Glossariy adabiy til


Tovushning fizik-akustik tabiati



Yüklə 22,12 Kb.
səhifə5/15
tarix31.03.2022
ölçüsü22,12 Kb.
#115064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
GLOSSARIY (1)

Tovushning fizik-akustik tabiati — tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho'ziqligi, ularning eshitilish xususiyatlari.

Gers (Hz) — tebranayotgan jismning (masalan, un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi. Ovozning past yoki balandligi gerslar miqdori bilan belgilanadi.

Infratovush — 16 Hz dan kam chastotali tovush.

Ultratovush — 20000 Hz dan ortiq chastotali tovush. Tovushning balandligi — tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bog'liq sifati. Tovushning kuchi — 1 sm2 maydondan 1 sekundda o'tadigan energiya miqdori. U detsibel bilan o'lchanadi. Tovush tembri — tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (obertonlar) qo'shilmasidan tarkib topuvchi sifati.

Formantlar — tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko'rsatuvchi chastotalar. Spektograf — tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.


Yüklə 22,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin