Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə38/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI


1-amaliy mashg‘ulot. O‘zbek xalqining yozuv tarixi
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1-mashq. Yozuv madaniyatiga doir ilmiy manbalardan ma’lumotlar to‘plash va konspektlashtirish. O‘zbek yozuvini davrlashtirish bo‘yicha olimlarning fikrlarini to‘plash
2-mashq. Yozuv davriga oid slaydlar tayyorlash va namoyish etish.
Ma’lumki, o‘zbek yozuvi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Dastlabki yozuvlar rasmlar orqali ( bu xil yozuvlar ”piktografik”: piktus – ”chizilgan” va grafoyozaman” deyiladi) ifodalangan. Bunda har bir rasm ma’lum bir ma’no tashish xususiyatiga ega bo‘lgan. Masalan, quyoshkunduzni, oytunni, toshbaqatunni ifodalagan.
Yozuvning keyingi davri ”ideografik” yozuvdir.( grekcha ”tushuncha”, – ”yozaman”). Bu xildagi yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil simvolik shakl olinadi.Yuqoridagi yozuvlarning yana bir ko‘rinishi – logografik (”so‘z yozaman”) yozuv ancha murakkab bo‘lib, minglab shakllarni chizish, ularning yozuvining yangi bosqichi – fonografik yozuvga, ya’ni, avvalo, ayrim bo‘g‘inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya davlati bilan bog‘liq.
Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismlarga so‘ngra pergament va qog‘ozga yozilgan.Olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘tmishda Xorazm, So‘g‘d, Parfiya, Grek-Baqtriya, O‘rxun Enasoy, Uyg‘ur kabi qadimiy turkiy yozuvlar mavjud bo‘lgan. Mashhur arxeolog, Xorazmning o‘tmish tarixi bo‘yicha mutaxasis, professor S.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda, Xorazm xalqi III asrdayoq o‘zining ancha mukammallashgan yozuv tizimiga ega bo‘lgan.
Ilgari bitiklar Enasoy (Yenisey) bo‘yidan topilgani sabab «Yenisey yodgorliklari» deb atalgan bo‘lsa, N.M.Yadrinsev topilmasidan so‘ng ular «O‘rxun-Enasoy yodgorliklari» deb atala boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan yodgorliklar topilayotgan joylar Mo‘g‘iliston va Yenisey daryolari hududidan kengayib ketgani va bu yodgorliklar xatining grafik shakllari Yevropa, Runik bitiklariga yaqin bo‘lgani sabab ular «Runik bitiklari» deb atala boshladi. Markaziy Osiyoning qulay sharoiti, rivoj topgan madaniyati doimo o‘zga xalqlarning diqqatini jalb qilib kelgan va uning qayta-qayta zabt etilishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, VII asr o‘rtalarida islom dini vujudga keldi. Arablar boshqa davlatlar qatori O‘rta Osiyo, Kavkaz bo‘ylab ham harbiy yurishlar qildilar va pirovardida mazkur o‘lkalarning katta hududlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritdilar. Natijada VIII asrning oxirlariga kelib katta hududning o‘zida mujassamlashtirgan, turli tilda so‘zlovchi xalqlardan iborat arab xalifaligi vujudga keldi. Bu davrlarda Markaziy Osiyoda arab xalifaligining hukmronligi va islom dini qattiq o‘rnashdi. Buning natijasida qadimiy ma’naviyat, din, madaniyat, yozuvlarga hamda olimu ulamolarga qarshi keskin kurashlar avj oldi. Xorazm, sug‘d, turk, qadimiy uyg‘ur, O‘rxun-yenisey kabi eng qadimiy yozuvlar siqib chiqarildi. Arab yozuvi VIII asrdan boshlab O‘rta sharq xalqlari uchun ilm-fan va davlat ishlarida yagona rasmiy yozuv sifatida hukmronlik qila boshladi. Bu ahvol 100 yillar chamasi davom etdi. IX asrga kelib Markaziy Osiyoda arab xalifaligining ta’siri susaydi va oxir oqibat u mustaqillikka erishdi, lekin bu uzoq davom etmadi. Markaziy Osiyo doimo jahon xalqlari diqqat e’tiborida bo‘lib kelgani sabab endi bu yerlarda somoniylar, xorazmshohlar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar davlatlari faoliyat yurita boshladi.
Yozma nutqning jamiyat taraqqiyotidagi bemisl o‘rni va ahamiyatini kompyuter texnikasi, internet va uyali aloqa kabi global tarmoqlar rivojlangan bizning hozirgi asrimizda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Hatto, bu vositalarning ish faoliyatida ham yozma nutq asosida ish ko‘rish muhim o‘rin egallaydi. Yozma nutq aloqalarining oson va to‘g‘ri anglashuvini imlo qoidalari va me’yorlari belgilaydi. Arab alifbosida savodsiz kishilarning xat-savod o‘rganishlari uchun eng kami 300 soat kerak bo‘lar edi. Bu ish uchun lotin alifbosida esa 120 soat kifoya qiladi.(Mannon Ramz. O‘zbekiston Xalq maorifi komissari, Toshkent, 1928-yil, 11-mart.)24
Tilshunoslikda ma’lumki, yangi alifbo joriy etilsa, shu alifbo asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqiladi. Imlo qoidalarini tasdiqlashdan maqsad esa, yozma nutqda bir xillikni ta’minlashdan iborat. Demak, hozirgi vaqtda hech bir kishilik jamiyatini yozuvsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, yozuvni imlo qoidalarisiz ta’savvur etib bo‘lmaydi. O‘tmishda odamlar ba’zi voqea-hodisalar haqidagi xabarni uzoq masofaga etkazish niyatida har xil predmetlar, ranglardan foydalaganlar. Masalan, qora rang – o‘limni, qizil rang – urushni, oq rang – yarashishni, ko‘k rang – nonni ifodalagan. Yoki qo‘shnilariga qilich, qalampir berib yuborish bilan ham o‘z fikrlarini, ularga bo‘lgan munosabatini bildirishgan. Jamiyatning keyingi davrlarida kishilar turli tayoqlarga iplarni tugib yuborib o‘z fikrlarini ifodalaganlar. Buning namunasi sifatida peruliklarning kipu, irokezlarning vampum yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.
Kishilik jamiyati asta-sekinlik bilan tugun yozuvidan piktografik yozuvga o‘tgan. Piktografik yozuvda qadimgi kishilar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunda har bir rasm bir tushunchani ifodalagan.
Jamiyatning taraqqiyoti natijasida narsalarning rasmini chizish ancha ko‘p vaqtni oladi. Shundan so‘ng ideografik yozuv paydo bo‘ladi. Bunda narsalarning rasmini emas, balki shaklini chizganlar. Tildagi har bir so‘z o‘z shakliga ega bo‘lgan.
Ideografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuv deb yuritiladi. Ieroglifik yozuv eng avval Misr bilan Xitoyda paydo bo‘lgan. Bu yozuv fonografik yozuvning yaratilishi uchun zamin tayyorlab berdi. Fonografik yozuv ham ko‘p ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. Ossuriya va Vavilondagi mix yozuvining ayrim belgilari bir tovushni, bir bo‘g‘in yoki so‘zni ifodalaydi.
Hindistondagi devanagari yozuvi 50 ta belgiga ega: 13 tasi unlini, so‘z yoki bo‘g‘in boshida keladigan diftongni, 33 tasi bo‘g‘inni ko‘rsatadi, 4 tasi yordamchi belgidir. Bu yozuvga ko‘ra bo‘g‘in belgilari sillabogramma deb yuritiladi.
Piktogramma, sillabogramma va ideogrammalar evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi. Masalan, finikiy yozuvida (t) belgisi alif deb atalib, ho‘kiz ma’nosini ifoda etgan.
Alifbe Nil daryosi bo‘yiga bostirib kirgan giksos qabilalari tomonidan yaratilgan. Alifbe so‘zi ham giksoscha bo‘lib, alif - ho‘kiz, be – uy demakdir.
Alifbeni giksoslardan finikiyaliklar olib, o‘z alfavitlarini yaratadilar. Finikiyaliklarning yozuvi boshqa xalqlar o‘rtasida juda tez tarqaldi. Dunyodagi ko‘pchilik fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuv tizimi asosida vujudga kelgan.

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin