Glossariy o‘yin ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi pedagogik vosita. O‘yinchoq



Yüklə 16,67 Kb.
tarix08.11.2023
ölçüsü16,67 Kb.
#131346
GLOSSARIY (5)


GLOSSARIY
O‘yin - ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi pedagogik vosita.
O‘yinchoq - o‘ynash uchun mo‘ljallangan predmet.
O‘yin harakatlari - operatsion-texnik jihatdan forig‘ bo‘lgan harakatlar, bu mohiyati bo‘lgan harakat, ular namoyon etish xarakteriga ega.
O‘yin faoliyati - syujetli-rolli o‘yin, qoidalari bo‘lgan o‘yin va o‘yinning boshqa turlari.
Didaktik o‘yinlar - bu bolalarni o‘qitish va tarbiyalash maqsadida pedagogika maktabi tomonidan maxsus yaratilgan qoidalari bo‘lgan o‘yinlar turidir. Didaktik o‘yinlar bolalar tarbiyasida o‘ziga xos muammolarni hal etishga qaratilgan, lekin shu bilan birga ular o‘yin faoliyatining ta’limiy va rivojlantiruvchi ta’sirini hosil qiladi.
Kommunikativ faoliyat - kattalar va tengdoshlar bilan muloqot va o‘zaro muno-sabat.
Tafakkur - bu inson bilish faoliyatining eng yuqori shakli, voqelikni bilvosita va umumlashgan aks ettirishning ijtimoiy shartlangan ruhiy jarayoni, mohiyatan yangi-liklarni qidirish va kashf etish jarayoni.
Stol o‘yini - stol ustiga to‘liqligicha joylashadigan yoki o‘ynayotganlar qo‘liga sig‘adigan, nisbatan katta bo‘lmagan predmetlar to‘plami bilan boshqariladigan o‘yin. Stol o‘yinlari qatoriga maxsus hoshiyali o‘yinlar, kartali o‘yinlar, suyaklar, askarchalar va shu kabilar kiradi.
Ta’limiy faoliyat - ta’lim dasturlarini amalga oshirish faoliyati
O‘qitish - ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish, faoli-yatga doir tajribani orttirish, qobiliyatlarni rivojlantirish, kundalik hayotda bi-limlarni qo‘llashda tajriba orttirish va hayotlari davomida ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirishga oid faoliyatni tashkil etishga yo‘naltirilgan jara-yon.
O‘yinning asosiy komponentlari - xayoliy vaziyat, rol va uni amalga oshi-ruvchi o‘yin faoliyati, shuningdek, o‘ynayotganlar tomonidan olingan rollar; o‘yin harakatlari ushbu rollarni amalga oshiruvchi vosita sifatida; predmetlarni o‘yin maqsadida qo‘llash, ya’ni haqiqiy predmetlarni o‘ynaladiganlari, shartlilariga al-mashtirish; o‘ynayotganlar orasidagi haqiqiy munosabatlar.
Qoidalari bo‘laan harakatli o‘yin - bu bolaning ongli, faol faoliyati bo‘lib, barcha o‘ynayotganlar uchun majburiy qoidalar bilan bog‘liq vazifalarni aniq va o‘z vaqtida bajarish bilan tavsiflanadi. Ta’rifga ko‘ra, harakatli o‘yin - bu bolaning hayotga tayyorlaydigan mashqdir.
Xotira - bu insonning ruhiy xususiyati, tajriba va axborotni to‘plash, saqlash (yodda tutish), qayta ifodalash qobiliyati.
Rivojlantiruvchi ta’lim muhiti - bolalarning ijtimoiylashuvi va individu-allashuvi shartlari tizimi.
Rivojlantiruvchi o‘yinlar - diqqat, xotira, tafakkur va shu kabilarni rivojlan-tirish o‘yinlari.
Rol - o‘yin pozitsiyasi: bola syujetdagi biron qahramon bilan o‘zini taqqoslaydi va bu qahramon haqidagi tasavvurlarga muvofiq harakat qiladi.
Rolli o‘zaro munosabat - muayyan hayotiy rollarda odamlarning o‘zaro munosabatlari. O‘zining ijtimoiy rollarida harakat qiluvchi bu o‘zaro munosabat ishtirokchilari, odatda, ularga shaxs sifatida xos bo‘lgan psixologik sifatlarni namoyon etadilar.
Erkin syujetli o‘yin - oldindan belgilanmagan o‘yin qoidalarini ko‘zda tutgan o‘yin.
Sport o‘yinlari - jamoalar yoki alohida sportchilarning o‘yin bellashuvi bilan bog‘liq mustaqil sport turlari bo‘lib, ma’lum qoidalar asosida olib boriladi.
Syujet - hayotiy motivatsion aloqalar bilan birlashtirilgan voqealar ketma-ketligi.
Syujetli-rolli o‘yin - syujetli o‘yin va rolli qadriyatga ega bo‘lgan o‘yinning unsurlari va xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan o‘yin shakli yoki xolisona yangilikning yaratilishi.
Fasilitator- pedagogning guruh faoliyatini tashkil etishdagi rolli o‘rni. Guruhga berilgan vazifa asosida qidiruv jarayonini osonlashtiradi, tashkil qiladi, boshqaradi va rag‘batlantiradi..
O‘zaro munosabatlarda masofa pozitsiyalari tamoyili - kattalar va bolalar o‘rtasidagi muloqot uchun o‘yin makonini tashkil etishga qaratilgan ("ko‘zdan ko‘zga").
Faollik tamoyili - o‘yin muhitini yaratishda pedagog va bolaning birgalikda ishtirok etish imkoniyati (katta modul to‘plamlarini qo‘llash, qum va suv o‘yinlari, o‘yin ustaxonalari va h.k.).
Barqarorlik - dinamiklik tamoyili - did, kayfiyat va imkoniyatlariga muvofiq o‘yin sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Har bir yosh guruhi bolalari uchun o‘yin xonalari barqarorlik hududi hisoblanadi: yig‘iladigan mebellar, o‘yinchoq mebel, o‘yinchoqlarni saqlash uchun idishlar, o‘yinchoqlar, yumshoq tekisliklar, dam olish podiumidan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Yüklə 16,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin