Gidravlikaning suyuqliklar muvozanat qonunlarini o‘rganuvchi bo‘limi gidro



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix06.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#119052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
PpdpJgLPkG9jpJMcees7QVtQWtDER9BayGxnb7i4



Gidravlikaning suyuqliklar muvozanat qonunlarini o‘rganuvchi bo‘limi gidro- 
statika deb yuritiladi. Bu qonunlami tekshirish suyuqliklar orqali kuchlami uzatish 
bilan bog‘liq masalalami hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, gid- 
rostatika suyuqliklarga to'liq yoki qisman botirilgan qattiq jismlaming muvozanat 
qonunlarini ham o ‘rganadi.
Odatda, suyuqliklar muvozanat holatda boiganda uning ayrim boiaklarining 
boshqa bo‘laklariga bo‘lgan ta’siri, suyuqlik saqlanayotgan idish devorlariga va unga 
botirilgan jismga ta’siri bosim orqali ifodalanadi.
2.1. Suyuqliklarda bosim
Suyuqliklarga ta’sir qiluvchi asosiy kuchlardan biri gidrostatik bosimdir. Uni 
tushuntirish uchun 2.1-rasmga murojaat qilamiz. Bu yerda muvozanat holatidagi 
suyuqlikning ixtiyoriy hajmi ifodalangan. Bu hajm ichida ixtiyoriy A nuqta olib
undan BC tekislikni o'tkazamiz. Natijada hajm ikki qismga ajraladi. BC sirtda A nuqta 
atrofida biror со yuza ajratamiz. Hajmning  qismi orqali uning II qismiga BC yuza 
bo'yicha bosim kuchi beriladi.
2.1-rasm. Suyuqliklarda bosim tushunchasiga doir chizma.
Bu kuchning со yuzaga ta’sir qilgan qismini P bilan belgilaymiz.
Qaralayotgan ca yuzaga ta’sir qiluvchi P kuch gidrostatik bosim kuchi yoki 
qisqacha gidrostatik kuch deyiladi. P kuch II qismga nisbatan tashqi kuch, butun hajmga 
nisbatan esa ichki kuch hisoblanadi. P kuchning to yuzaga nisbati bu yuzaning birlik 
miqdoriga ta’sir qiluvchi kuchni beradi va u o‘rtacha gidrostatik bosim deb ataladi:
P


Agar <в yuzani kichraytira borib, nuqtaga intiltirsak (®->0), pnr biror chegaraviy 
qiymatga intiladi:
 = 
.
O)
Bu qiymat A nuqtaga ta’sir qilayotgan bosimni beradi va u gidrostatik bosim deb 
ataladi. Umumiy holda gidrostatik bosim p bilan o‘rtacha gidrostatik bosim por teng 
emas. Ular bir-biridan kichik miqdorga farq qiladi.
Gidrostatik bosim N/m2 bilan o ‘lchanadi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin