Tovush cho'ziqligi - tebranishning oz yoki ko'p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari — tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri. Tovushning miqdor belgisi - tovushning cho'ziqligi. Nafas apparati — havo manbayi. Bu apparat o'pka. bronxlar, traxeya, diafragma, ko'krak qafasi kabi a’zolardan iborat.
Bo‘g‘iz bo'shlig'i — traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari va bir qancha tog'aylar mavjud. Bo'g'iz bo'shlig'i ovoz manbayi hisoblanadi (un paychalari tebranishidan ovoz hosil bo'ladi).
Halqum — bo'g'izdan yuqoriroqdagi bo'shliq. U rezonatorlik vazifasini bajaradi.