G'oyaviy-badiiy barkamollik ifodasida tamsil san'ati


Mavzuning o’rganilish darajasi va ilmiy yangiligi



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə2/8
tarix18.05.2022
ölçüsü212,5 Kb.
#115998
1   2   3   4   5   6   7   8
Azimjon bmi

Mavzuning o’rganilish darajasi va ilmiy yangiligi. Alisher Navoiyning boshqa asarlari singari uning “Layli va Majnun” dostoni ham yaratilish davridayoq ko’pchilikning e’tiborini o’ziga jalb etdi. O’tgan asrda mamlakatimiz mustaqilligini qo’lga kiritguniga qadar ham bu borada muhim izlanishlar olib borildi. T.Jalolovning 1962-yilda “Xamsa” talqinlari” nomli kitobi nashr etildi. N.M.Mallayevning “O’zbek adabiyoti tarixi” [13, 450-476,] nomli kitobida, shuningdek, “Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti” [14, 156-161] nomli yirik tadqiqotida “Layli va Majnun”dagi obrazlarni o’rganishga e’tibor qaratildi. Akademik A.P.Qayumov “Xamsa” tarkibidagi har bir doston talqiniga bag’ishlangan bittadan ilmiy ommabop risola yozib, ularni ulug’ shoir ijodi muxlislariga taqdim etdi. Yurtimiz mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng bu borada ham sezilarli ishlar amalgam oshirildi. Taniqli olim R.J.Vohidovning M.Mahmudov bilan hamkorlikda yaratilgan “Ma’naviyat – komillik saodati” [6, 113-124], shu olimning H.Eshonqulov bilan hammualliflikda yozilgan “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” [7, 346-357 ] singari risola va o’quv qo’llanmalarida ham ushbu mavzu doirasida qimmatli fikrlar bayon qilindi. Ayniqsa, yirik adabiyotshunos N.Komilovning “Tasavvuf” kitobida bu dostondagi obrazlarda o’z aksini topgan ramziy ma’nolar xususida muhim ilmiy mulohazalar bayon etildi [12, 192-197]. Biz ham adabiyotshunosligimizning ushbu yutuqlariga tayangan holda shoirning tamsil badiiy san'atini qo'llash bilan bag'liq badiiy mahoratini bitiruv malakaviy ishi doirasida o'rganishga harakat qildik.
Malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari. "Layli va Majnun" dostonining g'oyaviy-badiiy barkamolligini ta'minlashda ulug' shoirning tamsil badiiy san'atidan foydalanishdagi mahoratini ilmiy o'rganish bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadini tashkil etadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Sharq mumtoz poetikasi tadqiqotchilari tomonidan tamsil san'ati haqida bayon qilingan ma’lumotlarni to`plash, ularni qiyosiy o`rganish, tamsil va uning turlari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish;

  • Hazrat Alisher Navoiy ijodidagi "Layli va Majnun" dostoni misolida tamsil san’atining asarning g'oyaviy - badiiy barkamolligini ta'minlashdagi muhim qirralarini ochib berish;

  • "Layli va Majnun" dostonida keltirilgan tamsillarning qo'llanishi va tanlanish asosiga ko`ra tasniflash;

  • yakka va qatorlashtirib qo`llangan tamsillarning asar badiiyatiga ta'srini yoritish;

  • tabiiy, samoviy, inson ruhiy holati bilan bog'liq timsollar vositasida vujudga keltirilgan tamsillarning poetik vazifasini oydinlashtirish;

  • talmehli tamsillarning mohiyati va estetik ta'sirini yoritish;

  • ulug' shoirning tamsil san'atidan mohirona foydalanganini dostonning kirish qismlaridagi chaqin timsoli bilan aloqadorligi va uning dostondagi ishq mavzusining ramziy mohiyatini ta'minlashdagi o'rnini muayyanlashtirish;

  • Dostonning bosh qahramonlari Layli va Majnun ta’rif-tavsifida qo`llanilgan tamsillarningning poetik vazifasini oydinlashtirish;

  • oshiqning hajr iztiroblari tasviri, hayrat, tavhid, tush tasviri bilan bog'liq adabiy lavhalarda ulug' shoirning tamsil badiiy san’atini qo`llashdagi adabiy mahoratini ochib berish.

Ishning ilmiy yangiligi. O'zbek mmtoz adabiyotining buyuk ijodkori hazrat Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonining g'oyaviy - badiiy barkamolligini ta'minlashda tamsil san’atidan foydalanishdagi badiiy mahoratini bitiruv malakaviy ishi doirasida yaxlit holda o`rganilishi ishning yangiligini tashkil etadi.

Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin