G'oyaviy-badiiy barkamollik ifodasida tamsil san'ati


Hayrat va tavhid tasvirida tamsilning qo'llanishi



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə6/8
tarix18.05.2022
ölçüsü212,5 Kb.
#115998
1   2   3   4   5   6   7   8
Azimjon bmi

2.3.Hayrat va tavhid tasvirida tamsilning qo'llanishi

"Layli va Majnun" dostonida ijodkor qahramonlarning ishq vositasida ma'naviy yuksalishning hayrat va tavhid maqomlarida bo`lishlariga e'tiborni qaratadi. Shu orqali ham ijodkor asarning benazir go'zalligini yanada oshirib berishga harakat qiladi. Asar qahramonlarining g'ayritabiy holati o'quvchining hayratlanishiga sabab bo'ladi.


Ul pay chu etib muxoziyi hay,


Haydin chiqibon yana iki pay.
Bo'lg'och uchov ikkisi uzoli,
Qum uzra aning nishoni qolib.
Andoq topibon bu xayli chovush
Kim, bo'lg'on ekin ul ikki behush. [32. 77]

Yuqoridagi misralarda Layli va Majnunning sahrodagi uchrashuvi haqida so'z yuritila turub ularni uchrashuvi tasviri orqali o'quvchini hayratto olamiga olib kiriladi. Misralarda Hay qabila ahli tongda ko'rgan manzaradan hayratga tushishi tasvirlanadi. Qabila tomondan ikki kishining oyoq izi chiqqani va yana bir begona iz ularga qo'shilib birisi o'sha begona iz bilan yerga behush holatda yiqilgani haqida so'z yuritiladi. Ayni holatdan Hay qabilasidagilarning hayratga tushishi yuqoridagi adabiy parchada tamsilga tortilganini kuzatish mumkin.


Bir yotg'oni sudralib shitobon,


Devona kibi tutub biyobon.
Bir yotg'on o'lub nihon paridek,
Yoxud kecha mehri xovaridek. [32. 77]

Bir yotgani devona kabi sudralib ketgani haqida so'z yuruta turub, ijodkor keyingi misrada Laylining qay holatda ekanligini tasvirlashda hayotiy misollarga murojaat etganligini kuzatishimiz mumkin. Ya'ni uning pari singari g'oyib bo'lishi, erta tongda kecha yorug'ligi tugashiga qiyos qilib keltiriladi. Ijodkor shu o'rinda tun va kun almashish holatini misol qilib keltiradi.


Ul xayl etibon yaqolarin chok,


Yig'lab boshi uzra zoru g'amnok.
Andoq sog'inibki, go'yi oni,
Ko'mmishlar o'lturub nihoni. [32.. 77]

Yuqoridagi misraning davomi sifatida keltirilgan bu misrada Layli va Majnunning Laylining enagasi hamrohligida ilk cho'ldagi uchrashuvidan keyingi holat tasvirlanadi. Ya'ni Majnunning yana g'oyib bo'lganidan xabar topgan qabila ahli, uni qidirib nola chekib u qoldirgan izdan yo'lga tushishadi. Bu paytda enaga tomonidan yashirib qo'yilgan Qays qum tagida go'yoki jonsiz kishi singari yotar, ruhi o'zida emas edi. Keltirilgan misrada, Majnun qabila ahli uning iztorobida yoqalarini vayron qilib, uning boshi ustida beniyat darajada ko'p yig'lab turishadi. Keyingi misrada hazrat Alisher Navoiy tamsil san'atiga murojaat etib, qabila ahlining Qaysni sog'ingani bayon etadi.


Kirdi iki jism bir kafang'a,


Yo'q, yo'q, iki ruh bir badang'a.
Bir na'sh ila ul iki dilorom,
Andoq edikim du dona bodom. [32. 216]

Yuqoridagi misrada hazrat Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonidagi bosh qahramonlar bo'lgan Layli va Majnunning ayanchli qismatidan keyingi boqiy olamga rixlat qilgani haqida so'z yuritiladi. O'limidan oldin Layli onasiga vasiyat keltirib Qays u vafot etganidan keyin Layli jamolini ko'rishni istab kelishi va hajr azobiga ortiq bardosh bera olmay vafot etishini bashorat qiladi va onasidan shu voqea sodir bo'lgandan keyin Majnunni ham o'z farzandi sifatida ko'rib Layli bilan bir kafanga solib birga ko'mishlarini vasiyat qilib qoldiradi. Keltirib o'tganimiz yuqoridagi misrada oshiq va ma'shuqaning ruhi jism zindonini tark etib ketganidan keyin Layli vasiyati bajarilib, ularni bir kafanga qo'yilgan ko'rinishlari tasvirlanadi. Bu oshiqlarning ikkisining bir kafanga solinishi istioraga olinib bu go'yo ikki ruhning bir tanga kirishiga o'xshatilib ketilyapti. Ulug' shoir keyingi misrada bodom ichida turuvchi ikki egiz mevani tamsilga qo'llab kelganini kuzatish mumkin. Bu o'rinda hazrat Alisher Navoiy tamsil san'atidan mohirona foydalanib o'quvchiga estetik adabiiy zavq bag'ishlaganligi e'tiborni tortadi. Yuqoridagi so'zlarni ulug'shoir ayta turub bu ikki tan ruhlari kabi bir butunlik hosil qilishini tamsilning go'zal namunasi sifatida keltirib o'tadi.


Roqib anga qatldin urub dam,


Parxosh kuni nechukki Rustam. [32. 121]

Hazrat Alisher Navoiy talmeh san'atidan ham tamsilni yuzaga chiqarish maqsadida foydalanganliklariga oldingi boblarda ham kuzatgan edik. Ulug' ijodkor o'quvchini hayrat va tavhid olamiga solish maqsadida ham tamsilni talmeh orqali ziynatlashtirib kelgan.


Yuqoridagi misrada Majnun va Navfal birlashib Laylining Hay qabilasi ustiga qilgan urushi tasvirlanadi. Yuqoridagi misra orqali Navfal obrazi hayratlanarli tasvirlanadi. Navfal urush maydonida Rustam kabi pahlavonligi tasvirlanadi. Afsonalarga ko'ra Rustam hech bir jangda mag'lub bo'lmagan. U shunday jasur jangchi sifatida tasvirlanadiki, uning narasidan dushmanlari qulog'i eshitmaydigan bo'lib qolgan. O'quvchi ko'z oldiga Navfalni ham shunday g'ayritabiy kuch - qudrat sohibi sifatida tasvirlash uchun hazrat Alisher Navoiy Firdavsiyning "Shoxnoma" dostoniga murojaat etib undagi bosh qahramon Rustam haqida ham o'quvchini tanishtiradi.

Zayd o'ldi falakrav uzra roqib,


Surdi andoqki najmi soqib. [32. 132]

Ulug' ijodkor "Layli va Majnun" dostonida qo'llagan tamsillarning ko'p qismi o'quvchini hayratga soladi. Zero, tamsil san'atining asosiy xususiyatlaridan biri ham fikrni dalillab turib, o'quvchini hayratga solib, unga estetik zavq berishdan iboratdir.Yuqoridagi keltirilgan iqtibosda ham, xuddi shu holatni kuzatish mumkin. Baytda hijron sharobidan sarmast bo'lgan Majnunning iztiroblariga befarq qaray olmagan Zayd haqida so'z yuritilib, uning buyuk oshiqqa yordam qo'lini cho'zib ma'shuqasiga u yozgan maktubni yetqazish holati haqida so'z yuritilyapti. Zaydning maktubni olib ketish holati tasvirlanib turib, ijodkor tomonidan yorug' yulduzning osmondagi harakati tamsil sifatida keltirilib o'tilyapti.


Tog'din kishikim tilab nishoni,


Bir to'da qiziq kul anglab oni.
Jismidagi otashin guharlar,
Andoqki kul ichra o't ko'marlar. [32. 133]

Keltirilgan yuqoridagi iqtibosda ma'shuqa visoliga umid bog'lab yurgan Majnunning, Layli qabilasiga borib u yerda odam zotini uchratolmay nola chekib turgan manzarasi tasvirlanyapti. Majnun ko'nglining ishq olovi tasiriga tushib, kulga aylangan qalbi haqida so'z yuruta turub, ulug' shoir olovni kul bilan ko'mib qo'yishlarini misol sifatida keltirib o'tib o'quvchi diqqatini tortib uni hayratga soladi.


Bilamizki, hazrat Alisher Navoiy tasavvufiy yo'nalishda ham barakali ijod qilgan. Xuddi shunday, biz ko'rib o'tayotgan "Layli va Majnun" dostonida ham ijodkor tasavvufiy g'oyalardan ham foydalanganini kuzatishimiz mumkin. Bunday tushunchalardan biri tavhid tushunchasidir. Tavhid jismning ilohiy ruh bilan birlik hosil qilgan holatidir.

Ikki guhar o'rni bo'ldi bir durj,


Ikki quyosh avji bo'ldi bir burj.
Bir sog'ar aro tushub iki mul,
Bir g'uncha aro iki gul.
Bir jismda ikki ruh o'lub gum,
Bir ko'z arosida ikki mardum.
Vasl ayladi ikkilikni boqiy,
Vahdat qadahini tutdi soqiy.[32. 182]

Yuqorida keltirilgan iqtibosda ham buyuk ijodkor tavhidni hosil qilishda tamsil san'atiga murojaat qilgan o'rinlarini kuzatish mumkin. Yuqorida Layli va Majnunning visolga yetib, o'zaro tavhid - birlik hosil qilgani haqida so'z yuritilyapti. Ikki gavharning bir taqinchoqda jaylashishini tasvirlab turib, ulug' shoir, ikki quyoshning bir burj ostida birlashishini misol qilib kelriradi. Bir jismda ikki ruhning kirishi haqida so'z yuruta turub ijodkor yana tamsilga murojaat etadi va o'z fikriga dalil keltiradi. Bu go'yo ikki qorachig'ning bir ko'zda bo'lgani kabi deyiladi.


Bu boda birini mast qildi,


Ul birini mayparast qildi.
Yo'q, yo'qki, ikisi mast bo'ldi,
Ham ikkisi mayparast bo'ldi.
Bu turfaki gar iki edi ot,
Topilmas edi bag'ayri bir zot.
Ikki qadahi obi zindagoni
Qo'shulsa, kim ayru anglar oni?[32. 182]

Ishq sharobidan sarhush bo'lgan Layli va Majnun haqida so'z yuritiladi yuqoridagi keltirilgan misollarda. Bu ishq mayidan ichgan oshiq va ma'shuqa ikkisi ham mast bo'lib, mayparast bo'lib qoldi. Bu kishilarning ismi alohida edi, ammo endi ular bir kishi edi. Shu o'rinda ulug' shoir ikki hayot suvi bir qadahga qo'shilsa, ularni kim ajrata olishini tamsil sifatida keltirib o'tyapti.


Hayrat bilan bog'liq bo'lgan lavhalar asar qahramonlarining ruhiy holati bilan bog'liq adabiy parchalar bo'lib, ularda tamsillarning qo'llanishi ancha kamyob estetik hodisadir. Shunday bo'lsa-da, unda qo'llangan tamsillar yetakchi qahramonlar holining o'quvchi ko'z o'ngida namoyon bo'lishida zamin hozirlaydi. Majnunning cho'ldagi sahroda yiqilib qolishini devonaning biyobonda sudralishi bilan bog'liq tamsil vositasida ifodalanishi shunday xarakterga ega.
Navoiydagi tavhid bilan bog'liq tamsillar nafaqat dostonning yetakchi qahramonlari holatini aniq tasavvur etishga xizmat qiladi, balki ular turkiy tilning jozibasidan nihoyatda o'rinli foydalanilganligi bois bu irfoniy tushunchaning mohiyatini ham teran anglashga imkon yaratadi. "Ikki qadahi obi zindagoni Qo'shulsa, kim ayru anglar oni?", "Ikki guhar o'rni bo'ldi bir durj, Ikki quyosh avji bo'ldi bir burj" kabi inson va uning hayoti bilan bog'liq va samoviy timsollar vositasida vujudga kelgan tamsillar shunday badiiy vazifani bajaradi.
XULOSA
"Layli va Majnun" dostonida qo'llangan tamsillar tashbeh, istiora singari eng ko'p murojaat etilgan badiiy san'atlar sirasiga mansubligi bilan muhim ahamyat kasb etadi. Asardagi tamsillar salohiyatli shoirning tafakkur olamining kengligi, nihoyatda topqirligi, tamsil bilan bog'liq badiiy kashfiyotlarni dostonda san'atkorona ifodalaganidan dalolat beradi. Ularni quyida e'tirof etilgan jihatlari nihoyatda muhimdir:
- doston muqaddimaviy boblarining sanoqli o'rinlaridagina tamsil san'atiga murojaat etilgan bo'lsa, mahobatli tun tasviri bilan bog'liq bob tamsil qo'llanishi jihatdan "Layli va Majnun"da alohida ahamyat kasb etadi. Ta'kidlash o'rinliki, ulug' shoir bu bobda boshqa boblarga nisbatan tamsilning barcha ko'rinishlaridan eng salmoqli foydalangan. Unda tamsillarning qo'llanishiga ko'ra yakka va qatorlashtirilgan tamsillarning, shuningdek, ularning tanlanish asosiga ko'ra: tabiat, samovot, inson holati bilan bog'liq va talmehli tamsillardan mahorat bilan foydalanganligi kuzatiladi;
- tamsillarni qatorlashtirib keltirish orqali ijodkor o'quvchini o'zgacha bir ehtirosga soladi. Talmehli tamsillar orqali esa ijodkor tomonidan badiiy ifodalangan to'g'ri fikrni yana bir bor dalillangani, unga Muso (a.s.), Ibrohim (a.s.) singari timsollar vositasida chaqin timsoliga tajalliy va o't bilan bog'liq ilohiylik baxsh etilgani kuzatiladi;
- doston uchun yetakchi qahramonlardan biri Laylining ta'rif - tavsifi muhim ahamyat kasb etadi, chunki ulug' shoir bu mubolag'aviy ta'rif -tavsiflar zamirida Laylini ilohiy jamolini o'zida mujassamlashtirgan mazhar sifatida o'quvchi ko'z oldida namoyo qilishni adabiy maqsad sifatida belgilaydi. Shu bois bu qahramonni qiyossiz go'zallik sohibasi sifatida tasvirlashda ko'proq tashbeh, ruju', sifatlash, tashxis singari badiiy - tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Bular orasida tamsilning qo'llanishi ham muayyan bir poetik vazifani bajarishga xizmat qildiriladi. Yuqoridagi badiiy san'atlar Laylining muayyan bir uzvlarini o'quvchiga yuksak pardalarda ifodalash imkonini hosil qilsa, ulardan keyin keltirilgan tamsil ayni holatni avj nuqtaga ko'tarib, o'quvchi tuyg'ulariga hissiy ta'sir etadi. Buning uchun ulug' shoir tamsilning qo'llanishiga ko'ra yakka holda qo'llangan tamsillardan san'atkorona foydalanadi;
- Majnun ta'rif - tavsifida tamsil san'ati kam qo'llanilgan bo'lsa-da, ular ham mohiyatan Layli tasvirida qo'llangan tamsillar singari poetik vazifani bajaradi;
- ta'rif - tavsiflarda qo'llangan tamsillar tabiat tasviri, samoviy timsollar bilan bog'liqlari ko'pchilikni tashkil etsa, talmehli tamsillar ( Qadr va Barot kechasi), inson holati bilan bog'liq (bemor) tamsillar bittadan qo'llanilganligi kuzatiladi. Bular orasida talmehli tamsil Layli obraziga muqaddaslik kasb etishi bilan alohida e'tiborga molik;
- hajr iztiroblari tasviri "Layli va Majnun" dostoni uchun eng muhim adabiy lavhalar sanaladi. Ulug' shoir hajr va sariq rang orasidagi uyg'unlikdan kelib chiqib, tabiat bilan bog'liq tamsillarni ham xuddi shu rang bilan muvofiq holda tasvirlashi alohida ahamyatga ega. Sariq gul ustidagi yomg'ir, sariq lagan ustidagi dur, dunyo kampiri quyoshni orqalab ketishi kabi tamsillar hajr iztirobi tasviriga nihoyatda qo'l kelgan. Ayniqsa, Majnunning Layli qabilasidagi it bilan "suhbatlashgan"idan so'ng it kabi hijron azobida faryod chekishini karvondan ayrilib qolgan kishining fig'on chekishi tamsili bilan uyg'un tasvirlanishi adabiy lavha badiiyatiga g'oyatda ijobiy ta'sir ko'rsatgan;
- "Layli va Majnun" dostonida uchta tush lavhasi mavjud bo'lib, ular ancha ixcham adabiy parchalar bo'lganligi bois ularda tamsillarning qo'llanishi nisbatan kam uchraydi. Ulug' shoir tashbeh va istioralar asosida mubolag'aviy tasvirlarlar hosil qilib, ularda ana shu ma'no kuchaytirishlari yanada oshirish uchun tamsildan foydalanadi. Majnun tushidagi ikki kabutar bilan bog'liq tamsil ana shunday poetik vazifani bajaradi;
- o'lim lavhalari bilan bog'liq tamsillar dostonga o'zgacha joziba baxsh etgan. Kuz lavhalari bilan aloqador bunday tamsillarda qo'llangan "xazon yelining ohi", "barg yuzining sarg'ayishi" kabi istioralar qatorlashtirib qo'llangan tamsillarga ramziy ma'no yuklagan. Laylining xastalanib qolishining badiiy ifodasida ishtirok etgan "g'ilofi oltindan bo'lgan pichoqning suvda oqishi", shuningdek, alvon va ra'no bilan bog'liq tamsillar badiiylikni yuksaltirishda muhim ahamyat kasb etgan;
- hayrat bilan bog'liq bo'lgan lavhalar asar qahramonlarining ruhiy holati bilan bog'liq adabiy parchalar bo'lib, ularda tamsillarning qo'llanishi ancha kamyob estetik hodisadir. Shunday bo'lsa-da, unda qo'llangan tamsillar yetakchi qahramonlar holining o'quvchi ko'z o'ngida namoyon bo'lishida zamin hozirlaydi. Majnunning cho'ldagi sahroda yiqilib qolishini devonaning biyobonda sudralishi bilan bog'liq tamsil vositasida ifodalanishi shunday xarakterga ega;
- Navoiydagi tavhid bilan bog'liq tamsillar nafaqat dostonning yetakchi qahramonlari holatini aniq tasavvur etishga xizmat qiladi, balki ular turkiy tilning jozibasidan nihoyatda o'rinli foydalanilganligi bois bu irfoniy tushunchaning mohiyatini ham teran anglashga imkon yaratadi. "Ikki qadahi obi zindagoni Qo'shulsa, kim ayru anglar oni?", "Ikki guhar o'rni bo'ldi bir durj, Ikki quyosh avji bo'ldi bir burj" kabi inson va uning hayoti bilan bog'liq va samoviy timsollar vositasida vujudga kelgan tamsillar shunday badiiy vazifani bajaradi.



Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin