Glossariy 1 Assotsiatsiya


Empatiya — boshqa kishining hissiy holatlarini tushuna olish hamdard bo'lish qobiliyati; Emotsiyalar



Yüklə 48,61 Kb.
səhifə6/14
tarix10.12.2023
ölçüsü48,61 Kb.
#139503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
GLOSSARIY

Empatiya — boshqa kishining hissiy holatlarini tushuna olish hamdard bo'lish qobiliyati;
Emotsiyalar —qo'zg'atuvchiga inson va hayvonlarning reaktsiya bildirishlari, xursandlik, g'amginlik, darg'azablik;
Ambivalentlik — bir vaqtning o'zida qarama - qarshi his - tuyg'ularni ichdan kechirish (quvonch va tashvish, sevgi va nafrat);
Apatiya — toliqish, hastalik yoki boshqa sabablar ta'sirida atrofdagilarga qiziqishning yo'qolishi, befarqlik bilan bog'liq hissiy holat;
Affekt — kuchli, shiddatli, qisqa muddatli hissiy holat;
Depressiya – xatti - harakatlarning tormozlanishi, faollikni kamayishi bilan bog'liq tushkunlik kayfiyati;
Kinoya — muhokama qilinayotgan shaxsni tashqi jihatdan ma'qullab, yashirin, yengilgina ustidan kulish;
Motiv- kishini faoliyatga undovchi ichki kuch yoki sabab
Motivatsiya- mavjud motivlar yig’indisi
Ehtiyoj- inson hayot faoliyatining ma’lum sharoutga bog’liqligini ifodalovchi holat


Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan tushuncha bo'lib, kamgaplik, odamovilik, boshqalarga e'tiborsizlik, o'z-o'zini tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo'llaniladi.
Melanholik - temperament tipi, tez ta'sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida, chuqur qayg'uradigan kishilar.
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi, harakatchanligi, muvozanati) barqaror yig'indisi.
Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o'zgarishga moyil, muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.
Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig'indisi.
Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari kuchsiz ifodalanadigan, barqaror, sekin harakat qiladigan kishilar.
Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o'zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.
Xarakter - shaxsning voqelikka bo'lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - harakatlarida namoyon bo'ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig'indisi.

Yüklə 48,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin