Og‘iz bo'shlig'i — til, kichik til, tishlar, lablar,lunjlar, qattiq va yumshoq tanglaylar, til osti muskullaridan iborat apparat. U shovqin va qo'shimcha tonlar manbayi sanaladi.
Burun bo‘shlig‘i — qo'shimcha ton manbayi. Nutq a’zolarining fiziologiyasi — nutq a’zolarining hayotiy kechimlari, muhif bilan munosabatlari.
Brok markazi - bosh miya qobig'idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv hujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklami harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi.
Eshituv markazi - bosh miya qobig'i tizimiga kiruvchi nerv hujayralarining yana bir turi. U eshitish a'zolaridan keladigan ta’sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulatsiya — nutq a'zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati. Artikulatsiya bazasi - til egalarida shu tilga xos artikulatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik va fiziologik ko'nikmalar.
Ekskursiya— artikulatsiyaning birinchi bosqichi. 0‘rta holat (ish holati) — artikulatsiyaning ikkinchi bosqichi.
Rekursiya — artikulatsiyaning uchinchi bosqichi (talaffuzning qaytishi).