Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə60/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

3-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini tushuntiring.
1. O’zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. (I.R.) 2. Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. (O.) 3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I.R.) 4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N.S.) 5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. (J.Jabborov) 7. Vatan tinch sen tinch. (Maqol) 8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish uning oddiy xislatlaridan. (U.) 9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. (H.N.) 10. Uning ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u insonlikdan chiqadi. 11. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.) 12. SHuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. (YA.) 13. Sizdan o‘rtoq To‘raboyev talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, do‘stim.


14-amaliy mashg’ulot. Ko‘p nuqta va ikki nuqta belgilarining qo‘llanilishi


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1-mashq. O‘qing. Tinish belgilaridan nuqta, ikki nuqta va ko‘p nuqta qo‘yilgan o‘rinlarga diqqat qiling. Ular nima maqsadda qo‘yilganini izohlang. So‘ngra ot va fe’llarni topib, ularni ikki ustunga ajratib yozing, otlarning ma’no va tuzilish jihatdan turlarini, fe’llarning esa mayllari, shaxs-soni va zamonini ayting.
1.Paxta...
U sevgidek mavzudir o‘lmas,
U ilhom chashmasi, mangu buloqdir. (E. V.)
2.Mana, maktub bahona ko‘z o‘ngimizda Mirzakalonning yoshlik chog‘lari namoyon bo‘ldi. O‘sh. Yetim bolalar uyi. Toshkent. O‘zbek erlar bilim yurti. Mashhur jurnalist A’zam Ayub bilan bo‘lgan hamkorliklar... (M.Muhamedov.)
3.Fanning chegarasi ufqqa o‘xshaydi: unga qanchalik yaqinlashaversalar, u shunchalik uzoqlashaveradi. (Buast Per.) 4. Shunday aqlli mashina topishimiz kerakki, u hamma ishni bajarsin. Yerni haydasin, molalasin, eksin, sug‘orsin, chopiq qilsin, paxtasini terib, tashib bersin... (I. R.) 5. 19.... yil, 11 iyul. O‘zFA Biofizika ilmiy-tekshirish instituti. Professor Aliyevning tajribaxonasi. (T. Malik.) 6. Asalarining dushmani ham yo‘q emas. Uning dushmanlari: ayiq, ninachi, qurbaqa, chumoli, sichqon, ilon. Ular asalni yaxshi ko‘rishadi, lekin arisini ham o‘ldirishadi. (Yu. Alperovich.)

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin