Germaniya tarixiy ta’limotlari va Germaniyadagi tarixiy maktab Iqtisodiy G’oyalarining Ahamiyati



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140501
1   2   3   4   5
Germaniya tarixiy ta’limotlari va Germaniyadagi tarixiy maktab Iqtisodiy

Xulosa:

  • F.List va tarixiy maktab namoyandalari o`z asarlari va uslubiyatlari bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo`jalik siyosiy muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko`rsatib berishda o`z o`rnini topadi. F.Listning traktati to`rtta asosiy kitobdan iborat bo`lib, "Tarix", "Nazariya", "Sistemalar" va "Siyosat" deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o`rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy qarashlarining nazariy asoslarini ko`rsatib beradi. Uchinchi kitobda List siyosiy iqtisodning bir nechta sistemalarini ko`rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar sistemalari bilan bir qatorda sanoat sistemasi mavjudligini ko`rsatib o`tadi.
  • Tarixiy maktab olimlari iqtisodiy fan rivoji yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdilar. Ular o`z asarlarida tarixiy va statistika manbalarini keng qo`llagan bo`lsalar-da, ayrim hollarda yuzaki bayonchilikni ham uchratishimiz mumkindir. Lekin shuni aytish zarurki, B.Gil'debrandning "Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi" va K.Knisning "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod" nomli kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta'limotlar tarixida tarixiy maktab o`rnini mustahkam belgilab berdi.
  • Ushbu maktabning "tarixiy" usuliga xos xususiyatlarni V.Rosher quyidagicha belgilaydi:
  • 1. Xalqlar iqtisodiy masala deganda nimani tushunadi? Ular iqtisodiy sohada nimalarga erishganliklarini amalda ko`rsatish;
  • 2. Faqat zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni kuzatish bilan cheklanmaslik;
  • 3. Barcha xalqlarga xos iqtisodiy xodisa va harakatlarni taqqoslab tanqid qilish. Bu sohada ayniqsa qadimgi xalqlarga e'tibor berish;
  • 4. Iqtisodiy muassasalarni maqtamaslik va haqorat qilmaslik, chunki ulardan ayrimlarigina barcha xalqlar uchun foydali yoki zararlidir.
  • Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish, evolutsiya va bosqichlar ketma-ketligini e'tirof etib, iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 6_IQTISODIY_TALIMOTLAR_TARIXI_2005_oquv_qollanma_A_Razzaqov_va_bosh

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin