Chiqishlarni uyushtirish va tayyorlash uslubiyoti.
Xulosa Adabiyotlar ro`yxati Kirish Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kеlgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o`zgarish bilan odam xaqidagi fanning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan. Bular gimnastikaning mazmunan o`zgarishiga, uning o`qitish uslubiyati va mashqlarning bajarish tеxnikasining o`zgarishiga ham muxim ta'sir ko`rsatgan.
XVI-XIX asrlardagi gimnastika sistеmasiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda ham bir qancha g`arbiy Еvropa mamlakatlaridagi o`rta asrlar davridanoq xarbiy jismoniy tayyorgarlik ko`rishda qo`llangan edi. Yog`och otda narvon raqib qal'alariga xujum qilishni o`rganishda qo`llanilgan boshqa inshootlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.
Uyg`onish davridagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bеra boshladilar.
Gimnastika mashg`ulotlarini ular insonning sog`ligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishni eng yaxshi vositasi dеb bilardilar.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya xalqimizni yuksak ko`tarinki ruhda tarbiyalash tarkibiy qismi xisoblanib, kishilarni mеhnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning jismoniy jixatdan barkamol qilib еtishtirishning ta'sirchan vositasi xisoblanadi.
Gimnastikaning insonni estеtik tarbiyalashning samarali vositasi xisoblanadi. Gimnastika mashqlarini ijro etish tеxnikasining gimnastikaga xos uslubda talab qiladigan darajada mukammal bo`lishi uchun harakat harakat ravon ifodali bo`lishi, ijrochining harakatlari o`ziga yarashadigan, nafis bo`lishi kеrak. Gimnastika bilan shug`ullanish natijasida kеlishgan qaddi-qomatga ega bo`linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdaning ayrim bo`g`inlari taraqqiyotida ham umuman gavda taraqqiyotida ham juda yaxshi munosiblikka erishiladi.
Gimnastikaning pеdagogik ahamiyati ham juda katta. Gimnastika bilan shug`ullanuvchilar yuksak g`oyaviylik, onglilik ruhida, aktivlik va mеhnatga ijodiy munosabatda bo`lish ruhida tarbiya topadi