Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o'zaro aloqasi va farqi



Yüklə 95 Kb.
səhifə1/16
tarix08.10.2022
ölçüsü95 Kb.
#118169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Mavzu: Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o'zaro aloqasi va farqi

Reja:
1. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida.
2. Global jarayonlarni bashorot qilishning ahamiyati
3. Korrupsiya shakllanisining tarixi
4. Texnika va texnologiya tushunchalarining falsafiy mohiyati.

Xulosa


Tayanchtushunchalar: Globallashuv, global, strategiya, global muammolar, bashorat, korrupsiyatexnika
Globallashuv – yangifalsafiymavzusifatida Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi.
Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o’rin bo’shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to’g’ri talqin qilishga muvaffaq bo’ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to’planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo’ldi. So’nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o’zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o’zgartirdi.
Er kurrasi shar (globus) ko’rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o’z tarixida birinchi bo’lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo yetish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o’z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o’zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la darajada borliqqa aylandi.
Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo’lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo Yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o’sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.
1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning Yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo’ldi va turli davlatlarning urushdan keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog’lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo’rtibroq namoyon bo’ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari:
a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi;
b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o’tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ’ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi;
g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko’rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo’nmay, to’g’ri uchib o’tishlarlarda namoyon bo’ldi.
Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog’liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to’rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko’proq qurbonlar berildi.
Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtayi nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o’rtasidagi farq faqat miqdor ko’rsatkichlarida ko’rinadi. Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni yechish – XX asr boshida bo’lib olingan, yaxlit va o’zaro bog’langan dunyoni qayta bo’lib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo’lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo’l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko’p karra kuchaytirilishida namoyon bo’ldi.
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o’ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo’ldiki, urush mutlaqo Yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag’batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o’tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.
Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada o’sishida namoyon bo’ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralib turadi. Yevropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog’liq bo’lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.CHerchill Yevropa qo’shma SHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi deb hisoblash mumkin.
Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o’tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo’ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g’olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini tashkil qilish yo’lidagi muhim qadam bo’ldi. Ayni shu davrda liberalizm va demokratiya g’oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab yetishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bo’ldi.
Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-yillardan globallashuv o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga ko’tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo’ldi.
Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o’zgartirdi, jahon xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo’jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:
a) «rezonans effekti»ning paydo bo’lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog’liq bo’lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o’tadi;
b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi;
v) ko’rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko’p jihatdan belgilashi.
Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi serqirra globallashuvning o’ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi.
Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon va vaqt omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo’lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti yo’lidagi oxirgi jiddiy to’siq bo’lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob’ektiv ehtiyoj doimo mavjud bo’lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga o’tkazish hajmlari ko’p karra o’sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha kengaygan, xalqaro jamoat tashkilotlari, sport musobaqalari, turistik industriya va shu kabilar paydo bo’lgan serqirra globallashuv davrida u ayniqsa kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qator ob’ektiv sabablarga ko’ra madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi.
1991 yilda Internet paydo bo’lganidan so’ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog’ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo’lgan Yangi axborot maydonini vujudga keltirdi.
Global muammolar butun dunyogagina tegishli bo’lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo’lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati o’zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo’lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o’rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar – xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi.

Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin