Reja: 1.1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti va subyektlari va usullari 1.2. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning vazifalari 1.3. Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari 1.4. Globallashuvning turlari va uning jahon iqtisodiyotida namoyon bо‘lishi 1.5. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishi 1.6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari
1.1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti, subyektlari va usullari Globallashuvning kelib chiqishi va zaruriyati. Iqtisodiy taraqqiyot dunyo mamlakatlarining asosiy muammosi hisoblanadi. Har bir mamlakat о‘z milliy iqtisodiyotini rivojlantirish uchun boshqa mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni yо‘lga qо‘yishi lozim bо‘ladi. Milliy iqtisodiyotning ichki imkoniyatlar hisobiga, yopiq holda rivojlanishi zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mumkin bо‘lmagan hol hisoblanadi. Rivojlanish sur’atlari integratsion jarayonlar kо‘lami va faolligiga bog‘liq bо‘lib, turli mamlakatlar guruhiga turlicha ta’sir etadi.
Dunyoning nisbatan kam rivojlangan mamlakatlari fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga, modernizatsiyalashga, innovatsiyani qо‘llash uchun, mavjud resurslardan samarali foydalanish uchun, ishsizlik kabi muammolarni bartaraf etish uchun boshqa taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorlik qilishi foydali hisoblanadi. О‘z navbatida eng rivojlangan mamlakatlar ham о‘zlarida etishmagan resurslarni sotib olish, ortiqcha resurslarni eksport qilish uchun hamkorlikka ehtiyoj sezadilar. Milliy iqtisodiyotning taraqqiy etishi allaqachon milliy doiralardan chiqib, global doirada amal qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti hisobidan foyda olishni о‘z strategiyalariga kiritganlar. Bunday xususiyat tobora ommalashib bormoqda. Masalan, Xitoy iqtisodiyoti va eng rivojlangan yettilik.
Iqtisodiy adabiyotlarda globallashuv darajasini tо‘rtta turga bо‘linadi: