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib turadi deb faraz qilamiz. So`ngra har bir zonadagi meridian va parallel silindrning ichki yuzasiga proyeksiyalanadi, biroq bunda burchaklar o`zgarmasligi, ya`ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga proyeksiyalanish qiymatiga teng bo`lishi shart.
16 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Meridian va parallel proeksiyalangan silindrni biron yasovchi bo`yicha qirqib, so`ngra yoysak, har bir zonaning o`qiy meridiani va ekvator bo`lagi to`g`ri chiziq tarzida tasvirlanadi. Shu hosil bo`lgan proyeksiya Gauss proyeksiyasi deb yuritiladi.
X-abssissa o`qi
Y-ordinata o`qi
A-nuqtaning koordinatalari XA va YA
Kichik hududlarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarga to`g`ri burchakli yassi koordinata hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi.
17 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES TO’G’RI BURCHAKLI KOORDINATA To`g`ri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan o`rni o`zaro perpendikulyar ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlaniladi. O`zaro perpendikulyar ikki chiziqcha koordinata o`qlari, ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata sistemasi Derakt to`g`ri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi.
Bu sistemada vertikal chiziq-ordinata (Y), gorizontal chiziq- absissa (X). Geodeziyada esa aksincha, vertikal chiziq absissa X, gorizontal chiziq-ordinata Y deb qabul qilingan. O - koordinata boshi, x o`qi absissa - Shimolga yo`nalgan; y o`qi ordinata - Sharqqa yo`nalgan.