Green Butterflies


Muammoli bayon qilish metodi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/10
tarix25.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOSHLANG`ICH SINFLARDA ONA TILI O’RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARINING DARSLIKDA BAYONI TAXLILI

Muammoli bayon qilish metodi

  • O`qituvchi o`quvchilar oldiga ma`lum bir muammo qo`yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash orqali bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta`limning bu metodi o`quvchilar tomonidan o`quv materialining o`qituvchi rahbarligiga mustaqil tahlil etilishi, kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi.

Qisman izlanuvchanlik metodi.

  • Bu metodning o`ziga xos xususiyatlari shundaki, o`quvchi o`quv topshirig`ini egallagan bilimlarga asoslangan holda yoki berilgan namunaga qarab bajaradi. O`quvchi muayyan andaza asosida harakat qiladi.

Qayta xotiralash metodi
Ta`limning bu metodi shu bilan ajralib turadiki, o`qituvchi dars jarayonida ma`lum o`quv muammosini qo`yadi, ammo uni mustaqil hal qilish yo`llarini ko`rsatmaydi. Har bir o`quvchi muammoni mustaqil hal qilish uchun o`zicha izlanadi. Ammo qiyinchilik tug`ilganda unga yordam ko`rsatiladi. O`quvchi bu yordamni o`qituvchining tushuntirishidan, o`quvchilarning o`zaro suhbatidan yoki darslikdan olishlari mumkin. Topshiriqni bajarish jarayonida olingan yordam metodini qisman ijobiy qilib qo`yadi.

Tadqiqot (ijodiylik) metodi.

  • Bu metod o`quvchidan to`la ijodiylikni talab etadi. Yangi bilimlar olish maqsadida o`quvchi o`zi masala tuzishi va uni to`la mustaqil ravishda hal qilish yo`llarini izlaydi. O`qituvchi yordamisiz, yoki namunaga asoslanmagan holda bajariladi.
  • Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o`quvchilarning bilish faoliyatini bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda unda o`quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga va o`quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari bo`lishi zarurligiga e`tibor berilgan.

Ona tili o`qitish metodikasida ta’lim metodlari kam o`rganilgan masalalardan biridir. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, oan tili o`qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi:

  • a) o`qituvchining bayoni;
  • b) suhbat;
  • s) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
  • d) grammatik tahlil;
  • e) mashq;
  • f) darslik ustida ishlash;
  • g) ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
  • h) sayohat.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin