Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Tinish belgilarining vazifasiga ko‘ra tasnifi



Yüklə 232 Kb.
səhifə20/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

Tinish belgilarining vazifasiga ko‘ra tasnifi.
Tinish belgilari, o‘z vazifasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘linadi:

  1. Chegaralovchi tinish belgilari. Bular yozma matndagi ayrim qismlarning leksik-semantik farqlanishi va ajralishini, grammatik-uslubiy chegaralanishini ularning boshlanish va tugallanish nuqtasini hamda o‘rinlashuv doirasini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.

  2. Ayiruvchi tinish belgilari. Bular yozma matnlarni yoki ularning qismlarini bir-biridan ajratish va muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: bunday ajratish logik-grammatik jihatdan bo‘ladi. Bularga nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul kiradi.

  3. Murakkab vazifali tinish belgilari. Bular yozma matn qismlarini o‘rni bilan ham ajratish, ham chegaralash, ba’zan ham biriktirish vazifalarini bajaradi.

a) “ajratish + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (ikki nuqta); b) “ajratish + chegaralash + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (vergul, tire); d) fikrning bo‘linishi, qisqarishni va turli emotsiyalarni bildiruvchilar (kop nuqta) .
“O‘zbek tili va adabiyoti” jumalida tilshunos olimlar prof. N.Mahmudov, katta ilmiy xodimlar A.Madvaliyev, N.Mahkamov tomonidan chiqarilgan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”da tinish belgilari 2 turga ajratilgan holda yoritiladi:

  1. Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanilishi bo‘limida nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.

  2. Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanilishi bo‘limida esa vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga to‘xtalinadi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

  1. Punktuatsiya termini qanday ma’nolarda qo‘llaniladi?

  2. Punktuatsiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  3. Punktuatsiya qaysi sohalar bilan aloqada bo‘ladi?

  4. Tinish belgilarning yozma nutqdagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

  5. Punktuatsiya taraqqiyoti nechta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi?

  6. Punktuatsiya tamoyillari qaysilar?

  7. Logik-grammatik tamoyil asosida qaysi tinish belgilari ishlatiladi?

  8. Uslubiy tamoyil mezonlari nimadan iborat?

  9. Farqlovchi (differensial) tamoyil nima asosida ish ko‘radi?

  10. O‘zbek tilida tinish belgilari qanday tasniflanadi?

  11. Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

  12. Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

  13. T inish belgilarining tuzilish j ihatdan nechta turi bor?

  14. Tinish belgilari vazifasiga ko‘ra necha hil?


Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin