Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə3/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

Tekshirish savollari
1. O‘zbek xalqi XX asrda qanday yozuvlardan foydalangan?
2. Arab grafikasi asosidagi eski o‘zbek yozuviga qaysi yillarda qanday o‘zgartirishlar kiritilgan?
3.Arab grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan nechanchi yilgacha foydalanildi?
4.Arab grafikasidan lotin grafikasiga ko‘chish jarayoni qanday kechdi?
5. Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosiga yo‘l-yo‘lakay qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
6. Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?
7.Rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?
8. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tish g‘oyasi qachon yuzaga keldi? Sabablari?
9. Yangi (lotincha ) o‘zbek alifbosining birinchi va ikkinchi variantlari qachon qabul qilindi?
10.Yangi (lotincha ) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlangan?


A D A B I YO T L A R:

  1. Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1992.

  2. Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. Toshkent, 1999.

  3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.

  4. Jamolxonov H. Grafika va orfografiya. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 1999

  5. Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.



2-ma’ruza
YOZMA NUTQ VA IMLO QOIDALARI
Reja:

  1. Imlo qoidasining umumiy tavsifi. Harflar imlosi

  2. Asos va qo‘shimchalar imlosi

  3. Qo‘shib yozish va chiziqcha bilan yozish

  4. Ajratib yozish

  5. Bosh harflar imlosi va ko‘chirish qoidalari



Tayanch tushunchalar: qo‘shib yozish, takror so‘z, ajratib yozish, ko‘makchi fe’l, chiziqcha bilan yozish, kuchaytirma sifat, qo‘shma ot, izofali birikma, qo‘shma sifat, yuklamalar, qo‘shma fe’l, tartib son, murakkab son, arab raqami, juft son, rim raqami, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari.
1995-yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari tasdiqlandi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
1995-yil 24-avgust 339-son Toshkent shahri
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI
TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).

  2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr qilish choralarini ko‘rsinlar.

  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Yangi imlo qoidalari quyidagi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi:

  1. Harflar imlosi.

Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).

  1. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).

  2. Qo‘shib yozish (38-50-qoidalar).

  3. Chiziqcha bilan yozish (51-58-qoidalar).

  4. Ajratib yozish (57-65-qoidalar).

  5. Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).

  6. Ko‘chirish qoidalari (75-82-qoidalar).




Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin