Perseptiv aspekt — fonetikaning eshitish va his etish bilan bog'liq jarayonlarni o'rganuvchi aspekti.
Lingvistik-funksional aspekt — fonetikaning yuqori bosqichi. U fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini, demak, ijtimoiy mohiyatini o'rganadi.
Fonema - so'zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig'ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Fonemalarning differensial belgilari — o'zaro qaram a-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.