Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə10/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

a) bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabilarda hech qanday tovush orttirilishi kuzatilmaydi;
b) parvo, obro‘, mavqe, avzo kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa har uchta shaxsda ham y tovushi orttiriladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz, avzoyi. Ammo mavzu, xudo so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, I va II shaxs shakllarida tovush orttirilsa, III shaxsda qo‘shimcha -si shaklida qo‘shiladi: mavzuyim, mavzuying, mavzusi kabi.

  1. Ushbu bodimdagi 37-qoidaning 1-bandida taqlid so‘zlardan fed yasovchi - illa qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bodganda -ulla tarzida aytilishi va yozilishi qoidalashtirilgan: shovulla, lovulla, gurulla kabi. Qolgan hollarda esa -illa yoziladi: taqilla, chiqilla. Kirill imlo qoidalarida esa bu qo‘shimcha -illa shaklida qo‘shilishi qoidalashtirilgan: шовилламоц, гувилламоцkabi. Ammo шовул, овул, цувурkabilarda esa v tovushidan keyin u yozilishi qoidalashtirilgan (2-paragraf). Ko‘rinadiki, bu xil holatlar kirill imlo qoidasi asosida 2 xil yoziladi. Bu qoidalar lotin imlo qoidalarida bir xillashtirildi.

  2. Ma’lumki, lotin imlo qoidalariga ko‘ra, nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘gdnli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; otkazdir, tomizdir. -tir qo‘shimchasi esa bir bo‘gdnli jarangsiz undosh bilan va ko‘p bo‘gdnli z dan boshqa tovushlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: tiktir, ektir; uyaltir, chaqirtir kabi. (37-qoidaning 2- bandi). Kirill imlo qoidasida esa orttirma daraja yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘gdnli so‘zlarga -tir shaklida qo‘shilishi aytilgan, aslida esa jarangli z dan so‘ng -tir emas, -dir qo‘shiladi. Qiyos qiling: chomiltirmoq, sevintirmoq, ammo tomizdirmoq, oqizdirmoq kabi. Bu kabi holatlar lotin imlo qoidalarida yanada aniqlashtirildi.

  3. Kirill imlo qoidasida g‘ yoki q bilan tugagan so‘zlarga g bilan boshlangan qo‘shimchalar qo‘shilganda, so‘z oxiri va qo‘shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda, ya’ni -qa shaklida yozilishi qoidalashtirilgan: бог - боцца, тог - тоцца, чуг - чуцца, цишлоц - цишлоцца, тароц - тароцца.Lotin imlo qoidalarida esa bunday so‘zlar talaffuziga ko‘ra emas, morfemalarning asl holiga mos ravishda yozilishi qoidalashtirilgan, ya’ni so‘z k tovushi bilan tugasa, -ka, so‘z q tovushi bilan tugasa, -qa, boshqa hollarning barchasida -ga qo‘shimchasi qo‘shilishi keltirib o‘tilgan: bogga, togga, sogga, oggan, sigguncha kabi (37- qoidaning “v" bandi).

Yangi imlo qoidalaridagi “Qo‘shib yozish” bodimida berilgan 13 band yangi qoidalardir. Bular hozirgacha goh qo‘shilib, goh ajratib yozib kelingan so‘zlarni yagona qoida ostida qo‘shib yozishni qonuniylashtirgan. Ushbu bodim bo‘yicha quyidagi farqli holatlar mavjud:

  1. Kirill imlo qoidalarida ikki otdan tuzilgan qo‘shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan: dutor boyin (ot+ot =qo‘shma sifat), havo rang (ot+ot =qo‘shma sifat), bodom qovoq (ot+ot =qo‘shma sifat), qoy koz (ot+ot =qo‘shma sifat) kabi (58-paragraf, 3-qoida). Qo‘shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o‘zini oqlagani yo‘q: orombaxsh, bugdoyrang, ilhombaxsh so‘zlari “ot+ot =qo‘shma sifat" qolipida tuzilgan bodishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug‘atlarida qo‘shib yozilgan, devsifat, odamsifat so‘zlari esa (ular ham “ot+ot =qo‘shma sifat” qolipida shakllangan) lug‘atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi “qoidalari"da bu tipdagi qo‘shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: “qoidalar"ning 38-bandida xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlarning qo‘shib yozilishi qayd etilgan: qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bugdoyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi (qarang: 38-qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda, havorang, jigarrang, bodomqovoq, qoykoz kabi qo‘shma sifatlarning komponentlari ham lotin-o‘zbek yozuvida qo‘shib yozilishi kerak. Qiyoslang: ҳаво ранг(kirill-o‘zbek yozuvida) - havorang (lotin-o‘zbek yozuvida), бодом қовоқ(kirill-o‘zbek yozuvida) - bodomqovoq (lotin-o‘zbek yozuvidaj, қўй кўз(kirill-o‘zbek yozuvida) - qoykoz (lotin-o‘zbek yozuvida), жигар ранг(kirill o‘zbek yozuvida) - jigarrang (lotin-o‘zbek yozuvida) kabi.

  2. Lotin imlo qoidalarining 46-qoidasida qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shilib yozilishi qoidalashtirilgan: mingboshi, sozboshi, olmaqoqi. Kirill imlo qoidalariga ko‘ra ming boshi, on boshi, soz boshi kabilar “birikmalik xususiyatini saqlagan so‘zlar (?)” sifatida ajratib yoziladi (qarang: 58-paragraf, 12-qoida).

  3. 1956-yilgi “qoidalar”da ikkinchi komponenti “yo‘lashgan tovush bilan boshlangan шер юрак, муз ёрар, иш ёцмас, цул ёзмаtipidagi so‘zlarning ajratib yozilishi aytilgan (qarang: 58-paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (qarang: 39-qoida).

Yangi imlo qoidalaridagi “Chiziqcha bilan yozish” bo‘limidagi 15-band kirill yozuviga asoslangan qoidalarning 47-, 54- va 58-paragraflaridagi qoidalarga mos keladi. Yangi imlo qoidalarida chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlarning alohida ajratib berilishi undan foydalanishni osonlashtiradi va qulaylashtiradi. Shuningdek, bu bo‘limga 3 ta yangi qoida ham kiritilgan bo‘lib, ular 52-, 53- va 54-bandlardir.
Lotin imlo qoidalaridagi ushbu bo‘limning 51-qoidasida juft so‘z qismlari orasida -u (yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yilishi qoidalashtirilgan: do‘st-u dushman, kecha-yu kunduz kabi. Kirill imlo qoidalarida esa bu so‘zlar chiziqchasiz yozilishi qoidalashtirilgan: еру осмон, ору номус, туну кун, кечаю кундуз, ёшу цари, кую кузиkabi (57-paragraf, eslatma). Bu yozuvda - yu yuklamasi chiziqcha bilan, -u (yu) bog‘lovchisi esa so‘zga qo‘shib yozilgan: борди-ю, келди-ю(57-paragraf), еру осмон, ору номус, туну кун, кечаю кундуз. Lotin imlo qoidalarida esa -u (yu) bog‘lovchi yoki yuklamaligidan qat’i nazar chiziqcha bilan yoziladi. Demak, yangi imlo qoidalarida bu holat bir xillashtirilgan.
Lotin imlo qoidalarining 56-qoidasiga ko‘ra tartib sonlar arab raqamlari bilan ifodalansa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha qo‘yilishi qoidalashtirilgan: 1991- yilning 1-sentabri, 60-yillar kabi. Kirill imlo qoidasida esa yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha yozilmaydi, deyilgan: 1956 йил 22 сентябрьkabi (47-paragraf).
Yangi imlo qoidalaridagi “Ajratib yozish” bo‘limi 57-65-qoidalarni qamrab oladi, kirill imlo qoidalarida esa ajratib yozishga 58-paragraf ajratilgan. Bu bo‘limda quyidagi farqlar mavjud:

  1. Lotin imlo qoidalaridagi 63-qoidada yildan yilga, tomdan tomga kabi so‘zlar ajratib yozilishi aytilgan. Bunday birliklar kirill imlo qoidalarida chiqizcha bilan yozilishi qoidalashtirilgan (57-paragraf): йилдан-йилга.

  2. Lotin imlo qoidalaridagi 64-qoidada kopdan kop, tekindan tekin kabi so‘zlar ajratib yozilishi aytilgan. Bunday birliklar kirill imlo qoidalarida chiqizcha bilan yozilishi qoidalashtirilgan (57-paragraf): кўпдан-кўп.

  3. Lotin imlo qoidalaridagi 65-qoidada izofali birikmalar ajratib yozilishi, bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi aytilgan: dardi bedavo, nuqtayi nazar. Bunday birliklar kirill imlo qoidalarida ajratib yozilishi hamda и shaklida qo‘shilishi qoidalashtirilgan (58- paragraf 7-qoida): дардибедаво, нуқтаиназар, таржимаиҳол каби.

Bundan tashqari, lotin imlo qoidalarida biroz so‘zi qo‘shib yozilishi qoidalashtirilgan (60-qoida), ammo kirill imlo qoidasiga ko‘ra bu so‘z ajratib yoziladi: бир оз kabi.
Yangi imlo qoidalarining oltinchi bo‘limi “Bosh harflar imlosi” deb nomlanib, 9 banddan iborat. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarining oxirgi bodimi “Bosh harflarning yozilishi” deb nomlangan hamda u 10 paragrafdan iborat edi. Yangi imlo qoidalarida berilgan 73-bandning uchta eslatmasi va 74-band kirill yozuviga asoslangan qoidalarda o‘z aksini topmagan edi.
Yangi imlo qoidalarida “Ko‘chirish qoidalari” yakunlovchi bodim bodib, u 8 bandni qamrab olgan. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarida “Bo‘gdn ko‘chirilishi” bodimi 4 paragrafdan iborat edi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalaridagi mavjud paragraflar yangi imlo qoidalarining 75-, 76-, 78-, 79- bandlarida anchayin aniqlashtirilgan holda berilgan. Ayirish va yumshtish belgili so‘zlarning bo‘gdnga ko‘chirilishi haqidagi 61-paragraf tushirib qoldirilgan. Yangi imlo qoidalarning 77-, 80-, 81- va 82-bandlarida ko‘chirib yozish borasida ko‘p uchraydigan qoidalar keltirilganki, bu ham umumiy savodxonligimizning kodarilishiga xizmat qiladi.
Lotin imlo qoidalarining 77-bandida: “O‘zlashma so‘zlarning bo‘gdnlari chegarasida kelgan ikki yoki uch undosh quyidagicha ko‘chiriladi:

  1. ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi;

  2. uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi”. Bu kabi qoidalar kirill imlo qoidalarida mavjud emas.

Qisqasi, yangi imlo qoidalari hozirgi o‘zbek tilining yozuvdagi mukammal va bexato aks etishini ta’minlash uchun ziyolilarimiz orasida ellik yildan ortiq davr mobaynida davom etib kelayotgan alifbo va imlo bo‘yicha bahs-munozaralarning natijasi sifatida maydonga kelgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, yangi qoidalarimizda ham vaqt va hayot sinovlaridan o‘tishi, to‘ldirilishi lozim bo‘lgan ayrim o‘rinlar ham yo‘q emas.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:



  1. Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?

  2. Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?

  3. Asos va qo‘shimchalar imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

  4. Qo‘shib va ajratib yozish imlosi haqida ma’lumot bering.

  5. Bo‘g‘in ko‘chirish imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?

  6. Chiziqcha bilan yozish qoidalarida nimalarga e’tibor qaratilgan?

  7. Bosh harflar imlosi haqida ma’lumot bering.




Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin