xx asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1950-1998-yillarda jahon eksporti 16 martaga ortdi. G‘arb mutaxassislarining fikricha, 1950 va 1970-yillar oralig‘ini xalqaro savdoning rivojlanishidagi «oltin asr» deb atash mumkin. Mana shu davr oralig‘ida jahon eksportining o’rtacha yillik o‘sish sur’ati 7 %ni tashkil etadi. 0‘tgan asrning 70-yillariga kelib jahon eksportining o‘sish sur’ati 5 % ga qadar, 80-yillarda esa yanada pasaya boshladi, asr 80-yillarining oxiriga kelib jahon eksportining o‘sish sur’ati jadallashadi. Masalan, 1988-yilda xalqaro savdoning o‘sish sur’ati 8,5 %gacha ortgani holda 90-yillarda jahon eksportining o‘sish sur’atida yana pasayish kuzatildi, 90-yilning o’rtalaridan boshlab esa barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, o‘rtacha 7 %ni tashkil etgan

Xalqaro savdoning barqaror o‘sish sur’atiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:

xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi, ishlab chiqarish va kapitallar harakatining baynalmilallashuvi;
asosiy kapitalning yangilanishi, yangi iqtisodiy tarmoqlarning yaratilishi va JST tadbirlari yordamida xalqaro savdoning erkinlashtirilishi;
xalqaro savdoning erkinlashuvi, mamlakatlarning import bojlari va miqdoriy cheklovlarni bekor qilishga o‘tishlari;
transmilliy korporatsiyalarning jahon bozorlaridagi faoliyatining faollashuvi;