Geometriya 8-sinf



Yüklə 101 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü101 Kb.
#140264
8-sinf-geometriya-dars-ishlanma-aylana

Geometriya 8-sinf




Mavzu: Aylana. Markaziy burchak” mavzusida bir soatlik noan`anaviy dars ishlanmasi
Darsning texnologik xaritasi



Mavzu

AYLANA. MARKAZIY BURCHAK

Darsning maqsadlari
Ta’limiy

Tarbiyaviy


Rivojlantiruvchi

Aylana, aylananing radiusi, diametri, vatari, aylana yoyi, markaziy burchak haqida bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish
O`quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirish, o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik,ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rgatish, mavzu orqali o`quvchilarni yetuk inson qilib tarbiyalash
O`quvchilarning geometriyaga oid qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mustaqil va erkin fikrlash malakasini, tafakkur, xotira, idrok, tasavvur mashqini rivojlantirish

Dars turi
Dars usuli
Darsning jihozi
Darsni metodik baholash

Yangi bilim beruvchi.
Interfaol metodlar
Darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazma, doska, videoproyektor
Reyting tizimida

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajarilayotgan ishlar mazmuni

Metodi

Vaqt
(daqiqa)

1-bosqich.
Tashkiliy qism

Salomlashish. Davomatni aniqlash. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

Savol-javob

3

2-bosqich.
Uyga vazifalar ko’rib chiqish

Mavzuga oid savollar beriladi.

Savol-javob, suhbat

6

3-bosqich.
Yangi mavzuni o’zlashtirish

Mavzu haqida tushuncha beriladi.
Masalalar yechtiriladi.

Klaster, tushuntirish

15

4-bosqich.
Egallangan bilimlarni mustahkamlash

O’quvchilarga boshqotirmalar yechtiriladi.

Didaktik o’yinlar

15

5-bosqich.
Darsga yakun yasash, uyga vazifa berish

Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Boshqotirmalar yechtiriladi. O’tilgan mavzu mustahkamlanadi. Uyga vazifa tushuntiriladi.

Boshqotir-malar

4

6-bosqich.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash

Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

Savol-javob

2

Darsning shiori: Yetti o`lchab bir kes
Darsning mavzusi: Aylana. Markaziy burchak
Darsning maqsadi:

  1. Tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirish, o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik,ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rgatish, mavzu orqali o`quvchilarni yetuk inson qilib tarbiyalash;

  2. Ta`limiy: Aylana, aylananing radiusi, diametri, vatari, aylana yoyi, markaziy burchak haqida bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish;

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning geometriyaga oid qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mustaqil va erkin fikrlash malakasini, tafakkur, xotira, idrok, tasavvur mashqini rivojlantirish;

  4. Kasbga yo`llovchi: Shu mavzu orqali o`quvchilarni muhandislik kasbiga yo`llash;

  5. O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish: Mamlakatimiz faravonligi, tinchligi to`g`risida tushuncha berish, komil inson g`oyasini singdirish, Vatanni sevish, buyuk bobolarimiz merosi bilan faxrlanish, o`z yurtidan g`ururlanish tuyg`ularini shakllantirish.

Dars tipi: yangi bilim, tushuncha hosil qiluvchi
Dars uslubi: Og`zaki, ko`rgazmali-amaliy,yozma
Dars usuli: Ko`chma bozor, Internet, musobaqa, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, tayanch signallar
Dars jihozi: darslik, kompyuter, testlar, tarqatmalar, ko`rgazmalar, sirkul, chizg`ich
Fanlararo bog`lanishi: algebra, tarix, ona tili, chizmachilik
Ijodiy ish: tayanch dars ishlanmasi
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism (psixologik iqlim yaratish)

  2. Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism 3minut

  2. Internet maktublariga javob 5 minut

  3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar) 10 minut

  4. “To`g`ri so`z tuzing” o`yini (tarqatmalar asosida) 3 minut

  5. “Baxtingdan ko`r” o`yini (sinf taxtasiga misol yechish) 7 minut

  6. “Oyla, izla, top” 5 minut

  7. Test topshirig`i 7 minut

  8. “Bilimingni sinab ko`r” (kubik) 3 minut

  9. Darsni yakunlash 2 minut

Darsning bayoni:

  1. Tashkiliy qism

Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan, Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.


Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.
Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.
-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?
-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazamiz.
Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.
Darsimizning shiori: “Yetti o`lchab, bir kes”. Darsning rejasi e`lon qilinadi.
-Aziz bolajonlar, kelinglar ko`chma bozor qonun –qoidalari bilan tanishamiz:
1. Og`zaki savol-javobiga 2 tanga
2. Sinf taxtasiga misol yechimiga 3 tanga
3. Test topshirig`iga 5 tanga
4. Qiziqarli savol-javobga 3 tanga
5. Ijodiy ishlarga 5 tanga
-Qadrli bolajonlar, sinfni ikki guruh Al-Xorazmiy va Beruniy guruhlariga bo`linib, bellashuv o`tkazamiz. Ko`chma bozorni nazorat qilish uchun ekspert guruhini tayinlaymiz.
Darsimizning “Oltin qoidalari” bilan tanishing:

    1. Darsda o`ng qo`l qoidalariga rioya qilish.

    2. O`zgalar fikrini tinglay bilish.

    3. Guruhlarda ahillik va hamkorlikni tashkil qilish.

    4. Faollik.

    5. Vaqtdan unumli foydalana olish.




  1. Internet maktublariga javob

-O`quvchilar, o`tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz?


O`quvchi: O`tgan darsda uchburchak, Pifagor teoremasi, uchburchak yuzini topishga doir nazoray ishi olgan edik. Uyga vazifa shu mavzularni takrorlash.
- O`quvchilar, 2010-2010 yilda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Qani ko`raylikchi, Internet saytimizga xabar keldimi? Ana ko`chma bozorimizning birinchi xaridori Internet tarmog`iga ulanmoqdalar. Ular amerikalik Jon Keyn.
-Salom, mening aziz o`zbekistonlik bilimdonlarim. Sizning mamlakatingiz haqida juda ko`p eshitganmam. Sizlarga quyidagi savollarimni yuboraman:
1. Uchburchak nima, uning qanday turlari bor?
2. Pifagor teoremasini ayting?
O`quvchilar savollarga javob berayotgan vaqtda ko`rgazmalardan foydalanadilar.
Javoblar:
- Uchburchak-bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqta va bu nuqtalarni ikkitalab ketme-ket tutashtiruvchi 3 ta kesmadan iborat figura.
Uchburchakning burchaklariga ko`ra quyidagi turlari bor: o`tmas burchakli, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli; tomonlariga ko`ra esa teng yonli, teng tomonli, turli tomonli turlari bor.
Pifagor teoremasi.
To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari kvadratlarining yig`indisi gipoteneza kvadratiga teng.

-O, juda yaxshi, men javobingizdan qoniqdim. Sizlarga omad, o`qishlaringizga zafarlar tilayman. Xayr.
Endigi xaridorimiz germaniyalik talaba Anna Braun.
- Sizning ko`chma bozoringizda men ham ishtirok etmoqchiman. O`zbekistonlik yoshlar meni hayratga solmoqda. Doim shunday zukko bo`lig. Savollarim quyidagicha:
1. Uchburchakning yuzi qanday topiladi?
2. To`rtburchaklarning qanday turlari bor?
Javoblar:

  1. Uchburchakning yuzini topish uchun unig asosini balandligi yarmiga ko`paytirish kerak.


Bundan tashqari uchburchakning yuzini topish uchun Geron formulasi mavjud:

To`rtburchaklarning bir necha xil ko`rinishlari mavjud: kvadrat, romb, trapetsiya, parallelogram, to`g`ri to`rtburchak.
-Juda yaxshi, xayr sog` bo`ling.
3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar)
-Bugungi darsimizning mavzusi:Aylana. Markaziy burchak
Reja:

  1. Aylana nima?

  2. Aylananing elementlari

  3. Markaziy burchak

DTS talablariga ko`ra, darsimizning maqsadi aylana, uninmg elementlari, markaziy burchak haqida tushunchaga ega bo`lish. Yangi pedagogic texnologiyaga asosan darsda o`qituvchi emas, o`quvchi faol bo`lishi kerak.Sizlar bu mavzu bilan tanishsizlar. Bugun bilim, ko`nikma va malakangizni yanada kengaytiramiz.
-Qani bolalar, aylanaga hayotiy misollar keltirib bilasizmi?
O`quvchilar:
-Sportchilar foydalanadigan xalqa, globusda yer ekvatori.
-Bolalar, quyidagi savollarga javob berib ko`ring-chi:
1. Aylana nima?
2. Aylananing qanday elementlari mavjud?
3. Aylananing uzunligini topishni bilasizmi?
O`quvchilar bir varaqdan toza qog`oz oladilar. Unga o`zlarining aylanaga oid tushunchalarini yozadilar. O`quvchilar yozib bo`lgach, javoblarini o`qiydilar.Javoblar orasidan eng to`g`ri va toliq javob tanlanadi. O`quvchilar fikri tinglab bo`lingach, o`qituvchi aylana va uning elementlariga oid ko`rgazmalardan foydalanib, tayanch signallarni qo`llab yangi mavzuni to`la yoritib beradi.
Tekislikda berilgan nuqtadan bir xil uzoqlashgan barcha nuqtalar to`plami aylana deyiladi.
Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi va O nuqta bilan belgilanadi.
O`qituvchi sirkul yordamida aylanani sinf taxtasiga chizib ko`rsatadi.
Aylana markazini uning ixtiyoriy nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi.
OA-radius.

Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi. BC-vatar


Aylana markazidan o`tib, uning ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma diametr deyiladi. EF-diametr. Diametr 2 ta radiusga teng: D=2r

Aylana uzunligi quyidagicha topiladi:





C-aylana uzunligi; r-radius; d-diametr
Aylana uzunligi soni bilan diametrning ko`paytmasiga teng.
soni uchun doimiy qiymat 3,14 qabul qilinib, hamma aylanalar uchun bir xildir.chunki soni aylana uzunligining uning diametriga nisbatidir.

Endi aylana uzunligini topishga doir tarixiy ma`lumotlar:
-Buyuk bobolarimizdan Al-Xorazmiy o`zlarining “Al-jabr-val-muqobala” asarining 2-kitobi geometrik shakllar va ularning xususiyatlariga bag`ishlangan. Al-Xorazmiy sonini quyidagicha aniqlaganlar:

-Aziz o`quvchilar, sizlarga quyidagicha topshiriq beriladi:
sonining qiymatini aniqlashda qanday olimlaro`z hissalarini qo`shganlar? Bu ma`lumotlarni to`plab, referat yozing.
Uchi aylana markazida yotganbuchak markaziy burchak deyiladi.Burchak tomonlari aylanani ikki qismga, ya`ni ikkita yoyga ajratadi.Yoylarni nomlashda oraliq harflar qo`yiladi:
yoki
-O`quvchilar, agar sizlar geometric chizmalarni aniq, to`g`ri, chiroyli, estetik did bilan chizsalaringiz, kelajakda muhandislik kasbini egallamoqchi bo`lsalaringiz, juda yaxshi zamin yaratgan bo`lasiz.
4. “To`g`ri so`z tuzing” o`yini (tarqatmalar asosida)

Bu o`yinda ikkita guruhning o`quvchilariga tarqatmalar beriladi. Tarqatmani yechib bo`lgach javoblarini mos tartib raqamiga osib chiqadidar. Natijada plakatlar teskarisiga aylantirilganda


A Y L A N A
so`zi hosil bo`ladi.

  1. Aylananing markazi nechta? (1 ta)

  2. Aylana diametri 4 sm, radiusi qanchaga teng? (2 sm)

  3. Aylana uzunligi 9,42 sm bo`lsa, diametrini toping. (3 sm)

  4. Aylanaga ikkita diametr o`tkazilsa, u nechaga bo`linadi? (4 ga)

  5. Aylana radiusi 2,5 sm bo`lsa, diametrini toping. (5 sm)

  6. Soat va minut mili 1800 gaochilsa, soat necha bo`ladi? (soat 6 bo`ladi)

5. “Baxtingdan ko`r”o`yini

Bunda sinf taxtasiga masalalar yechiladi.


299-masala. Quyidagi chizmadan markaziy burchaklarni toping.


Javob:
Mustaqil ish. 300-masala:

      1. Aylana yoyina teng 4 bo`lakka bo`ling.

      2. Aylana yoyina teng 8 bo`lakka bo`ling.




    1. “O`yla, izla, top” bellashuvi

Al-Xorazmiy guruhiga:



  1. 2007 yil qanday yil? (Ijtimoiy himoya yili)

  2. O`zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992 yil, 8 dekabr)

  3. To`g`ri to`rtburchakning bir uchi kesib tashlansa, necha burchak hosil bo`ladi? (Beshburchak)

  4. Navoiy viloyati qachon tashkil topgan? (1992 yil,27 yanvar)

  5. Maqolni davom ettiring: Sog` tanda,… (sog`lom aql)

Beruniy guruhiga:

  1. 2009 yil qanday yil edi? (Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili)

  2. “Ta`lim to`g`risida”gi qonunqachon qabul qilingan? (1997 yil, 29 avgust)

  3. 6 raqamida nechta burchak bor? (burchak yo`q)

  4. Navoiylik buyuk zotlarni bilasizmi? (Qosom Shayx, Parda Tursun)

  5. Maqolni davom ettiring: Ona yurting omon bo`lsa,… (rangu ro`ting somon bo`lmas)

7. Test topshirig`i


Bu topshiriq o`quvchilarning yangi mavzuni qanchalik yaxshi o`zlashtirganliklarini aniqlab beradi.



  1. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning diametrini toping.

A) 2 sm B) 4 sm C) 1 sm
2. Markaziy burchakka mos yoy aylananing 2/5 qismiga teng. Shu markaziy burchakni toping.
A) 1100 B) 1440 C) 2160
3. Aylananing radiusi 1 sm bo`lsa, uning uzunligini toping.
A) 3,14 sm B) 6,28 sm C) 1 sm

Test natijalarini har bir guruhdan bittadan tayinlangan o`quvchi e`lon qiladi.


Masalan, bizinng guruhda 1-savolga 6 kishi A javobni, 3 kishi B javobni 2 kishi C javobni,…
O`qituvchi natijalarni tahlil qiladi.


8.“Bilimingni sinab ko`r” (Kubik strategiyasi)

Kubik strategiyasida o`quvchilarning zukkoligi, topqirligi, izlanuvchanligi sinaladi.


-Bunda “Hashar”o`yiinin o`tkazamiz.Biz bilamizki, yaqinda Navro`zi olam kirib keladi. Bayram munosabati bilan joylarda hasharlar o`rkaziladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ko`chatlar o`tkqaziladi. Agar birinchi guruh topshiriqbi bajarolmasa, ikkinchi guruh hasharga borishi mumkin.
9. Darsni yakunlash.
-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.
Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.
Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar.
Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 tanga “Beruniy”- 70 tanga
-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan tangalarini hisoblab ko`ramiz.
1-5 tanga “3” ball
6-12 tanga “4” ball
13-20 tanga “5” ball
O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.
Uyga vazifa: darslikdan 301-masala va shu mavzuga oid 2 tadan test tuzib kelish.
Darsni yakunlash.
Shirin so`z sotilmas bebaho,
Yaxshilik bor bo`lsin doimo.
Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,
Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.

-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.


Dars yakunlandi.
Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin