Labial undoshlar - lab-lab va lab-tish undoshlari. Til-tish undoshlari (dental va alveolyar undoshlar) — tilning uchki qismi bilan tishlarning milki orasidagi to'siqda hosil bo'ladigan undoshlar.
Til oldi-tanglay undoshlari — til oldi qismining qattiq tanglay tomon ko‘tarilishidan hosil bo'lgan to'siqda yuzaga keladigan undoshlar.
Til o‘rta undoshi — tilning o'rta qismi bilan tanglay orasidagi to'siqda hosil bo'lgan «у» undoshi.
Sayoz til orqa undoshlari — k, g, r| (ng) fonemalari. Ular velar (qattiq) undoshlar sanaladi.
Chuqur til orqa undoshlari - q, g'. x fonemalari. Ular uvular (kichik til ishtirokida hosil bo'lgan) undoshlar sanaladi.
Bo‘g‘iz undoshi — «h» fonemasi. U faringal undosh deb ham ataladi.