20 Sezuvchanlik — psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog'liq.
21 Tropizm — biologik omillarga reaktsiya qilish usullari.
22 Sensor bosqich — sodda hayvonlarning tashqi muhit ta'sirini tanlab aks ettirishi.
23 Pertseptiv bosqich — yuksak nerv tizimiga ega bo'lgan hayvonlarning tashqi muhitdagi narsalarni yaxlit holda aks ettirishlari
24 Instinkt — hayvonlarning tug'ma xatti -harakati
25 Intellektual harakat— faxm - farosat bilan bog'liq xatti - harakatlar
26 Ong — psixikaning yuksak darajasi
Ontogenetik taraqqiyot — bitta organizmning rivojlanishi
Filogenetik taraqqiyot — butun insoniyat rivojlanishi
Avtomatizm - ixtiyorsiz yoki anglangan holda bajariladigan harakat;
Avtomatlashuv – mashq qilish natijasida turli malakalarning shakllanish jarayoni;
Yetakchi faoliyat- shaxsning muayyan yosh davrida sifat jihatdan o'zgarishini ta'minlaydigan faoliyat turi;
Interiorizatsiya - tashqi predmetli harakatlardan ichki aqliy harakatlarga o'tish jarayoni;
Interferentsiya - avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil bo'lishini sustlashtirish yoki salbiy ta'sir etishi;
Ko'nikma -biror ish harakatni anglangan holda bajara olish o'quvi;
Maqsad - faoliyatning so'nggi natijasi timsoli, inson ehtiyojlarini amalga oshirilishi;
Motiv - insonni faoliyatga undovchi va o'nga mazmun beruvchi kuch;
Mehnat - moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratishga yo'naltirilgan taqi olamni o'zgartirish va qayta hosil qilishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat;
Odat - bajarilishi ehtiyojga aylangan harakat yoki xulq - atvorning tarkibiy qismi;
Ta'lim- bilimlarni o'zlashtirish va mustahkamlash, faoliyat usullarini egallash jarayoni;
Eksteriorizatsiya - ichki aqliy harakatdan tashqi predmetli harakatga o'tish jarayoni.
Afaziya — bosh miya po'stloq qismidagi markazlar faoliyatining shikastlanishi natijasida nutqning buzilishi.