Golarktik floristik oblastining endem, turkumlari va turlari



Yüklə 18,75 Kb.
səhifə1/2
tarix08.11.2023
ölçüsü18,75 Kb.
#131298
  1   2
GOLARKTIK FLORISTIK OBLASTINING ENDEM, TURKUMLARI VA TURLARI


GOLARKTIK FLORISTIK OBLASTINING ENDEM, TURKUMLARI VA TURLARI
Reja:
1.Floristik komplekslar haqida tushuncha, floristik rayonlashtirish va uning amaliy
ahamiyati
2. Floristik shox bo’limlar, oblastlar va ularning tavsifi
3. Yer yuzasining floristik rayonlashtirilishi

Shunga ko’ra o’simlik va hayvonlarning tarqalishini o’rganishda taksonomik birliklardan foydalaniladi: 1. Hukmronlik. Hukmronlik eng katta taksonamik birlik bo’lib, o’simlik va hayvonlarning tarixan kelib chiqishi va genetik jihatdan bir-biriga bog`liq bo’lgan oila, sinf, tiplarning bir kancha gruppirovkasini o’z ichiga oladi. Lekin hukmronlik faqat hudud jihatidan katta maydonlargagina emas, u floristik va faunistik jihatdan juda boy va ularning boshqa joylarda takrorlanmasligi, ya’ni yaqqol ajralib turadigan kichik hududlarga ham bu kategoriyalar beriladi. Masalan: kap hukmronligi juda kichik oblast bo’lsa ham flora va faunasi boshqa joyda uchramaydi. Shuning uchun alohida ajratilgan. 2. Flora va fauna oblasti - maydon jihatdan hukmronlikka nisbatan bir necha barobar kichik. Shu hukmronlikning ma’lum bir qismining, ya’ni o’ziga xosligi o’simlik va hayvonlarning shu hukmronlik ichida boshqa oblastlarga o’xshamasligi bilan ajralib turadi. 3. Provinstiyalar - Oblast maydonining bir necha provinstiyalarga bulinishi. Bu provinstiyalar oblast ichidagi boshqa provinstiyalardan flora va faunasining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. 4. Provinstiyalar - o’z navbatida bir necha okruglarga bo’linadi. Okruglar esa rayonlarga bo’linadi. Rayonlar esa stenopopulyastion maydonlarga bo’linadi, ya’ni aniq maydonlarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda yashab turgan o’simlik areallarini o’rganish va ularning bir-biriga solishtirish asosida hamda tarixiy kelib chiqishi paleantalogik metodlar bilan aniqlanib va genetik jihatdan bir-biriga bog`liqligini o’rgangan holda er sharining barcha quruqlik qismi 6 ta o’simlik hukmronligiga va 34 ta floristik oblastlarga bo’lib o’rganiladi.


Floristik oblastlarga bo’lib o’rganish uchun juda ko’p olimlarning ishlari mavjud. Bular ichida dunyo bo’yicha tan olingani ishi tan olingan. Er yuzi quyidagi floristik hukmronliklarga bo’linadi: 1. Gollartik o’simliklar hukmronligi - bu hukmronlik o’z navbatida 9 ta floristik oblastlarga bo’linadi. 2. Paleotropik o’simliklar hukmronligi - 12 ta oblastga bo’linadi. 3. Neotropik o’simliklar hukmronligi - 5 ta oblastga bo’linadi. 4. Kap o’simliklar hukmronligi oblastlarga bo’linmaydi. 5. Avstraliya o’simliklar hukmronligi - 3 ta oblastga bo’linadi. 6. Golantarktik o’simliklar hukmronligi - 4 ta oblastga bo’linadi. 1. Golarktik o’simliklar hukmronligi - barcha floristik oblastlar bir-biridan yoshiga va tarixiy taraqqiyotiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Bir floristik oblastdagi o’simlik turlari 3-lamchi davrlardan boshlab ko’p o’zgarishga uchramagan, relekt turlarga boy bo’lsa, 2 oblast esa muzlik ta’sirida o’zgargan. Rel’ekt turlar kamaygan. Golarktik o’simlik hukmronligi qolgan hukmronliklarni ichida eng katta maydonni o’z ichiga oladi, ya’ni er shari quruqligining deyarli yarmi shu hukmronlikka to’g`ri keladi. Buning hududida bir necha yuzlab endem tur va avlodlar bo’lib, jumladan 30 dan ortiq oila endem hisoblanadi. U quyidagi oblastlarga bo’linadi: 1. Stirkumborial oblasti - eng katta floristik oblast bo’lib, MDH hududining asosiy qismi, Evropa, Shimoliy Amerika shy oblast hududiga kiradi. Bu oblast katta bo’lishiga qaramay unda endemik oilalar yo’q. Lekin Alp va Kavkaz, Karpat tog`lari, Kanada hududlarida ko’p endemik tur va avlodlarga ega. Bu oblastning maydonlari turli qit’ada joylashgan bo’lsa ham, ularda tarqalgan o’simliklar kelib chikish jihatlaridan bir-biriga yaqin va landshaft ko’rinishi ham monotom. o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri er yuzida o’simliklar qomlamining yuqori darajadaligi bilan birinchi o’rinda turadi. 2. Sharqiy-Osiyo oblasti - bu oblast hududiga sharqiy Ximolay, Hindiston chegarasidan boshlab, Xitoyning sharqiy qismi, shimoliy Birma, Koreya, Yaponiya, Saxalin orollari kiradi.
Maydon jihatidan oldingi oblastlarga nisbatan kichik bo’lishiga qaramay, bu oblast o’simliklar turiga nihoyatda boy. O’simliklarining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu oblastda 300 dan ortiq tur va 14 dan ortiq oila endem hisoblanadi. Bunga sabab bu oblast hududida turli xil iqlim sharoiti bo’lganligidir.. 3. Atlantik-Shimoliy Amerika oblasti - bu oblast hududiga Atlantika okeanining qirg`oqlari, Shimoliy Amerika, Janubiy Kanada hududlari kiradi. Bu oblastda 1 ta endem oila va 100 dan ortiq endem va bir necha yuzlab endem turlar bor. Bu oblastda ayiqtovondoshlar, atirguldoshlar, ko’knoridoshlar keng tarqalgan. 4. Qoyali tog`lar oblasti - bu oblast Shimoliy Amerika qit’asida Kanadaning g`arbiy qismi va AQSh g`arbiy shtatlari ham kiradi. Bu oblastda yuqori o’simliklardan endem oila yo’q. 1 ta jigarsimon moxdan tashqari, lekin endem turlar juda ko’p. 5. Makroneziya oblasti - Bunga bir qancha orollar kiradi. Bularni umumiy nom bilan Azor-Madeyra, Yashil burun orollari deb ataladi. Bu oblastda ko’plab orollar bo’lganligi uchun endem tur va avlodga boy. Lekin endemik oila yo’q. Sababi iqlim xususiyati bir-biriga yaqin. 6. O’rta er dengizi oblasti - bu oblastga O’rta er dengizi atrofidagi barcha mamlakat va bir qancha orollar kiradi. Bu oblast hududida bitta endemik oila va 150 dan ortiq avlod va bir necha yuz turlar endem hisoblanadi. Endemizmni kuchliligiga sabab o’simliklarning kelib chiqqan markazlardan biridir. 7. Arab Sahroi Kabir oblasti - bu oblast Hududiga Afrika sahrosining tropik bo’lmagan kismi kiradi. Sinay yarim oroli, Arabiston yarim oroli, Iordaniyaning bir qismi, Siriya sahrosi, Quyi Mesopotamiya kiradi. Bu oblastda ham endemik oila yo’k. 300 dan ortiq endemik tur aniqlangan.
8. Eron-Turon oblasti - Siriyaning katta qismi, Shimoliy Falastin, Iordaniya, Yuqori Mesopatamiya, Armaniston tog`lari, Janubi-sharqiy Zakavkaziya, Eron, Afg`oniston, Pokiston, Tibet sistemasi, Mongoliya, Shimoliy Sibirning janubiy qismi kiradi. Bu oblast hududi keskin kontinental iqlimli bo’lib, lekin xilma-xil o’ziga xos iqlim sharoitiga ega bo’lgan bir necha tog`liklar sistemasi joylashganligi sababli endem turlarga boy hisoblanadi. Masalan, ayiqtovondoshlar, atirguldoshlar, sho’radoshlar, ko’knoridoshlar, ituzumdoshlarning ko’p turlari endem hisoblanadi. Mavjud turlardan bir qanchalari bu oblast uchun relekt hisoblanadi. 9. Madeyra yoki Sanor oblasti - bu oblast Shimoliy Amerika qit’asining g`arbiy soHillarida Kaliforniya sahrolari, Meksika tog`liklari va AQShning bir qancha shtatlarini o’z ichiga oladi. Bu oblast hududida 4 ta endemik oila, 45 ta avlod va 200 dan ortiq endem turlar bor. Iqlim sharoiti nihoyatda xilma-xil. 2. Poleotropik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlikka Tinch okeanining tropik orollari (Sharqiy Amerikadagi tropik orollar bunga kirmaydi), Afrika qit’asining okeandagi qator orollari, Hindiston, Xindixitoy, yarim oroli, Indoneziya orollari kiradi. Bu hukmronlik yaxlit qit’alardan iborat bo’lmasdan iqlimi jihatidan o’ziga xos 1000 lab orollarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham endemik turlarga boy va 40 ta enden oila mavjud. 10. Gveniya-Kongolez oblasti - Bunga sharqiy Afrika Respublikalari, Kamerun, Kongo, Kot-Iuar va boshqalari, Gveniya va Kongo daryosining havzalari kiradi. Kongo daryosining havzasi nihoyatda xilma-xil iqlim sharoitiga boy bo’lganligi uchun bu oblast o’zining qo’shni oblastlardan floraga boyligi bilan farq kiladi, uning uchun oblastning o’zida 6 ta oila endem bir necha yuzlab endem turlar mavjud. 11. Sudan-Zambiya oblasti - bu oblast katta hududni egallaydi. Deyarli Afrika mamlakatlari, Arabiston yarim oroli, Hindistonning shimoli-g`arbi kiradi. Bu oblast hududining katta qismi iqlim jihatidan bir-biriga yaqin, lekin okean va dengiz qirg`oqlaridagi iqlim sharoiti bir-biridan keskin farq qilganligi sababli bu oblast ham endem turlarga boy, 3 ta endemik oila mavjud
12. Karunambiya oblasti - Namibiya kiradi. Hududi bir muncha kichikroq. Afrikaning janubi-g`arbida joylashgan. Bunga Oranjiviy daryosi havzasi va JARning bir qismi kiradi. Bu oblast hududida 1 ta oila endem va 10 lab turlar endem hisoblanadi.
13. Vozniseniya va Avliyo Elena orollari oblasti - bu oblast hududiga 2 ta orol kiradi. Lekin bu 2 ta orolni 1 ta oblast tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning iqlimi, o’simliklari o’ziga xos va takrorlanmas. Avliyo Elena orolida o’sadigan 39 turning 38 tasi endem hisoblanadi. Vozniseniya orolida oborigen o’simliklar yo’q, migrastion yo’l bilan o’simliklar ko’paygan. Bu orolda ham hozirgi paytda 2 ta endem tur yashaydi. 14. Madagaskar oroli oblasti - bu oblast hududiga Madagaskar oroli, uning atrofidagi bir qancha orollar, ya’ni Kamor orollari, Aldabr orollari, Seyshal orollari, Maskirent orollari kiradi.
Bu oblast orollarida iqlim sharoiti turlicha bo’lganligi uchun o’simliklar hayoti uchun nihoyatda qulay va shuning uchun bu kichik hududda 9 ta 450 dan ortiq avlod 780 tur endem turlar bor. 15. Hindiston oblasti - bunga Hindiston yarim oroli, uning janubidagi Xind okeani orollari, Maldiv orollari, Chagos arxipelagi, Steylon oroli kiradi. Bu oblastda endem oila yo’q. 100 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab endemik turlar bor. 16. Hindixitoy oblasti - bunga Birmaning tropik qismi, Tailand, Xindixitoy, Andaman, Nikabar orollari kiradi. Bu oblastda ham endemik oila yo’k. Lekin 250 dan ortiq endem avlod va bir necha yuzlab endem turlar mavjud. 17. Malineziya oblasti. Bunga Indoneziya, Filippin, Sumatra, Kalimantan, Yangi Gvineya, Salomon orollari va juda ko’plab mayda orollarni o’z ichiga oladi. Bu oblast maydoni bir necha yuzlab orollardan tashkil topgan. Iqlim sharoiti nihoyatda xilma-xil, lekin ularda umumiylik bop. Bu oblast hududida ikkita endem oila va ko’plab endem turlar mavjud. Ayniqsa, Yangi Gvineya oroli o’ziga xos bo’lib, bu erda 140 dan ortiq endem avlod yashaydi. 18. Fidji orollari oblasti. Hududi juda kichik orollari juda ko’p. Bunga Yangi Gibrit, Samoa, Tongo orollari kiradi. Bu oblastda bitta oila, juda ko’p endemik avlodlar va turlar mavjud. Fidji orollari endemik turlarga juda boy.
19. Poleneziya oblasti. Bu oblast hududiga Tinch okeanining katta maydoni va yuzlab orollar kiradi. Bunga Korolin, Marshall, Gilbert, Marian, Ellis, Feniks, Markiz orollari kiradi. Bu oblast tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lishiga qaramay, bularda endemik oila yo’k. Lekin bir necha yuzlab avlod, yuzlab endemik turlar bor.
20. Gavayi orollari oblasti. Maydon jihatdan boshqa orollardan bir necha marta kichik, lekin er sharidagi mavjud orollar ichida o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Sababi quruqlikdan ancha uzoqda joylashgan, ya’ni suv bilan izolyastiyalangan orol hisoblanadi. Shuning uchun bu oblast o’simlik olami nihoyatda xilma-xil. Shuning uchun olimlar maydoni juda kichik bo’lishiga qaramay, bunga oblast darajasini berishgan. Bu oblast o’simliklari ko’pchiligi aborigen, lekin inson faoliyati natijasida migrastion yo’l bilan kelib qolgan turlar xam mavjud. Bular Amerika qit’asiga birmuncha yaqinroq bo’lganligi sababli shimoliy Amerikada va Amerikada o’sadigan o’simliklar ham uchraydi. 21. Yangi Kaledoniya oblasti. Bu oblast xam maydon jixatidan kichik hududni o’z ichiga oladi. Asosan bunga Yangi Kaledoniya oroli va uning atrofidagi bir necha orollar kiradi. Endemizmga juda boy. O’simliklarning oltita oilasi 130 dan ortiq avlod va minglab endem turlar bor. 3. Neotropik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlik hududiga Florida yarim orolining janubiy qismlari, Meksika qirg`oqlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda ekvatorial Amerikaning katta qismidagi bir qancha mamlakatlar hududlari kiradi. Bu hukmronlik hududi xilma-xil iqlim sharoitiga ega bo’lganligi tufayli o’ziga xos o’simlik dunyosiga ega va floraga juda boy. Bu xukmronlikda 28 ta oila endem xisoblanadi. Bu hukmronlik quyidagi 5 ta oblastlarga bo’linadi. 22 (1). Karip oblasti - bu oblastga Florida yarim orolining tropik qismi, Kichik Antil, Galapagos, Bagam, Bermud orollari kiradi. Karip oblasti hududi bir qancha orollar bo’lganligi sababli ularda endemizm kuchli, ya’ni bu oblastda 2 ta oila 500 dan ortiq avlod, 100 lab turlar endem hisoblanadi.
23 (2). Givian tog`lari oblasti - bu oblast maydoni uncha katta emas, lekin Gvian yassi tog`larida juda qadimgi arxio o’simliklar ko’plab uchraydi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ya’ni bu oblastda yashaydigan 8000 tur o’simlikning 4000 dan ortig`i endemik turlar hisoblanadi. Bu yassi tog`larning yuqori qismlaridagi ayrim vohalarda endemizm 97 foizgacha boradi. Endem oila faqat bitta xolos. 24 (3). Amazonka oblasti - bu oblast hududiga Amazonkanig barcha irmoqlari bilan birga bo’lgan havzasi kiradi. Teritoriyasi katta va o’ziga xos o’simliklar dunyosiga boy 1 ta oila 500 dan ortiq avlod va 3000 dan ortiq tur emdem xisoblanadi. Bu oblast hududida tropik yomg`irli o’rmonlarning juda katta maydoni mavjud. Bunday o’rmonlar er sharining boshqa maydonida unchalik katta yaxlit maydonda uchramaydi. 25 (4). Braziliya oblasti. Bunga Braziliya Yassi tog`ligi, Atlantika okeani qirg`og`idagi bir necha mayda orollar kiradi. Bu oblast hududida endem oila yo’k. 400 dan ortiq avlod va 100 lab turlar endem xisoblanadi. 26 (5). And oblasti Patagoniyadan shimol tarafga toki karibgacha bo’lgan qismi kiradi. Chekkasidagi orollari xam kiradi. Bu oblastda 1 ta oila 10 lab avlod va bir necha yuzlab turlar endem xisoblanadi.
27 (1). Kap o’simliklar hukmronligi va oblasti. Bu hukmronlik juda kichik maydonni egallab, Afrika materigining eng janubiy kismida joylashgan. By hukmronlik 1 ta oblast xisoblanadi. Olimlar bu kichik oblastga hukmronlik darajasini berishiga sabab nixoyatda o’simliklar florasiga boy va o’ziga xos takrorlanmas. Shuning uchun er sharidagi eng kichik Stirkomborial oblastga nisbatan bir necha yuz barobar kichkina o’simliklar hukmronligi hisoblanadi. Bu hududda 7 mingdan ortik o’simlik turi bulib, ularning ichida bir necha minglab endemik tur, 280 dan ortik avlod va 7 ta oila endem xisoblanadi. 5. Avstraliya o’simlik hukmronligi - bu o’simlik hukmronligiga asosan Avstraliya materigi va uning atrofidagi bir necha orollar kiradi. Bu hukmronlik hududidagi o’simliklar er sharining boshqa oblastidan keskin ajralib turadi. Endemik turlarga boy. O’ziga xos o’simlik turlari mavjud. 8 dan ortiq endem oila 570 dan ortiq avlod va 1000 lab o’simlik turi endemik xisoblanadi. Bu xukmronlik 3 ta oblastga bo’linadi. 28 (1). Shimoli-sharqiy Avstraliya oblasti. Bunga Avstraliyaning shimolisharqiy qismi, Tasmaniya va bir necha mayda orollar kiradi. Bu oblastda 4 endem oila 200 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab turlar endem xisoblanadi. 29 (2). Janubiy-G`arbiy Avstraliya oblasti. Bu oblast Avstraliya hukmronligi ichida eng kichigi bulib, Avstraliyaning janubi-g`arbida joylashgan. Bunga qirg`oqqa yaqin bir necha orollar ham kiradi. Lekin bu oblast endemik turlarga boyligi bilan ajralib turadi, ya’ni materiklar ichida yagona. Bu oblastda 2841 tur o’simlik yashab, 2472 endem tur, 125 avlod, 4 ta oila endem xisoblanadi.
30 (3). Markaziy Avstraliya oblasti. Bu uchchala oblast tarkibida eng kattasi hisoblanadi. Bunga Avstraliya cho’llari, Xind okeani qirg`ogidagi bir necha orollar kiradi. Bu oblast hududida 85 avlod endem bir necha yuzlab turlar endem xisoblanadi. Endem oila Avstraliya cho’llarida daraxtli va butali savanna o’rmonlari ko’proq uchraydi. 6. Golantartik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlik hududiga janubiy yarim sharning sovuq zonalari kirib, Janubiy Amerikaning Patagoniya qismi atrofidagi orollari bilan birga, xamda Yangi Zelandiya kiradi. Bu hukmronlik 4 ta oblastga bo’linadi.
31 (1). Xuan Fernandes orollari oblasti - Patagoniyaning g`arbiy tomonidagi Xuan Fernades orolini o’z ichiga oladi. Bu oblast hududida 1 ta oila,20 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab tur endem xisoblanadi. 32 (2). Chili Patagon oblasti. Bu oblast hududiga Janubiy Amerikaning Chili Patagoniya Fonklend, Olovli Erlar va boshqa orollarni o’z ichiga oldi. Bu oblast hududi maydon jihatdan katta va xilma-xil bunga ikki materik (janubiy Amerika va Antarktidaning yarimoroli xam) kiradi. Bir necha o’ziga xos iqlimli orollar ham kiradi. Natijada bu oblast hududida 7 ta oila, 250 ta avlod, bir necha yuzlab tur endem xisoblanadi. 33 (3). Sub antartik oblasti. Bu oblast hududiga Gof, Prins Eduvard, Amsterdam, Sent Pol, Kergelen orollarini o’z ichiga oladi. Bu erda 2 ta avlod, o’nlab endem turlar mavjud, endem oila yo’q. 34 (4).


Yüklə 18,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin