Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə53/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

8-amaliy mashg‘ulot mavzusi : Bosh harflar imlosiga oid mashqlar tahlili


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


Bilib oling.
1. Gap boshidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
2. She’rlarda har bir misra bosh harf bilan boshlanadi:
Endi sen chorlasang, toki tanda jon,
Labbay deyajakman, Vatan — onajon. (A.O.)
3. Gap tamom bo‘lgandan keyin qo‘yilgan nuqta, so‘roq, undov belgilaridan keyin, shuningdek, ko‘p nuqtadan so‘ng keladigan gap bosh harf bilan boshlanadi: Kim? Chaqir!
4. Atoqli otlarning birinchi harflari bosh harf bilan yoziladi: Alisher Navoiy, O‘sh, Sirdaryo, Oloy va Pomir...
5. Hurmat ma’nosida qo‘llangan 5/^va O‘zingiz olmoshlari.
6. So‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar: MDH, BMT, AQSH.
7. Bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning birinchi so‘zi: Mustaqillik kuni, Xotira va Qadrlash kuni.
8. Oliy tashkilotlar va oliy faxriy unvonlarning har bir .so‘zi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Oliy Kengashi. O‘zbekiston Qahramoni.
9. Orden va medallarning nomi bosh harf bilan, orden va medal so‘zlari kichik harf bilan yoziladi: «Mustaqillik» ordeni, «Do‘stlik» ordeni.
10. Atab qo‘yilgan so‘zlar (tashkilot va zavodlarga, kitob va nashriyotlarga, gazeta va jurnallarga) bosh harf bilan yoziladi. Bunday so‘zlar birikma tarzida bo‘lsa, birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi: «Me’mor» romani, «Sen yetim emassan» she’ri.
Birikmaning ikkinchi (yo uchinchi) so‘zlari atoqli ot bo‘lsa, tabiiyki, ular ham bosh harf bilan yoziladi: Markaziy Farg‘ona, Katta Andijon kanali.
Ba’zan atoqli otlar umumiylik, tur kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bunday hollarda ular kichik harf bilan yoziladi: Kecha farhodlar kelishdi.
11. Turli ishlab chiqarish mahsulotlariga, nashr hamda nashriyotlarga atab qo‘yilgan atoqli va turdosh otlar bosh harf bilan qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi: «O‘zbekiston» nashriyoti, «Hurriyat» gazetasi, ”Lola” atiri.
1-mashq. Bosh harf bilan yozilgan so‘z va so‘z birikmalarini ajrating. Nima uchun bosh harf qo‘llanishini ayting.
1. «Gaping haq, ayol!» — dedi Xirmoniy. — Ona bo‘lmasa, shoir ham, pahlavon ham dunyoga kelmasdi. 2. Jahon podsholari xazinasidan oltin yuborganda hamki beadad, Dilorom, Dilorom, Jajji singilcham, Sening yordamingcha bo‘lmasdi madad! (E. V.) 3. Ey aziz Toshkentim buncha sen bugun Boladek to‘polon qilding ertalab? (Sh.) 4. Qayum Rahmonov o‘z jasorati bilan mardlik maktabi yaratdi. 5. 9-sinf o‘quvchisi B. Jo‘rayeva «Qadr» She’rini yod aytganda, butun zal oyoqqa qalqidi. 6. Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy «Bahoriston»da saxovat va karamni ulug‘laydi. 7. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari O‘rta Osiyo turkiy tillarining eng bebaho yodgorligidir.
2-mashq. Quyidagi qo‘shma so‘zlarni qisqartma so‘z (harf va bo‘g‘in) shaklida yozing.
Toshkent Davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston televideniye va radio eshittirish kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi maorif vazirligi, O‘zbekiston Davlat nashriyoti.

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin