Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar Maxmudov Azizbek 72 20


Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o’rni



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/3
tarix11.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132026
1   2   3
azizbek.pptx 1

Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o’rni.
Ma’lumki, TMKlar o‘z faoliyatini kengaytirish orqali jahon bozorida yangi shakllarni o‘zlashtiradi. Bu shakllar TMKlarga a’zo bo‘lmagan firmalar bilan aloqallar o‘rnatish, shartnomalar imzolash munosabatlari bilan amalga oshiriladi. Endi bunday firmalar TMKlarning odatdagi iqtisodiy variantlariga tanlashlari mumkin bo‘ladi:
3 Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o’rni.
Litsenziyalash
Franchayzing
Boshqariladigan kontraktlar
Texnik va marketing xizmatlarga e’tibor qaratish; «kaliti bilan» sanalgan korxonalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish;
Qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar va alohida amalga oshiriladigan operatsiyalardagi cheklovga rioya qilish.
Litsenziya bitimi yuridik shartnoma bo‘lib, litsenziya egasi o‘ziga tegishli hududda bemolol faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Litsenziya munosabatlari soddalashtirilgan bo‘lib, bu hujjat ichki firma shartnomasidagi kabi, tashqi texnologik yo‘nalishlarda ham to‘la-to‘kis kuchga ega hisoblanadi. Franchayzing – bu litsenziyaviy bitim, davomiylik asosidagi muddatga ega. U ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotini biron-bir firma yoki korxonaga sotish huquqini berishi va mahsulotni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo firmasi yoki korxonasi. Franchayzing biznesni tashkil etish va amalga oshirish usuli sifatida 1990 -yillar oxirida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan tmklarning bu shakli boshqaruv va marketing xizmatlariga e’tiborni kuchaytirishni talab etgan. O‘z o‘rnida tmklar harakatining jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlari mavjud. Bu borada mutaxassislar quyidagicha fikrlaydilar: 1.Davlatning siyosiy – iqtisodiy munosabatiga tmklar o‘z faoliyati bilan zid yuradi; 2 .Davlat qonunlari buzuladi, qo‘l kuchi transferter bahosini nomutanosiblashtiradi. Qator mamlakatlarda tashkil etilgan tmklar sho‘‘ba kompaniyalari milliy qonunchiliklarni pisand etmaydi, aksincha mamlakat ichidagi soliq muammolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;3. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monopolistik baho joriy etadi, diktaturaga xos sharoit vujudga keltiradi.
Xulosa Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko’lamda bir joyga to’planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko’rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin. Erkin iqtisodiy hududlar muvaffaqiyati haqida guvohlik beruvchi misollardan tashqari ularni tashkil qilishda muvaffaqiyatsizlikka ham uchralgan. Masalan, SHri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi balki umuman faoliyatini to‘xtatdi. Buning asosiy sabablariga siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy sabablarni ko‘rsatish mumkin. Siyosiy sabablar mamlakatdagi umumiy siyosiy beqarorlik, fuqarolar kelishmovchiliklari va boshqalardir. Iqtisodiy sabablarga avvalo, erkin iqtisodiy hududlardagi investor nuqtai nazaridan juda murakkab investitsion rejim haqidagi qonunchilik kiradi. EIXdagi byurokratik bashqaruv, hududda investorlarni ro‘yxatga olishda kerak bo‘lmagan protseduralar mavjudligi, hudud ustunliklarini yomon reklama qilinishi ham erkin iqtisodiy hududlar taqdiriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning aksariyat qismi transmilliy korporatsiyalarni namoyon etadi. Tashkiliy shakli bo’yicha ular umumiy mulkchilik bilan bog’langan aktivlarga egalik qiluvchi kontsernlardir. Ular oldingi o’tmishdoshlari-kartel, sindikat, trestlardan jiddiy farq qiladi, chunki ularning a’zolari o’z kapitallarining egasi bo’lib qolar edilar. Milliy kompaniyani xalqaro kompaniya maqomini olishga undovchi asosiy sabablar: tovar aylanmasi o’sishi bilan sotish bozorini va demak foydani ko’paytirish, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo va ishchi kuchi hisobiga qisqartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan, kredit-moliya tizimi, sotish kanallari va infrastrukturasidan foydalanish hisoblanadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlar kabi importyorlarni ham o’ziga jalb etadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlarni reklama, xaridorlarni izlash, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash xarajatlarini va shuningdek transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli muntazam kelishuvlar hisobiga transport xarajatlarini qisqartirish orqali sotish bozori barqarorligini ta’minlaydi. Uyushmalarni tashkil etish kompaniyalarga (shu jumladan katta bo’lmagan va o’rta kompaniyalarga ham) eksport ishlab chiqarish uchun zarur uskunalar bilan ta’minlash va tashqi bozorga chiqish uchun moliyaviy va boshqa resurslarni birlashtirish imkoniyatini yaratadi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin