Kimyoviy xosslari : glukoza spirtlar va aldegidlarga xos reaksiyalarga kirishadi.
Glukozaning spirtlarga (gidroksil gruppaga) xos reaksiyalari :
Glukozaning beshta gidroksil gruppasi kislotalar bilan reaksiyaga kirishib murakkab efirlarni hosil qiladi. Masalan : bir mol glukoza besh mol sirka kislotasi bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlarni hosil qiladi.
C6H12O6 + 5CH3COOH →C6H7O(OCOCH3)5 + 5H2O
α – glukoza Pentoasetil α -glukoza
Galogenoalkanlar bilan ta’sirlashib oddiy efirlar hosil qiladi :
Ko’p atomli spirt kabi glukoza Cu(OH)2 (mis (II) – gidroksidi) bilan reaksiyaga kirishadi va mis alkogolyatni hosil qiladi :
Bu reaksiya ko’p atomli spirt glukozaga sifat reaksiyasidir.
Glukozaning aldegid gruppasi hisobiga boradigan reaksiyalari :
Glukoza oson o’ksidlanadi, masalan kuchsiz oksidlovchilar yoki kumush (I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan “kumush ko’zgu” reaksiyasiga kirishadi va glukon kislotasini hosil qiladi :
Bu reaksiya ham glukoza aldegidiga sifat reaksiyasidir.
Agar reaksiya uchun kuchli oksidlovchi olinsa qand kislotasi hosil bo’ladi :