Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan izoh, ma’lumotni ifodalaydigan kiritma so‘z yoki birikma qavsga olinadi



Yüklə 232 Kb.
səhifə35/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan izoh, ma’lumotni ifodalaydigan kiritma so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Uni birinchi marta To‘la aka (T.Xojayev)ning repetitsiyasida ko‘rganman. (A.Meliboyev) Gulya Lagutina ichkarigi xonada o‘ziga o‘xshashib ketadigan (yo armani, yo ozari) bir ayol bilan achomlashib-cho‘lpillashib, pichir-pichir qila boshladi. (E.A’zam) Bunga kaminaning qulog‘ida va tevaragida kuchaygan (botiniy va zohiriy) shovqin ham sabab bo‘ldi-yov. (E.A’zam) Farhodning taxminicha, kinoga bevosita daxldor bir- ikkitasini aytmasa, davradagilarning aksariyati (kelib-ketuvchilarini ham qo‘shganda) anchayin san’at atrofida o‘ralashib yuradigan, ammo o‘zini uncha- munchadan kam sanamaydigan omadsizroq bir toifa edi. (E.A’zam) Bordi-yu, hushyorlik qilinmaganida, qora bozorga kamida 50 ming so‘mlik (o‘sha yillarning bahosida) zahri qotil mahsulot chiqib ketgan bo‘lar edi. (A.Meliboyev) Jarohat o‘rniga qov (kuydirilganpaxta) qo‘ydi. (G‘.G‘ulom).

  • Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan ma’lumotni ifodalagan kiritma gap qavsga olinadi: O‘sar Hojarga uylangach (uylanganigayam yigirma yildan oshdi), ana shu eski uychaga taqab bir dahliz va bir mehmonxona- yotoqdan iborat boshpana qurib olgan edi. (Sh.Xolmirzayev) Qarasam, bolalikdan birga o‘sgan “o‘ris o‘rtog‘im” Vali tushib kelyapdi (asl ismi Valentin ekanini keyin bilganman). Ustida o‘sha kir ko‘ylagi bilan gardi ro‘moli, etagida qo‘ng‘iz kovlab ketgan besh-oltita g‘ovak tezak (shuni bahona qilib chiqqan), birov urganmi, o‘zi yig‘laganmi, ko‘zlari qizargan... Zaynab yovqarash bilan, yalt etib dushmaniga qaradi, (ha, u yori emas, dushmani edi!) o‘rnidan turdi.(Tohir Malik)

  • Boshqa tildagi gapning yoki boshqa tildagi muayyan bo‘lakning tarjimasi qavsga olinadi: Ok. Continue the fly (“Yaxshi. Uchishda davom eting”). (I.Sulton) Yes, sir (“Xo‘p buladi, ser”). (I.Sulton) Mening birinchi maqolalarim qirg‘iz tilida chiqadigan “Emgek danqi” (“Mehnat shuhrati”) nomli tuman gazetasida bosilgan. (A.Meliboyev). Bu hodisa tilshunoslikda pronominalizatsiya deyiladi. (pronom - lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi).(Q.Sapayev)


  • Yüklə 232 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin