Gidrotozalash jarayonining kimyosi



Yüklə 49,12 Kb.
səhifə5/6
tarix06.06.2023
ölçüsü49,12 Kb.
#127875
1   2   3   4   5   6
Madina

Suvda yuvish tizimi
Kerosin 12 E 0I dan AQUAFINING jiqoziga tushadi, u yerda kaustik soda qoldiqlarini yuvish uchun resikli suv bilan to`qnashishga kirishadi. Tozalangan kerosin 12D 02 yiqichdan kontakt jiqoziga nisbatan qarama-qarshi tomondan chiqariladi.
Kontaktorda resiklanuvchi suv tolasimon material bo`ylab o`z oqimida ikkinchi suvli qatlamgacha boradi va 12 R 03 markazdan nasoslarni biri orqali retsirkulsiyalanadi. Ishlatilgan texnologik suv ikki parallel ishlovchi 150 mikronli elaksimon fil'trda fil'trlanadi va texnologik
Suvlarni sovutuvchi 12 E 02 sovutiladi. So`ngra sovutilgan suv uzluksiz AQUAFINING qurilmasiga berib turiladi, qo`shiladigan suv miqdori shunday o`rnatiladiki, unda umumiy ishqorni ketuvchi suvlarda taxminan 0,05% massa sathda ushlab turish kerak. Chiqaruvchi suv neytralizatsiyalash U - 50 basseynda sathni moslashtirishda chiqariladi.
Tuzli quritgich va chil tuproqli fil'trlash tizimi tuzli quritgichdan erkin qoldagi suvlarni yo`qotish va kerosindagi to`yingan suvlarni miqdorini qisqartirish uchun foydalaniladi.
Kerosin 12 D 03 tuzli quritgich orqali yuqoridan pastga tomon suzib va bu vaqtda suv quritgich tubida tuzli eritma ko`rinishida davriy ravishda chiqarilib turiladi. Chiqariladigan suv miqdori ancha kam sutkasiga 0,6 m3. Kerosin quritishdan so`ng oqartiruvchi gilmoya - attapul'gita qatlami orqali suzib o`tadi. Bu etapda Kerosinga yakunlovchi ishlov beriladi va undan qattiq jinslar, nailiq va yuza - aktiv moddalar chiqariladi.
Neft mahsulotlari gidrokrekinglash jarayonlari
Gidrokreking jarayoni asosan turli xom ashyolardan kam oltingugurtli yoqilg’i distillyatlarini olishga mo’ljallangan. Odatda vakuum va atmosfera gazoyllari, termik va katalitik kreking gazoyllari, deasfal’tizatlar va kamdankam mazut va gudronlar. Avtomobil benzinlari, dizel va reaktiv yoqilg’ilar, neft kimyosintezi xom ashyolari va ayrim hollarda suyultirilgan uglevodorod gazlarini ishlab-chiqarish maqsadida gidrokreking o’tkaziladi. Gidrokrekingda vodorod sarfi gidrotozalashga qaraganda biroz yuqori bo’ladi.
Gidrokreking qo’zg’almas qatlamli katalizatorda vodorod yuqori porsial bosimida bir yoki ikki bosqichda amalga oshiriladi. To’g’ri haydashdan olingan xom ashyodan yoqilg’i distillyat ishlab-chiqarish uchun odatda bir bosqichli variantdan foydalaniladi, ya`ni reaksion tizimda gidrotozalash, gidrogenlanish va gidrokreking jarayonlari birgalikda kechadi. Ikki bosqichli jarayonning birinchi bosqichida xom ashyo gidrotozalash va gidrirlanishi, ikkinchi bosqichida – gidrokreking o’tkaziladi. Bunday holatda og’ir xom ashyoni yanada yuqori o’zgartirish darajasiga erishiladi.
Gidrokreking jarayoni – ekzotermik jarayon bo’lib, xom ashyo aralashmasi temperaturalari muvozanatini saqlash uchun reaktor balandligi bo’yicha katalizator qatlamlari orasidagi zonaga sovitilgan vodorod saqlovchi gaz kiritish ko’zda tutilgan. Reaktorda xom ashyo aralashmasi harakati pastga qarab yo’naladi.
Gidrokreking texnologik qurilmasi odatda asosiy ikki reaktor va fraksiyalash bloklaridan tuzilgan. Bundan tashqari gazlarni vodorod sulfiddan tozalash bolki ham mavjud. Qurilma quvvati 13000 m3/sutka gacha etishi mumkin.
Vakuum gazoyldan sifatli dizel’ yoqilg’isi olishni qo’zg’almas qatlamli katalizator ishtirokidagi bir bosqichli gidrokrekinglash jarayoni texnologik tizimi quyida keltirilgan (21-rasm).
Xom ashyo 1-nasos yordamida toza va sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiraladi. Gaz xom ashyo aralashmasi 4-issiqlik almashtirgichdan o’tib, 2-zmeevikli pechda reaksiya temperaturasigacha qizdirilib, 3-reaktor yuqorisidan kiritiladi. Gidrokreking jarayonida ko’p issiqlik ajralishini hisobga olgan holda reaktorga katalizator qatlamlari oraliq zonasida sovuq vodorod saqlovchi gaz reaktor balandligi buyicha temperaturalar tengligini saqlash uchun kiritiladi.
Reaktordan chiquvchi reaksiya mahsulotlari aralashmasi va sirkulyatsiyalanuvchi gaz 4-issiqlik almashtirgichda va 5-sovitkichda sovutiladi, so’ngra yuqori bosimli 6-separatorga tushadi. Bu yerda vodorod saqlovchi gaz suyuqlikdan ajratiladi va suyuqlik separator pastidan 9- reduksion klapan orqali past bosimli 10-separatorga tushadi. Bir qism uglevodorod gazlari 10- separatorda ajraladi, suyuq oqim 11-issiqlik almshtirgichga, so’ng 15-oraliq rektifikatsion kolonnaga yuboriladi. Kolonnada uglevodorod gazlari va benzin uncha yuqori bo’lmagan bosimda ajraladi. Benzin bir qismi 15-kolonnaga «to’yintirish» sifatida kolonnaga qaytariladi, balans miqdori qurilmadan chiqariladi. Kolonna qoldig’i 20-atmosferali kolonnada og’ir benzin, dizel yoqilg’isi va 3600C < fraksiyalarga ajraladi.
Atmosferali kolonna benzini oraliq kolonna benzini aralashgan holda qurilmadan chiqariladi. Dizel yoqilg’isi 24-bug’latish kolonnasidan so’ng sovitilgan holda chiqariladi. Yuqori fraksiya (3600C<) bir qismi 20- kolonna pastida qaynoq oqim sifatida foydalaniladi, qolgan qismi qurilmadan chiqariladi.
Vodorod saqlovchi gaz monoetanolominni suvli eritmasi bilan tozalanadi va tizimda qaytariladi. Sirkulyatsiyalanuvchi gazdagi zarur vodorod konsentratsiyasi toza vodorod uzatish tizimi bilan ta`minlanadi. Katalizatorni qayta tiklash jarayoni havo va inert gazlari aralashmasi bilan o’tkaziladi. Katalizator xizmat muddati 4 – 7 oy.

Gidrokreking jarayoni rejimi quyida jadvalda keltirilgan:

Yüklə 49,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin