2.42- rasm.
Suzib yuruvchi jismlarning turli holatlari.
Agar
G va
P kuchlaming momenti jism qiyalangan tomonga teskari yo‘nalgan
bo‘lsa, u tiklovchi moment deyiladi.
Bunday holat esa turg'un holat deyiladi. Agar
moment jism qiyalangan tomonga bo‘lsa, uni
ag'daruvchi moment deyiladi. Bu holda
jism awalgi holatiga qaytmaydi
G va
P kuchlar momentining yo‘nalishi bu kuchlaming
qo‘yilish
nuqtalari, ya’ni og‘irlik markazi
С bilan suv sig‘imi markazi
D ning o‘zaro
holatiga bog‘liq. Bunda uch hoi boMishi mumkin:
1) agar metamarkaz og‘irlik markazidan yuqorida bo‘lsa (2.42-rasm,
b), G va
P
kuchlaming momenti jismni
normal holatga qaytaradi, ya’ni jism turg‘un
holatda
bo‘ladi;
2) agar metamarkaz og'irlik markazidan pastda bo‘lsa (2.42-rasm,
b), G va
P
kuchlaming momenti jismni ag‘darishga harakat qiladi, ya’ni jism noturg‘un holatda
bo‘ladi;
3) agar metamarkaz og‘ irlik markazi ustiga tushsa, u holda suyuqlikda suzayotgan
jism holati turg‘unlikka bog‘liq bo'lmaydi (masalan, shar uchun). Turg‘unlikka bog'liq
boshqa masalalar ustida to‘xtalib o‘tirmaymiz.
2.16. Nisbiy tinchlik
Biz yuqorida ko‘rganimizdek, suyuqlik og‘irlik kuchi ta’ sirida
muvozanatda
turishi mumkin. Bu hoi yerga nisbatan tinch turgan yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat
qilayotganda idishda muvozanatda boigan suyuqlikka tegishlidir. Gidrostatikadagi
barcha masalalar shu hollar uchun ko‘rilgan.
Agar idish notekis yoki egri chiziqli harakat qilayotgan bo‘lsa, u holda suyuqlik
zarrachalariga og‘irlik kuchidan tashqari nisbiy harakatning
inertsiya kuchi yoki
markazdan qochirma kuchlari ta’sir qiladi. Bu kuchlar vaqt davomida o‘zgarmasa, ular
ta’sirida suyuqlik muvozanat holatini qabul qiladi, ya’ni idish devorlariga nisbatan
harakatsiz bo‘lib qoladi. Suyuqliklarning bunday muvozanat
holati nisbiy tinchlik
deyiladi.
Nisbiy tinchlikda bosimi teng sirtlar va erkin sirt tinch turgan idishdagi gorizontal
tekisliklar oilasidan iborat boigan bunday sirtlardan butunlay farq qiladi. Bu hollarda
ta’sir etuvchi massa kuchlar bosimi teng sirtlargatik yo‘nalgan boiadi.
Nisbiy tinchlikda Eyler tenglamasining integrallarga bag‘ishlangan paragrafdagi
to‘g‘ri chiziqli va tekis tezlanuvchan idishdagi suyuqlik muvozanati (ikkinchi masala)
va vertikal o‘q atrofida aylanayotgan idishdagi suyuqlik haqidagi (uchinchi masala)
qismlarini misol qilib olish mumkin.
Bu holda massa kuchlaming teng ta’sir etuvchisi inertsiya kuchi va og‘irlik
kuchining yig‘indisidan iborat boiadi (ulaming proektsiyalari yuqorida ko‘rilgan).
Amaliy mashg‘ ulotlarni bajarishga doir ko‘rsatma:
2.
Quvurdagi manometrik bosim
P miqdorining qaysi qiymatida К jo'mrak
ochiladi, agar quvur diametri
d = 5 mm, shaming diametri
D = 200 mm boiib,
b = 6 a
ga teng boisa, shar og‘irligi hisobga olinmasin (2.43-rasm)
Dostları ilə paylaş: