Glossariy amaliy dasturlar paketi (adp)



Yüklə 29,76 Kb.
səhifə2/6
tarix26.11.2023
ölçüsü29,76 Kb.
#135759
1   2   3   4   5   6
Internet tarmogida GLOSSARIY

Operatsion tizim (OT)bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta'minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
Printer – axborotni qog‘ozga tushiruvchi moslama.
Raqamli xisoblash mashinalari (RXM) – diskretli ishlaydigan xisoblash mashinalari bo‘lib, diskret, aniqrogi raqamli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi.
Sensor ekranlartasvirlar, dastur yoki buyruqlar ayrim elementlarini display ekranida ShK ga kiritish uchun mo‘ljallangan.
Serverlar – barcha stansiya tarmoqlaridan olingan so‘rovlarni qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p kishi foydalanadigan qudratli mikroEHMlardir.
Skaner – qog‘ozli tashuvchilardan avtomatik xisoblash va ShK ga mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarini kiritish uchun mo‘ljallangan moslama.
Telekommunikatsiya – kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma'lumotlarni masofadan uzatishdir.
Uzel – tarmoqning uzatish vositasiga ulangan xar qanday qurilma.
O‘xshashli xisoblash mashinalari (UXM) – uzluksiz ishlovchi xisoblash mashinalari bo‘lib, uzluksiz (o‘xshashli) shaklda, ya'ni biror bir fizik kattalik (xammadan ko‘proq elektr kuchlanishi) qiymatlarining uzluksiz qatori ko‘rinishida taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi.
Fayl – axborot tashuvchi mashinaga taqdim etilgan ma'lumotlarning nomlangan yig‘indisi.
Foydalanuvchi interfeys – foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta'siridagi dasturiy va apparat vositalaridir.
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) – xammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir.
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo‘lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd-filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.

Yüklə 29,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin