Gramatika va imlo o’rgatish jarayonida muommoli ta’lim elementlaridan foydalanish
Reja:
Kirish
I-bob Muammoli ta`limning nazariy asoslari.
1.1 Muammoli ta`limning maqsad va vazifalari.
1.2 Muammoli ta`lim texnologiyasi vositalari.
II-bob Muommoli metodlar va muommoli vaziyatlar.
2.1 Muammoli dars strukturasi.
2.2 Ta`lim-tarbiya jarayonini to’rg’i tashkil etish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“O’z oldiga qo’yilgan yuksak vazifa va marralarga erishishda zamonaviy bilim va tarbiya sohibi bo’lgan, yangicha fikrlayotgan yoshlarimiz bizning asosiy tayanchimiz va suyanchimizdir”. I.A.Karimov.
Il’gor millat va rivojlangan davlat bo’lishning zarur shartlaridan biri aqliy va jismoniy, ma’daniy va ma’naviy, axloqiy, g’oyaviy – siyosiy va huquqiy juhatdan, har tomonlama yetuk, barkamol insonlarga ega bo’lishdir. Ma’naviy – ma’rifiy jihatdan inson, inson irodasi mustahkam, e’tiqodi yuksak, vijdon amri bilan yashaydigan shaxs, barkamol avlod har qanday davlat, xalq va millatning eng katta boyligi, qudrati salohiyati manbaidir. Mamlakatimiz prezidenti tomonidan ta’kidlab kelinayotganidek, “Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yerosti va yerusti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”. Odamlari, fuqarolari bilimli – zakovatli, uddaburon, g’oyaviy siyosiy jiohatdan ziyrak va hushyor, tadbirkor, har tomonlama yetuk bo’lgan jamiyat har qanday islohotlarga qodir bo’ladi va har qanday muammo va qiyinchiliklarni yenga oladi. Oily rahbarimiz bu haqida shunday dedi: “Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizda qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlartimizga erishishimizda jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri bularning barchasi avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Shu bilan birga barchamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini aniqlash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, fidoiylik bilan kurashishi mumkin”. Mustaqil va erkin fikrlayotgan, ongli yashaydigan, o’z haq – huquqlarini yaxshi taniydigan, o’z kuchi va aqliga ishonadigan, ma’naviy – axloqiy yetuk barkamol bo’lgan avlodni, mustaqil fikrlashga qodir, jasoratli, fidoiy va tashabbuskor kishilarni tarbiyalab yetkazadigan xalq va millat kelajakka ochiq ko’z, katta ishonch, umid va ixlos bilan qray oladi. Fuqarolarni ana shunday noyob xislat va fazilat sohiblari qilib shakllantirilgan davlatning istiqboli porloq bo’ladi. Mamlakatimiz kuch qudrati aholining soni bilan emas, balki odamlarning intelektual salohiyati, zamonaviy bilim asoslarini texnika va texnologiyalarni, ko’plab xorijiy tillarni egallaganligi, g’oyaviy siyosiy yetukligi, huquqiy bilimlilik va madaniylik darajasi, irodasini mustahkamligi, inson e’tiqodining bitligi, o’z shaxsiy manfaatlarini shaxs, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’ra olishi elim deb, yurtim deb yashashi, faoliyat ko’rsatishi bilan kuchlidir. O’zbekiston davlati hozirgi paytdao’z oldiga ana shunday oliy maqsadni qo’yib kelajak sari intilmoqda. Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston XXI – asrga intilmoqda” asosida belgilab berilgandek, “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”. Boshqacha qilib aytganda biz o’z haq – huquqlarini tayinlaydigan, o’z kuci va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida ro’y berayotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Inson kamoloti millat va mamlakat taraqqiyotiga asos bo’ladi. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina O’zbekiston davlat mustaqilligini barqaror bo’ladi, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi, oldimizda turgan buyuk maqsadlarga erishamiz. “Oldimizda mustaqil davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganfa har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, faovon turmush qurish, inson zotiga munosib g’ozal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a,zolari bo’lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodiga bog’liqdir”. Kamolotga erishgan inson deganda mukammal tarbiyali, boshqalarga takabburlik qilmaydigan, hech kimga haqorat ko’zi bilan qaramaydigan, yolg’on so’zlamaydigan, rostgo’y, bag’rikeng, sahovatli, muruvvatli odam ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Kamolotga erishgan inson deganda mukammal tarbiyali, ma’naviyatli, inson va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi, birovlarni dog’da qoldirmaydi, so’zda sobit turadi, ig’vo, g’iybat, munofiqlikdan o’zini saqlaydi, yomon yo’llardan yaramas ishlardan, nojo’ya harakatdan o’zini tuyadi. Bunday inson ota – onasining hurmatini bajo keltiradi, ularni o’zidan rozi qilishga say – harakat qiladi, farzandlari, butun oila a’zolariga mehribonlik ko’rsatadi, qarindosh – urug’lridan aloqasini uzmaydi, mahalla ko’y, qishloqdoshlari, jamoasi, xullas kalom tevarak – atrofni o’rab olgan jamiki insonlar farovonligi haqida qayg’ uradi. Ularga mehr – muhabbatli bo’ladi, ulardan mehr – muhabbatini ayamaydi, muruvvatini ta’na qilmaydi, odamlarga yaxshilik qilish, ezgulik ko’rsatishni o’z vazifasi, ma’suliyati deb biladi. Ma’naviy – axloqiy o’z nasl – nasabi, kechmisj tarixi, boy madaniy – ma’naviy merosi bilan farqlanish, milliy rasm – rusumlarni, oilaviy an’analarni avaylab – asrash va boyitish, ota – bobolarning muborak nomlariga dog’ tushurmaslikka intilish, o’z mehnati, aql – idrok tafakkuri, intelektual salohiyati bilan ajdodlari obro’yini tushurmaslikka harakat qilish, odamlarning hurmat – ehtiromiga sazovor bo’lish insonning kamoloyga yetganligining muhim belgilaridandir, Ma’naviy barkamollikning ma’no – mazmuni aytib o’tilganlardangina iborat emas. “O’zbekistonga uning yeri, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o’lkaning tarixi, madaniyat, an’analarini teran bilish” kamolotning namoyon bo’lishi hisoblanadi.
Muammoli ta`lim, rivojlanuvchi ta`lim, muammoli ta`lim maqsadi, vazifalari, vositalari, muammoli ta`lim darajalari, muammoli dars strukturasi.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma`naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma`naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta`lim texnologiyasi etakchi o’rinni egallaydi.
Bizga ma`lumki zamonaviy ta`lim texnologiyasida muammoli ta`lm alohida o’rin tutadi. Muammoli ta`lim texnologiyasining zamirida yoki bir-biriga bog’liq bo’lgan muammolar zanjiri yotadi.
Muammoli ta`lim metodiga asoslangan ta`lim jarayoni quyidagi to’rtta bosqichda amalga oshiriladi.
Muammoli vaziyat hosil qilish;
Muammolarni shakllantirish va muammoni echish uchun umumiy taxlil qilish;
Tahmin qilingan echimni tekshirish;
Amaliy va nazariy xarakterdagi masalalarda qo’llash,ularni tartibga solish hamda siyosiylashtirish.
Dars jarayonida o’quvchi muammoni echar ekan, o’zicha muhim bo’lgan «kashfiyot» qiladi.Bu hol o’quvchida o’ziga ishonch xosil qiladi (ya`ni mening kashfiyotim, men topdim, ixtiro qildim)
Mana shu tomoni bilan muamoli ta`lim texnologiyasi boshqa barcha o’qitish texnologiyalaridan ustun turadi.CHunki bunda o’quvchi izlanish olib borish, taxlil qilish, empirik xulosa chiqarish, boshqa vaziyatga qo’llash, fikr muloxazalrini taxminan sistemalashtirib isbotlash kelgusida amaliy faoliyatga qo’llash malakalarini egallab boradi.
Muammoli ta`lim an`anaviy o’qitish metodikasiga tayanadi. O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak.
Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi.
Ta`lim jarayonini loyihalash bevosita muammoli ta`limni qo’llashga va aksincha, muammoli ta`lim ta`limini loyixalashga olib keladi. Muammoni o’qitish texnologik loyixalashtirilgan o’quv jarayonini amalga oshirishning didktik konstruktsiyasi sifatida qo’llaniladi.
Amerikalik olim U. Gordon (1960) o’quvchilarga muammolarni, uning tashkil qiluvchi elementlarini shakllantirishni o’rgatishni, izlanishning bosh maqsadini ajrata bilishni , turli-tuman xarakterdagi masalalar echimining o’xshashlarini qidirishni o’rgatish muammoli ta`lim jarayoni uchun muhimligini ta`kidlaydi. O’qituvchi muammoni qo’yishnigina bilibgina qolmay uning echimini topish usullarini o’quvchilarga o’rgatishi kerak.
Muammoni to’g’ri (muayyan masalaga o’xshash, masalalar qandayechiladi), shaxsiy (muayyan masalada berilgan ob`ekt obraziga kirishga xarakat qilish va shu nuqtai-nazardan muloxaza yuritishga urinib ko’rish), simvolitik (ikki jumla orqali masalaning mohiyatini obrazli aniqlashni berish), fantastik (bu masalani ertak qahramonlari qanday echgan bo’lar edilar).
Muammoli vaziyatni bunday usulda echishga o’rgatish orqali o’quvchilarni sinektik, abstraktsiyalash, fantaziya qilish, o’zgalarni eshitish, oddiydan g’ayri oddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish, o’xshatishlardan mohirona foydalanish ko’nikmalari shakllantiriladi.
Muammoli ta`lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashishinishini boshqarish; ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish; muxolif tomnning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish; o’quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarblashtirish, o’z fikrini bayon qilishnigina emas, balkim boshqalarni ham eshitish mahoratini rivojlantirish, o’quvchilar bildirgan fikrlardan foydali axborotni olish va zurur xulosalar chiqarish va o’quvchilar ixtirochilik, tadqiqotchilik, loyihalovchilik kabi zaruriy sifatlarni shakllantirishdir.
Muammoli ta`lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va o’quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta`lim va o’qitishning ilgari ma`lum bo’lgan usullarini qo’llash qoidalarining yangi tizimidir. SHuning uchun ham muammoli ta`lim ko’proq o’quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e`tiqodining shakllanishini ta`minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta`lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta`lim bo’lib qoladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo’nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.
A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.YA. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o’rgandilar.
An`anaviy didaktika butun e`tiborni o’qituvchi faoliyatiga qaratgan edi va ta`lim jarayoni deganda asosan o’qitish jarayonini ko’zda tutgan edi. O’qitish jarayoni etarli o’rganilmas edi, ko’pincha o’quvchilarning reproduktiv faoliyati bayon qilinar edi, xolos. Hozirgi zamon didaktikasi o’quvchilarning mustaqil – o’quv – bilish faoliyatiga e`tiborni kuchaytirdi.
Muammoli ta`lim nazariyasi o’quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta`limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo’llari va usullarini tushuntiradi.
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o’quv jarayonini qayta qurish g’oyasiga olib keldi. YAngi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko’rish asosida muammoli ta`limning asosiy g’oyasi aniqlanadi: muammoli ta`limda bilimning deyarli katta qismi o’quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o’quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
Ma`lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim khrsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta`lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so’zning zamonaviy ma`nosida rivojlanuvchi ta`lim deb hisoblash mumkin.
Rivojlanuvchi ta`lim deb, ya`ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta`limni hisoblash mumkinki, unda o’qituvchi fikr yuuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayaangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o’z o’quvchilarini fan asoslarini o’rganish jarayonida fikirlash qobilyaati va bilish ehtiyoojini shakillantirishga oid maqsadga yo’naltirilgan ish olib boradi. Bunda ta`lim, fikrimizcha, muammoli ta`lim hisoblanadi. Muammoli ta`lim yo’li bilan faollashtirishning maqsadi favqulodda, betartib ravishda vujudga keladigan fikirlash operattsiyalariga o’rgatish emas, balki (o’quvchilarni tushunchalarning o’zlashtirish darajasini oshirish) nostereotip masalalarni hal qilish uchun aqliy harakat tizimiga o’rgatishdir. Bu faollik shundan iboratki, bunda o’quvchi faktik materiallarini tahlil qilib, qiyoslab, sintez qilib, umumlashtirib, konkretlashtirib, undan o’ziga yangi axborot oladi.
Boshqacha qilib aytganda, bu ilgari o’zlashtirilgan hamda avvalgi bilimni yangicha qo’llash yordamida bilimni kengaytirish chuqurlashtirish demakdir. Avvalgi bilimlarni yangicha qo’llashni kitob ham, o’qituvchi ham o’rgata olmaydi. Bu mavjud tegishli vaziyatda o’quvchi tomonidan izlanishi va topilishi lozim. O’quvchilar tomonidan ijodiy aqliy harakatlar tizimini asta-sekin o’rganilishi ko’nikma va malakalarning yig’ilishiga, bundan harakatlar tajribasi esa aqliy faoliyat sifatining o’zgarishiga, odatda, ilmiy, tanqidiy, dialektik deb ataladigan maxsus tipdagi fikrlashni yaratishga olib keladi.
O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llash uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
O’quv dasturi bo’yicha mavzularni muammoli dars shaklida o’tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo’yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta`minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o’z o’rnida va samarali f oydalanish yo’llarini belgilash zarur.
Muammoli ta`lim – bu o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo’lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqarvchi muayyan shaxsiy sub`ektiv yo’llanma sifatida tushuniladi.
Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:
o’quvchilarning tushunchalar tizimini o’zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.
Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta`sir etish, uning bilimini e`tiqodga aylantirish.
O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta`limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:
Muammoli ta`lim darajalari
|
O’qituvchi va o’quvchi faoliyati
|
Mustaqil bo’lmagan (odatdagi) faollik darajasi
|
O’qituvchi tushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat
|
Yarim mustaqil faollik darajasi
|
Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish
|
Mustaqil faollik darajasi
|
Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyaaydi, o’rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.
|
Ijodiy faollik darajasi
|
Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o’ylab topishni, o’quv muammolarini yechishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish
|
Muammoli ta`limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki o’quvchi tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta`minlaydigan, bilimlarni ijodiy o’zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko’maklashadigan hamda e`tiqodni tarkib toptiradigan ta`limning bir turi deb qarash lozim.
Muammoli ta`lim hamma o’quvchilar bopmi? Amalda deyarli hamma uchun tushunarli. Biroq muammolilik saviyasi va mustaqil bilish darajasi o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning muammoli ta`lim texnologiyasi bilan o’qitilganlik darajasiga qarab farqlanadi.
Muammoli ta'lim tеxnologiyasining muhim vositalari
Savollar
Bilishga doir masalalar
Muammoli ta`lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malkalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta`lim jarayonini tashkil etish bo’lib, muammoli ta`limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta`lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida va samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o’quvchilarga bayon etish.
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob`ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo’naltiradi.
Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarda: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
Muammoli darslarda o’qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o’quvchilar oldiga o’quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo’yish, darsda mazkur o’quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o’quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo’naltirishdan iborat bo’ladi.
O’quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va ulosa chiqarishdan iborat bo’ladi.
Muammoli dars strukturasi
Struktura – bu butun predmet, hodisa, jarayon tomonlari, qismlari, elementlarining mustahkam, nisbatan barqaror alaqasi (munosabati) va o’zaro hamkorligidir.
Zamonaviy muammoli dars strukturasida uning tipi va turidan qat`i nazar har xil darajada hal qilinadigan uchta umumlashgan didaktik masalani ko’ramiz:
o’quvchilar oldingi bilimlari va harakat usullarini o’zlashtirish.
yangi bilimlar va harakat usullarini o’zlashtirish.
ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o’rinda G.V.Artyomova o’z izlanishlari assoida muammli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1. Versiya xarakteridagi dasr.
2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars.
3. Ma`naviy-axloqiy muammoli dars.
Versiya xarakteridagi dars strukturasi
Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars strukturasi
Мuаmmоni qo’yish
|
Ilmiy statistikausullarini tushunib olish
|
Laboratoriya ishi (hisobot yozish)
|
|
Natija va xulosalarni jamoa bo’lib muhokama qilish
|
|
|
Darsning didaktika va mantiqiy-psixologik strukturasi o’qituvchiga nazariya sifatida, darsni tashkil qilishning umumiy qoidalarini tushuntirish sifatida beriladi. Metodik strukturani o’qituvchi o’zi o’quv materialining mazmuni, didaktik maqsadi va o’quvchilarning o’qishga bo’lgan tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib tuzadi. Uning ijodi, san`ati, uning takrorlanmas individualligi ana shunda.
Ta`lim-tarbiya jarayonini to’rg’i tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o’quv tarbiya jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Biz o’qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o’quvchilardan fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga extiyojni tarbiyalab borishni kuzda tutamiz.
Xulosa
Men ushbu kurs ishimda ta‘lim jarayonini tashkil etishdagi ta‘lim vositalarining o‘rni va ro‘li haqida fikr yuritdim. Sifatli ta‘lim olish uchun ta‘lim vositalarining ahamiyati katta. Xalqimizda ajoyib naql bor ―Ish quroling soz bo‘lsa,mashaqqating oz bo‘lur ‖.Rivojlanib borayotgan texnikalashuv sharayotida, albatta ta‘lim vositalari ham yangilashib borishi tabiiy. Kurs ishida nomlari keltirilgan zamonaviy ta‘lim vositalaridan kelajakda akadamik litsey maktab va oily o‘quv yurtlarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta‘lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro bog’liklikda loyihalash ko’pincha an‘anaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. Jaxon pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o’qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ milliy ta‘lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan biri bu ta‘lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo‘llash oliy ta‘lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq 27 vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o‘qitishni keng joriy qilishdan iboratdir. Masofaviy ta‘limni tashkil etish natijasida ta‘lim olish jarayonini qulaylashtirish imkoni tug‘iladi. Kurs ishidan ko‘zlangan maqsad ta‘lim jarayonini tashkil etishda foydalaniluvchi vositalar haqida malumot berish edi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ma‘naviyatli, bilimli, malakali kadr etib tarbiyalash har bir pedagogning asosiy vazifasidir va bu ishlarni biz ham munosib ravishda amalga oshirilishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz.
Adabiyotlar ro`yxati
Dostları ilə paylaş: |