Intervokal holat - undosh fonemaning ikki unli orasida qo'llanishi. Bunday pozitsiyada (ko'p bo'g'inli so'zlarda) portlovchi «q» undoshi si^g'aluvi «g'» tarzida (qishloq > qishlog'imiz kabi), jarangsiz «к» undoshi jarangli «g» tarzida (telpak > telpagim kabi) talaffuz qilinadi.
Leksikologiyaning obyekti - tilning lug'at boyligi, leksik tizimi.
Lug'aviy birliklar - so'z va iboralar (leksema va frazemalar).
Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) — tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) - til taraqqiyotiga (shu jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o'tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san'at va boshqalar.
Umumiy leksikologiya - leksikologiyaning barcha (yoki ko'pchilik) tillar lug'at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniya Uarni aniqlash va yoritish bilan shug'ullanuvchi turi
Xususiy leksikologiya — leksikologiyaning muayyan bir til lug'at boyligi haqida ma'lumot beruvchi turi.
Tavsifiy leksikologiya - ayrim olingan bir tilning lug'at boyligini shu til leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan bog'lamay o'rganadigan leksikologiya.
Tarixiy leksikologiya — ayrim olingan bir tilning lug'at boyligini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog'lab o'rganadigan leksikologiya.