Global jarayonlar dialektikasi mavzusida tahliliy maʼruza tayyorlash va uning takdimotini oʼtkazish
Global garayonlarnibashoratqilishningahamiyati. Hozirgi davrning global muammolari o’z holatini zamonda tinimsiz o’zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo’lgan Yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning echilishiga qarab, yo’qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko’ndalang bo’lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig’ butun sayyorani o’z iskanjasiga olmoqda... echilmagan muammolar soni o’sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o’z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», 1 deb yozgan edi.
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo’lmasin, uni fan va falsafa yordamida yechish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab yetish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko’rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb yetishini ham farqlash muhimdir.
G’arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turii sifatida «futurologiya» (lot. futurum – kelajak va yunon. logos – ta’limot) degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G’arbiy Berlin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. SHuni qayd yetish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo’q. Misol uchun, bashorat muammolari bo’yicha frantsuz mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o’rniga «fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo’lib, u «ehtimol tutilgan kelajak» degan ma’noni anglatadi. Bunda kelajakning shartliligi, ko’p variantliligiga urg’u beradi.
Hozirgi davrda ijtimoiy bashorat bilan bog’liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Prognostika prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o’rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o’zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi. O’zbekistonda prognozdashtirish masalasi bilan K Tulenova shug’ullanadi.