Olinishi : A. M Butlerov birinchi bo’lib, 1861 – yil eng oddiy uglevodlarni kalsiy gidroksidi ishtirokida formalindan sintez qildi :
HCOOH C6H12O6
formalin glukoza
glukoza sanoatda kartoshka yoki makkajuxorini kraxmalini mineral kislotalar bilan gidrolizlab olinadi. Uglevodlarning har xil mikroorganizmlar ta’sirida parchalanishi bijg’ish deyiladi. Bijg’ishning turlari ko’p, bijg’ish turlariga keyinroq to’xtalamiz. Sanoatda glikoza olishning eng samarali usullaridan biri kraxmalni sulfat kislota ishtirokida gidroliz qilishdir:
(C6H10O5)n + n H2On C6H12O6
Fizikaviy xossalari :glukoza shirin ta’mli kristall modda, suvda yaxshi eriydi. suvdagi eritmasidan C6H12O6 ∙H2O holda ajraladi. Lavlagi shakariga qaraganda uning shirinligi kam. Monosaxaridlar qizdirilganda parchalanadi.